Mavzuning
dolzarbligi.
Til ijtimoiy hodisadir, shuning uchun jamiyatdagi
har bir o‘zgarish unda o‘z aksini topadi. Jamiyatdagi bu holat, ya’ni o‘zgarishlar
boshqa tillarda bo‘lgani singari fors tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Eron o‘zining uzoq o‘tmishi mobaynida turli xil davlatlar va millatlar bilan
aloqada bo‘lgan. Bu kabi aloqalarning asosiy omili Eron xalqining boy madaniyati,
geografik joylashuvi, xususan, Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashganligidir.
3
Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 85.
8
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni o‘rganish ancha murakkab va
o‘ta qiziqarlidir. Hozirgi fors tili lug‘at tarkibida turli tillardan kirgan o‘zlashmalar
mavjud bo‘lib, turkiy o‘zlashmalar ana shu o‘zlashmalarning bir qismi hisoblanadi.
Turkiy o‘zlashmalar fors tili leksikologiyasidagi dolzarb mavzularidandir, chunki
ular boshqa tillardan kirgan o‘zlashmalar singari fors tili lug‘at tarkibining
boyishiga xizmat qiladi.
O‘zlashmalar ustida olib boriladigan tadqiqotlar odatda arabiy va yevropa
tillaridan kirgan o‘zlashmalar ustidan olib boriladi, chunki ular miqdor, tilda
qo‘llanishi, semantik bo‘yoqdorligi jihatidan fors tilidagi boshqa o‘zlashmalarga
nisbatan ancha ustundir. Ammo fors tili leksikasining o‘zlashma qatlamini faqat
mana shu ikki turdagi o‘zlashmalar tashkil etmaydi, boshqa tillardan o‘zlashmalar
ham mavjud. Ulardan biri turkiy tillardan kirgan o‘zlashmalardir va
L.S. Peysikovning fikricha, ular miqdori jihatidan fors tilida uchinchi o‘rinda
turadi
4
. Masalan, M. Moinning
یسراف
گنهرف “Farhang-e fārsi”sida 3000 ga yaqin
turkiy leksik birliklar berilgan
5
. Ammo ularning miqdori o‘rtacha uch mingni
tashkil etsa ham, barchasi hozirgi zamon badiiy va ilmiy adabiyotlarda, gazeta va
jurnallarda, internetda nashr qilingan tekstlarda uchramaydi, ularning aksariyati
iste’moldan chiqib ketgan yoki og‘zaki nutq va shevaga xos so‘zlardir. Shu
boisdan mazkur magistrlik dissertatsiyamizda asosan badiiy va ilmiy adabiyotlar,
gazeta va jurnallar va internet manbalarida uchratilgan turkiy o‘zlashmalar tadqiq
etildi.
Yuqoridagi fikrlarni davom ettirib shuni aytish kerakki, turkiy tildan fors
tiliga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik jihatdan bir qator
dolzarb masalalari mavjud:
1) hozirgi kunga kelib ham turkiy o‘zlashmalar to‘liq o‘rganilmagan va
ularning ba’zilari haqiqatdan ham turkiy tillardan kirganligi xususida aniq
xulosalar yo‘q;
4
Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка.–М.:Наука, 1975.–С. 47.
5
Саидова Д. Доктор М. Мўъиннинг “Фарҳанг-e форси” луғатида туркий сўзлар семантикаси // Марказий
Oсиёда луғатчилик: / aнъаналар ва ҳозирги замон илмий мактаблари. – Тошкент, 2003. – Б. 79.
9
2) ularning aksari iste’moldan chiqib ketgani uchun hozirgi kunda qaysilari
ishlatilishi va ayni paytda qanday mavzularga oidligi qiziq;
3) fors tilidagi turkiy o‘zlashmalarning semantik o‘zgarishlari o‘rganilmagan
Dostları ilə paylaş: |