Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati .
Ilmiy
tadqiqotimizda erishilgan natijalardan turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni
tartibga solish, fonetik, morfologik va semantik jihatdan guruhlash mumkin.
Ishdagi dalillar va xulosalardan leksikologiya va leksikografiya bo‘yicha
qo‘llanmalar yaratish, maxsus kurslar o‘qitishda, shuningdek, keyingi tuziladigan
lug‘atlarda yordamchi material sifatida ham foydalansa bo‘ladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi . “Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni
fonetik, morfologik va semantik tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
shaklidagi ilmiy tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, ushbu tadqiqotda birinchi
marta fors tilidagi turkiy o‘zlashmalarning fonetik, morfologik va semantik tahlili,
xususan, fors tilidagi turkiy o‘zlashmalarning mustaqil so‘z turkumlari bo‘yicha,
ma’no torayishi, kengayishi, yangi ma’no kasb etishi va ma’no o‘zgarishisiz
ko‘chishi tadqiq qilindi.
Dissertatsiyaning qisqacha mazmuni . Dissertatsiya kirish, to‘rt bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.
Kirish qismida mavzuning asosiy tavsifi, tadqiqotdan ko‘zda tutilgan maqsad
va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritiladi.
Birinchi bobda turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar bo‘yicha qilingan
ishlar, ularning farqlari va unda berilgan fikrlar tahlil qilingan.
Ikkinchi bobda turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik tahlili
haqida so‘z yuritiladi.
Uchinchi bobda turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning morfologik
tahlili yoritilgan.
To‘rtinchi bobda turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantik
tahlili bayon qilingan.