70
IV BOB. TURKIY TILDAN FORS TILIGA O‘ZLASHGAN
SO‘ZLARNING SEMANTIK TAHLILI
O‘zlashmalarning
moslashuv
jarayoni
orasida
semantik
jihatdan
moslashuvning ahamiyati katta va ancha qiziqarlidir. Umuman olganda, leksik
birliklarning ma’nosi va undagi o‘zgarishlarni o‘rganuvchi semantika
(semasiologiya) barcha zamonaviy tilshunoslik maktablarida o‘ta muhim
bo‘limlardan
hisoblanadi
96
. Zero, til avvalo muloqot va axborot almashinuvi
qurolidir. Shuningdek, so‘zning semantik strukturasi, so‘zning leksikografik
talqini, monosemiya, polisemiya kabi masalalar bilan chambarchas bog‘lanadigan
bu muammo
faqat semasiologiya uchun emas, balki tilning boshqa lingvistik
bahslari (leksikologiya, leksikografiya, onomasiologiya, etimologiya kabilar)
uchun ham prinsipial ahamiyatga ega
97
.
Har bir tilning lug‘at tarkibidan joy olgan har qanday so‘z, xoh u o‘zlashma
bo‘ladimi, xoh tilning asl lug‘at fondiga oid so‘z bo‘ladimi, birinchi navbatda u
ma’nolar anglatishi bilan qadrliroqdir. Chunki so‘z ma’no – semasiz yoki tovushli
(jarangli) belgisiz yuzaga chiqmaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra farqlanuvchi bu ikki jihat
ayni paytda
muayyan unsurning yaxlitligini, ajralmasligini tashkil etadi. Tovush
ma’no–mazmunga xizmat qilishi bois ma’no so‘zning asosiy elementi hisoblanadi.
So‘z ma’nosi voqelikning til sohiblari tomonidan aynan bir xil, o‘xshash yoki
yaqin idrok qilinishiga asoslanadi, til egalarining bilish salohiyatiga muvofiq
tuziladi. Inson shuurida aks etuvchi in’ikos, asosan, kishilarning o‘zaro
muloqot
jarayonida, ularning tilida ro‘yobga chiqadi. So‘z shakli esa so‘z ideal tomonning
material timsoli hisoblanib, u tufayli ma’no (ideal tomon) suhbatdoshga tushunarli
bo‘ladi. Demak, so‘zning material tomoni nafaqat ideal (ma’no) tomonini
ifodalaydi va ro‘yobga chiqaradi, balki ideal tomonning kommunikativ, umumiy,
tushunarli bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Ideal tomon material tomonsiz mavjud
96
Гайсина Г.Р. Персидскиe заимствования в башкирском языке: Автореф. дис. …канд. филол. наук. – Уфа,
2008. – C. 7.
97
Қўчқортоев И. Ўзбек тили лексик семасиологияси ва унинг актуал вазифалaри // Ўзбек тили ва адабиёти.
– Тошкент: Фан, 1982. – № 6. – Б. 27.
71
bo‘lolmasligi kabi, material tomon ham ideal tomonsiz yuzaga kelmaydi. So‘z
yangilanibgina, yangi
qiyofaga kiribgina qolmay, shuningdek, o‘z fonetik
ko‘rinishi (shaklini) ni o‘zgartirmagan holda semantik o‘zgarishlar negizida qayta
maydonga chiqishi mumkin
98
.
So‘z o‘zlashishi dastlab so‘z va uning ayrim leksik ma’nolari holatida yuz
berib, semantik tuzilishi to‘la o‘zlashmaydi. Chunki tilga
kirib kelgan dastlabki
davrda o‘zlashmaning ma’nosi to‘la beriladigan va ifodalanadigan kontekstda hali
shakllanmaydi. Zero, u xalqlarning o‘zaro madaniy munosabatiga bog‘liq holda,
unga tobe munosabatda qabul qilingan narsa va predmetlarni ifoda etuvchi leksik
ma’nosi orqaligina qabul qilingan bo‘ladi
99
.
Chet so‘z asta–sekin tilda ma’lum leksik birliklar bilan bog‘liq holda ishlatila
boshlaydi. Nutqda muayyan qo‘llanish shakllarini oladi. Til egalari ona tillaridan
unga mos ekvivalent topishga harakat qilishadi. Mabodo, shunday til birligi bo‘lsa,
o‘zlashmaning ma’nosi yanada oydinlashadi va konkretlashadi. Uning tilda
qo‘llanilish o‘rni belgilanib, ishlatilishi aktuallashadi.
Nomlangan faktorlar chet
so‘z ma’nosiga, u anglatuvchi tushuncha va tasavvurlarga ham ta’sir qiladi. Zero,
chet so‘zning ma’nosi qabul qiluvchi tilning lug‘at tarkibi, taraqqiyot darajasiga
qarab to‘la, qisman va hatto butunlay o‘zgarib ham o‘zlashishi mumkin
100
.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantikasidagi o‘zgarishlarni
o‘rganish ancha qiziqarli va shu bilan birga unda biroz murakkab va nozik qirralari
mavjud.
Birinchidan
fors tilidagi turkiy o‘zlashmalar uzoq muddatli vaqt mobaynida
o‘zlashgan. Ilk turkiy elementlar islomdan keyingi davrning boshlariga to‘g‘ri
kelsa, XIX asrga kelib ham ularning fors tiliga kirib kelishi davom etgan. Ana shu
katta davr ularni ma’no jihatdan tadqiq etishda biroz qiyinchilik tug‘diradi.
Ikkinchidan turkiy tillardan o‘zlashmalar fors tilidagi boshqa arab yoki
yevropa (fransuz, ingliz va rus) tillaridan kirgan o‘zlashmalar singari muayyan va
98
Дадабоев Ҳ ., Ҳамидов З., Холмонoва З. Ўзбек адабий тили лексикаси тарихи. –Тошкент: Фан, 2007.
– Б. 102.
99
Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 271.
100
Жуманиёзов О. Ўзбек тилидаги герман тиллари ўзлашмалари. – Тошкент: Фан, 1987. – Б. 85-86.
72
aniq bir tildan o‘zlashmagan. Bunda bir qator turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan
tillar nazarda tutiladi. Ammo, bu fors tiliga o‘zlashmalarning kirib kelishida barcha
turkiy tillar ishtirok etgan degani emas. Hozirgi fors tili lug‘at tarkibidagi turkiy
o‘zlashmalarning
asosiy qismi ozarbayjon, turk va shu kabi boshqa o‘g‘uz
tillaridan kirganligini ta’kidlash lozim. Ularning o‘zlashgan davri asosan
XV asrdan buyog‘idir. Shuning uchun ko‘pgina adabiyotlarda “ozarbayjoncha
so‘zlar” deb ham beriladi. Forsiy manbalarda esa ىناجیبرذآ ىاه هژاو
vājehā-ye
āzarbayjāni
“ozarbayjoncha so‘zlar” va ىناجیبرذآ – ىكرت ىاه هژاو
vājehā-ye torki–
āzarbayjāni
“turkiy–ozarbayjoniy so‘zlar” deb beriladi.
Mazkur magistrlik dissertatsiyamizning to‘rtinchi bobida turkiy tildan fors
tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantikasi tahlil etildi. Bunda asosan ma’no
kengayishi, ma’no torayishi, yangi ma’no kasb etish va ma’no o‘zgarishisiz
ko‘chishi kabi semantik xususiyatlar o‘rganildi.
Dostları ilə paylaş: