Ishdan maqsad: rip protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya jarayonini sozlash. Nazariy qism



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix10.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#138926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-10 Amaliy mashg`ulot MATdoc

Talabaning vazifasi: 
Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida har bir 
talaba RIP protokoli yordamida tarmoqda marshrutiatsiyani sozlaydi va tusuntiradi


7-AMALIY MASHG’ULOT 
Mavzu:
OSPF protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya 
jarayonini sozlash 
Ishdan maqsad: 
OSPF protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida 
marshrutizatsiya jarayonini sozlash
 
Nazariy qism 
Yuqoridagi bo’limlarda takidlanganidek, statik marshrutizatsiyada har bir 
marshrut xaqidagi ma’lumot marshrutizatorga qo‘lda kiritilib chiqiladi. Faraz 
qilaylik, biz tarmoq administratori sifatida o‘nlab marshrutizator va tarmoqlardan 
tashkil topgan murakkab qo‘shma tarmoqga xizmat ko‘rsatmoqdamiz. Agar tarmoq 
topologiyasida biror o‘zgarish yuz bersa (masalan, murakkab tarmoq tarkibiga 
biror tarmoq qo‘shilsa yoki o‘chirilsa) u xolda tarmoqdagi barcha 
marshrutizatorlardagi marshrutizatsiya jadvallarini o‘zgartirish zarurati yuzaga 
keladi. Bu tarmoq administratsiyasi jarayonini murakkablashtiradi va sozlashda 
xatoliklarga yo‘l qo‘yish extimolligini oshiradi. Yuqorida ham takidlanganidek 
dinamik marshrutizatsiya usuli bu muammolarni hal etish imkoniga ega. Dinamik 
marshrutizatsiya usulida tarmoqdagi barcha marshrutlar avtomatik ravishda 
marshrutizatorlarga biriktiriladi va tarmoqda biror o‘zgarish yuz berganda 
marshrutizatorladagi marshrutizatsiya jadvallari avtomatik ravishda yangilanadi.
Bu dinamik marshrutizatsiya usulining asosiy afzalligidir.
Dinamik marshrutizatsiya usulining statik marshrutizatsiya usulidan yana bir 
asosiy afzalligi bu tarmoqning rad etishga chidamliligini ta’minlash imkoniyatidir. 
Ya’ni tarmoqda paketlar uzatiluvchi marshrutdagi biror interfeys o‘chib qolsa 
tarmoqdagi mavjud boshqa marshrutlardan biri avtomatik tanlanadi va paketlar 
yangi marshrut orqali uzatilish davom etadi va paketlarning yo‘qotilishi oldi 
olinadi. Statik marshrutizatsiya usuli orqali marshrutizatsiya amalga oshiriluvchi 
tarmoqda paketlar uzatilayotgan marshrutdagi biror interfeys o‘zib qolsa yangi 
marshrut avtomatik tanlanmaydi va paketlar marshrutizatorning bufer xotirasida 
ruxsat etilgan kutish vaqtidan ortiqcha vaqtda qolib ketadi va yo‘qoladi.
Dinamik marshrutizatsiya usulining kamchiliklari ham mavjud: 

Dinamik marshrutizatsiya usulida marshrutizatsiya jadvalini marshrutizator 
o‘zi tashkil etganligi va tarmoqdagi o‘zgarishlar yuz berganda 
marshrutizatsiya jadvalini yangilash ham marshrutizatorning o‘zi tomonidan 
amalga oshirilganligi sababli bu marshrutizator qurilmasining xisoblash 
resurslari yuqori bo‘lishi talab etiladi. 

Marshrutizatsiyasi dinamik usulda tashkil etilgan tarmoqlarga xizmat 
ko‘rsatuvchi mutaxxassislardan yuqori malaka talab etiladi. Ayniqsa bunday 
tarmoqlarda muammo yuz berganda muammoni aniqlash va uni bartaraf 
etish uchun yuqori malaka talab etiladi. 

Tarmoqning xolatini oldindan aniqlab bo‘lmaydi. 


Dinamik marshrutizatsiya usulining RIP protokoli asosida tashkil etilishini 
oldingi bo‘limlarda ko‘rib chiqildi. Endi kanal xolatiga bog‘liq ravishda marshrutni 
belgilashni amalga oshiruvchi OSPF protokolining ishlash jarayonini va bu 
protokol yordamida marshrutizatsiyani ta’minlash jarayoninin ko‘rib chiqamiz. 
OSPF (angl. Open Shortest Path First) — Dinamik mashrutizatsiya protokoli 
bo‘lib u kanalning xolatini kuzatadi (link-state technology) va unga bog‘liq 
ravishda optimal marshrutni tanlashni amalga oshiradi. OSPF protokoli ham ichki 
tarmoq protokoli bo‘lib avtonom quyi tarmoqlarda marshrutizatsiyani ta’minlashda 
qo‘llaniladi. Bu protokolning ishlash tamoili quyidagicha: 
• 
Tarmoqlardagi marshrutizatorlar OSPF protokoli bo‘yicha sozlangach, 
marshrutizator qo‘shni mashrutizatorlni qidirishni boshlaydi va ular bilan 
aloqa o‘rnatadi.
• 
Keyin bu mashrutizatorlar o‘zaro ma’lumot almashinadilar. Bu ma’lumotlar 
mashrutizatorlarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ulangan 
tarmoqlar 
xaqida 
ma’lumotlardir. Ya’ni bunday ma’lumotlar almashinilishi orqali 
marshrutizatorlar tarmoq kartasini tuzib chiqadilar (tarmoq topologiyasini). 
Bu karta barcha marshrutizatorlarda bir xil bo‘ladi.
• 
Olingan axborotlar asosida SPF algoritmi ishga tushadi (Shortest Path First, 
«eng yaxshi yo‘lni tanlash »), bu algoritm har bir tarmoqga nisbatan optimal 
yo‘lni xisoblab chiqadi. SPF algoritmi davriy ravishda o‘zgargan bazani 
tarmoqga tarqatishni amalga oshirmaydi (RIP kabi). RIP protokolidan farqli 
ravishda SPF protokoli har 30 minutda faqat o‘zgarishlar xaqidagi 
ma’lumotlarnigina uzatadi, ya’ni tarmoqga to‘liq bazani uzatmaydi. Bu 
tarmoqni ortiqchi xizmat axborotlari bilan yuklanishini oldini oladi.
Agar marshrutizatorning biror interfeysi yoki marshrutizatorning o‘zi o‘chib 
qolsa qayta yangilanish ma’lumoti tarmoqqa tarqatiladi va tarmoqdagi 
barcha marshrutizatorlar marshrutizatsiya jadvallarini yangilab oladilar.
Quyidagi 5.20-rasmda OSPF protokoli asosida tarmoqda marshrutni tanlash 
tamoili tasvirlangan. Ya’ni yuqorida takidlanganidek OSPF protokoli paketlarni 
uzatish marshrutini tanlashda kanal xolatini baxolaydi va Shunga mos marshrutni 
tanlaydi. Rasmda ko‘rinadiki A marshrutizator XYZ tarmog‘iga paketlarni 
uzatishda quyidagi bir necha marshrutlardan birini tanlashi mumkin: 

A-B-C-D-XYZ tarmog‘i 

A-B-E-C-D-XYZ tarmog‘i 

A-E-F-XYZ tarmog‘i 

A-B-E-F-XYZ tarmog‘i 
Yuqoridagi 
marshrutlar 
bir 
biri 
bilan 
xoplar 
(ya’ni 
paket A 
marshrutizatordan XYZ tarmog‘iga etib borguncha nechta marshrutizatordan o‘tib 
borishi) soni va marshrutizatorlarni o‘zaro bog‘lanish tezliklari bilan bir-birlaridan 
farqlanadilar. Masalan xoplar soni bo‘yicha eng optimal marshrut bu A-E-F-XYZ 
dir. Agar bu tarmoqda marshrutizatsiya RIP protokoli yordamida tashkil etilganda 
A marshrutizator ushbu marshrutni tanlagan bo‘lardi. Lekin bu tarmoqda 
marshrutizatsiya OSPF protokoli yordamida tashkil etilgan. Shuning uchun ham A-


E-F-XYZ marshrutdagi marshrutizatorlarni o‘zaro bog‘lagan kanallarning 
ma’lumot uzatish tezliklari kichik bo‘lganligi sababli bu marshrut asosiy marshrut 
sifatida tanlanmaydi. Marshrutizatorlarni o‘zaro ulanish kanallari tezligiga bog‘liq 
ravishda OSPF protokoli A-B-E-C-D-XYZ marshrutini tanlaydi (5.20-rasm).
5.20-rasm. OSPF protokoli asosida tarmoqda marshrutni tanlash tamoili 
Endi marshrutizatsiyasi OSPF protokoli asosi tashkil etiluvchi tarmoqni 
sozlashga kirishaylik. Buning uchun Cisco packet tracer dasturida quyidagi 5.21-
rasmda tasvirlangan tarmoqni xosil qilishimiz lozim. Tarmoqda OSPF protokoli 
yordamida marshrutizatsiyani sozlashdan oldin tarmoqdagi marshrutizatorlar 
interfeyslari va kompyuterlarlarga IP manzil biriktirib chiqiladi.
5.21-rasm 
Router 0 tarmoqga Gig 0/0, Gig 0/1, Gig 0/2 interfeyslari orqali ulangan. 
Bu interfeyslarga quyidagicha IP manzillar biriktirilgan: 


Router 1 tarmoqga Gig 0/0, Gig 0/1, Gig 0/2 interfeyslari orqali ulangan. 
Bu interfeylarga quyidagicha IP manzillar biriktirilgan: 
Router 2 tarmoqga Gig 0/0, Gig 0/1, Gig 0/02 interfeyslari orqali ulangan. 
Bu interfeylarga quyidagicha IP manzillar biriktirilgan: 
Dinamik marshrutizatsiyani sozlashga kirishishdan oldin loopback 
interfeysini sozlash lozim. Ya’ni har bir marshrutizatorda loopback interfeysini 
ko‘tarib (ishga tushirib) ularga IP manzil biriktirib chiqish lozim.
Loopback interfeysi bu – fizik interfeys emas, balki mantiqiy interfeys bo‘lib 
biror fizik interfeysga bog‘liq emas. Masalan Router 0 da marshrut tanlashda 
ishtirok etadigan Gig 0/0 va Gig 0/2 interfeyslari mavjud. Bu marshrutizatorda Gig 
0/1 interfeysi lokal tarmoqga ulanganligi sababli bu interfeys OSPF protokoli 
bo‘yicha marshrut tanlashda ishtirok etmaydi. Demak biz bu marshrutizatorda 
loopback interfeys ko‘tarami va bu interfeysning xolati Gig 0/0 yoki Gig 0/2 fizik 
interfeyslarining xolatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Nima uchun dinamik marshrutizatsiyani sozlashdan oldin marshrutizatorda 
loopback interfeysni ko‘tarishimiz va unga IP manzil berishimiz lozim. Buning 
sababi Shundaki qachonki OSPF protokoli bo‘yicha marshrutizatsiyani sozlab 
bo‘lib protokol ishga tushganda ushbu protokol Router ID – marshrutizator 
identifikatorini generatsiya qiladi. Marshrutizatsiya identifikatori 
(router ID, RID)
- bu noyob 32 bitli raqam bo‘lib, bir avtonom quyi tarmoq xududida 
marshrutizatorni noyobligini ta’minlaydi. Ya’ni marshrutizator bu avtonom 
tarmoqdagi boshqa marshrutizatorlar bilan Shu identifikatori orqali aloqa qiladi. 
OSPF protokoli marshrutizator identifikatorini generatsiya qilishda 
identifikator sifatida mazkur marshrutizatorning biror fizik interfeysi (Gig 0/0 yoki 
Gig 0/2) yoki mantiqiy interfeysi (loopback interfeysi) IP manzilini oladi. Agar 
marshrutizatorda loopback interfeysi ko‘tarilmagan va unga IP manzil 
biriktirilmagan bo‘lsa, u xolda identifikator sifatida marshrutizatorning biror fizik 
interfeysi IP manzili olinadi. Buning muammoli tomoni Shundaki agar IP manzili 
marshrutizator identifikatori sifatida qabul qilingan interfeys o‘chib qolsa bu 
marshrutizator OSPF protokoli bo‘ycha marshrutizatsiyani amalga oshira olmay 
qoladi. Ya’ni marshrutizatorning marshrutizatsiyani amalga oshirishi uning bir 
interfeysining xolatiga bog‘liq bo‘lib qoladi.


Agar marshrutizator identifikatori sifatida loopback interfeysining manzili 
olinadigan bo‘lsa u xolda marshrutizatorning dinamik marshrutizatsiyani amalga 
oshirish imkoniyati biror fizik interfeysning xolatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ya’ni 
tarmoqning ishonchligi ortadi. Shuning uchun ham dinamik marshrutizatsiyani 
sozlashda avvalo loopback interfeysni ko‘tarish va unga IP manzil berish lozim. 
Bir avtonom tarmoqdagi marshrutizatorlarda ko‘tarilgan loopback interfeyslarining 
IP manzillarining tarmoq qismi bir xil bo‘lishi lozim. Masalan Router 0 da 
ko‘tarilgan loopback interfeysga 192.168.100.1 manzil berilsa, Router 1 dagi 
loopback interfeysga 192.168.100.3 va Router 2 da ko‘tarilgan loopback 
interfeysga 192.168.100.2 manzillari berilsin. 
Marshrutizatorda loopback interfeysini ko‘tarish va unga IP manzil berish 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
Router(config)# 
Router(config)#int loopback 0 – 
bu marshrutizatordagi 0 – tartibli loopback interfeysini 
ko‘tarish. Tarmoqdagi barcha marshrutizatorlada dastlabki xolatda 0-tartibli loopback interfey ko‘tariladi.
Router(config-if)# 
%LINK-5-CHANGED: Interface Loopback0, changed state to up 
%LINEPROTO-5-UPDOWN: Line protocol on Interface Loopback0, 
changed state to up 
Router(config-if)#ip address 192.168.100.1 255.255.255.255 – 
interfeysga IP
manzil biriktirish. Bu erda 255.255.255.255 tarmoq maskasi bo‘lib bu mazkur marshrutizatorda faqat bitta 
Shunday IP manzili mavjudligini belgilaydi.
Router(config-if)#no Shutdown – 
interfeysni yoqish
Router(config-if)# 
Router(config-if)#ex 
Shu kabi tarmoqdagi boshqa Router 2 va Router 1 larda ham loopback 
interfeyslar ko‘tariladi va ularga mos ravishda 192.168.100.2 va 192.168.100.3 
kabi IP manzillar biriktiriladi.
Endi OSPF ni sozlashni boshlash mumkin. Ya’ni marshrutizatorda ma’lum 
tartibdagi OSPF ni marshrutizatsiya jarayonini ishga tushirish va unga mazkur 
morshrutizator bevosita ulangan tarmoqlarning tarmoq manzillarini kiritish lozim. 
Masalan Router 0 marshrutizatorida OSPF ni sozlash quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
Router(config)# 
Router(config)#router ospf 1 – 
bu marshrutizatordagi 1 – tartibli OSPF jarayonini sozlashga 
kirishishdir. Tarmoqdagi barcha marshrutizatorlada dastlabki xolatda 1- tartibli OSPF jarayonini ishga 
tushiriladi.
Router(config-router)#network 192.168.10.0 0.0.0.255 area 0
Router(config-router)#network 192.168.20.0 0.0.0.255 area 0 
Router(config-router)#network 192.168.2.0 0.0.0.255 area 0 
Router(config-router)#ex 
Router(config)#do wr mem 
Building configuration... 
[OK]


Yuqorida 1 – tartibli OSPF jarayonini marshrutizatorga bevosita ulangan 
tarmoqlarning manzillarini biriktirishda tarmoq maskasi o‘rniga uning teskarisi 
(0.0.0.255) qo‘llarinladi. Bu erda “area 0” buyrug‘i yordamida ushbu avtonom 
tarmoqda mazkur 1 – tartibli OSPF jarayonini faoliyat zonasi belgilanmoqda. Bu 
zona 0- tartiblidir. Shuni unitmaslik kerakki tarmoqdagi barcha marshrutizatorlarda 
1 – tartibli OSPF jarayonini sozlashda zonaning tartib raqami bir xil bo‘lishi lozim. 
Ya’ni Router 2 va Router 1 larda ham 1 – tartibli OSPF jarayonini sozlashda zona 
tartib raqamini 0 deb belgilash lozim. 
Endi Router 2 va Router 1 larda ham OSPF protokolini sozlashni amalga 
oshirish lozim. Buning uchun ushbu marshrutizatorlarga bevosita ulangan 
tarmoqlarning manzillarini aniqlab olish lozim. Router 2 ga bevosita ulangan 
tarmoqlarning manzillari 192.168.10.0, 192.168.20.0 va 192.168.2.0 kabidir. 
Router 1 ga bevosita ulangan tarmoqlarning manzillari 192.168.30.0, 192.168.20.0 
va 192.168.3.0 kabilardir. Endi Router 2 va Router 1 larda OSPF ni sozlashni 
Router 0 da amalga oshirilgani kabi bajarish mumkin. 
Shu bilan marshrutizatorlarda OSPF protokoli asosida marshrutizatsiyani 
sozlash yakunlanadi. Endi tarmoqda OSPF protokoli asosida marshrutizatsiya 
jarayonini amalga oshirilishini tekshirib ko‘rishimiz mumkin. Ammo buning 
uchun mashrrutizatorlarga ulangan lokal tarmoqlardagi kompyuterlarga (Laptop) 
mos IP manzil biriktirilishi lozim. Masalan 192.168.1.0 manzilli lokal tarmoqda 
turgan kompyuterga 192.168.1.2 manzili berilsin (5.22-rasm). 
5.22-rasm 


Shu kabi 192.168.2.0 manzilli lokal tarmoqda turgan kompyuterga 
192.168.2.2, 192.168.3.0 manzilli lokal tarmoqda turgan kompyuterga 192.168.3.3 
kabi manzillarni biriktirishimiz lozim. Shundan so‘ngina tarmoqda OSPF protokoli 
asosida marshrutizatsiya jarayonini amalga oshirilishini tekshirib ko‘rishimiz 
mumkin. 
5.23-rasm. Tarmoqda OSPF protokoli asosida marshrutizatsiya jarayonini 
amalga oshirilishi 
Yuqoridagi 5.23-rasmdan ko‘rinadiki Router 0 o‘ziga bevosita ulangan 
192.168.1.0 manzilli lokal tarmoqdan kelgan paketlarni 192.168.3.0 manzilli lokal 
tarmoqga uzatishda Router 1 oraqali tashkil etilgan marshrutni tanladi. Bu 
tarmoqda barcha marshrutizatorlar orasidagi bog‘lanish tezligi bir xil bo‘lganligi 
sababli Router 0 marshrutizator ushbu marshrutni tanladi.
Endi yuqorida takidlab o‘tgan tarmoqning ishonchliligini dinamik 
marshrutizatsiya usulida yuqori bo‘lishini tekshirib ko‘rishimiz mumkin. Buning 
uchun Laptop 0 dan 192.168.3.3 manzilli Laptop 2 ga ping jo‘natamiz. Bu vaqtda 
Router 0 dagi Gig0/2 interfeysni o‘chiramiz. Aynan Gig0/2 interfeysini 
o‘chirganimizning sababi OSPF protokoli bo‘yicha asosiy marshrut sifatida Shu 
interfeys orqali o‘tgan marshrut tanlangan. Bu interfeysni o‘chirish orqali OSPF 
protokoli paketlar uzatishni boshqa marshrutga ko‘chirishini va bu ko‘chirilish 
tezligini tekshirishimiz mumkin bo‘ladi. Dastlab Laptop 0 dan 192.168.3.3 
manzilla Laptop 2 ga katta sondagi exo-so‘rov jo‘natiladi va Shu vaqtda Gig0/2 
o‘chiriladi. Buning uchun Laptop 0 ning komandalar qatorida quyidagi buyruq 
kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi: 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin