3
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
Fakultet: Sharq filologiyasi
Kafedra: Eron-afg‘on filologiyasi
O‘quv yili: 2014-2015
Magistratura talabasi: Isamatova N.
Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Quronbekov A.
Mutaxassisligi: 5A120102 Lingvistika
« TURKIY TILDAN FORS TILIGA O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING
FONETIK, MORFOLOGIK VA SEMANTIK TAHLILI » MAVZUSIDAGI
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING
ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni o‘rganish ancha
murakkab va o‘ta qiziqarlidir. Hozirgi fors tili lug‘at tarkibida turli tillardan kirgan o‘zlashmalar
mavjud bo‘lib, turkiy o‘zlashmalar ana shu o‘zlashmalarning bir qismi hisoblanadi.
Turkiy
o‘zlashmalar fors tili leksikologiyasidagi dolzarb mavzularidandir, chunki ular boshqa tillardan
kirgan o‘zlashmalar singari fors tili lug‘at tarkibini boyishiga xizmat qiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari
. Mazkur magistrlik dissertatsiyasi turkiy tildan fors tiliga
o‘zlashgan so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, ishning
asosiy maqsadi turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning
holatini, fonetik moslashuvi,
ularning morfologik shuningdek, undagi ba’zi bir ma’no o‘zgarishlarini o‘rganishga qaratilgan.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar mavzusi bo‘yicha
shu kungacha qilingan ilmiy
ishlarni kuzatish,
tahlil etish, o‘zlashmalarni manbalardan ajratish,
fonetik solishtirish, so‘z
turkumlari bo‘yicha va o‘zaro ma’no xususiyatlarini yoritish ishning asosiy maqsadidir.
Dostları ilə paylaş: