ping 192.168.3.3 –n
1000
. Bu 1000 ta exo-
so‘rov jo‘natish demakdir. Natijada quyidagi 5.24-rasmdagi kabi ping jo‘natilish
jarayoni boshlanadi.
5.24-rasm
Endi Router 0 ning Gig0/2 interfeysini o‘chiriladi. Natijada marshrutning
qayta tiklanishini ko‘rish mumkin.
5.25-rasm
Yuqoridagi 5.25-rasmdan ko‘rinadiki Gig0/2 interfeysi o‘chirilgandan keyin
qisqa vaqt ichida marshrut qayta tiklandi va paketlar uzatilishi davom eta boshladi.
Faqat bitta paket yo‘qotildi. Demak yuqoridagi tajribalar asosida OSPF protokoli
asosida dinamik marshrutizatsiya jarayoni tashkil etilganda tarmoqning rad
etishlarga chidamliligi (ya’ni biror rad etish jarayoni yuz berganda ham
tarmoqning ishchi qobiliyatini saqlab qolishi xususiyati) yuqori bo‘lishini
ko‘rishimiz mumkin.
Talabaning vazifasi:
Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida har bir
talaba OSPF protokoli yordamida tarmoqda marshrutiatsiyani sozlaydi va
tusuntiradi
8-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu:
BGP protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya
jarayonini sozlash.
Ishdan maqsad:
BGP protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida
marshrutizatsiya jarayonini sozlash.
Nazariy qism
Yuqorida takidalab o‘tilganidek dinamik protokollar ikki guruxga ajraladi:
•
IGP - avtonom tizimlar ichida qo‘llaniluvchi;
•
EGP -tashqi, ya’ni avtonom quyi tarmoqlarni o‘zaro bog‘lovchi
tarmoqlarda marshrutizatsiyani ta’minlashda qo‘llaniluvchi.
Ichki va tashqi protokollar ham quyidagi ikki algoritmning biriga asoslanib
ishlaydi: DV (Distance Vector – vektor masofiviy) yoki LS (Link State – liniya
xolatiga bog‘liq). Avtonom tarmoqlar ichida qo‘llaniluvchi dinamik
marshrutizatsiya protokollarini ko‘rib chiqdik va unga ISIS, OSPF, RIP, EIGRP
protokollari mansub. Bu protokollar avtonom quyi tarmoq ichida marshrutizatsiya
axborotlarini tarqatish (ya’ni marshrutizatorlar orasida almashinish uchun)
qo‘llaniladi.
EGP sifatida bugungi kunda asosan bir protokol – BGP (Border Gateway
Protocol) protokoli qo‘llaniladi. Bu protokol avtonom tizimlar o‘rtasida
marshrutlarni
uzatishni
amalga
oshiradi
(5.26-rasm).
Ya’ni
rasmda
tasvirlanganidek turli X, Y, Z internet provayderlariga tegishli avtonom tizimlarni
o’zaro bog’lashda mashrutizatsiya BGP protokoli yordamida amalga oshirilmoqda.
5.26-rasm. BGP protokolining qo‘llanilishi
BGP protokolini ishlash jarayonini avtonom tizim tushunchasini bilmagan
xolda tushuntirish imkonsizdir. Avtonom tizim (AS – Autonomous System) bu bir
yoki bir necha operatorlar (internet provayderlar) tomonidan boshqariladigan va
internet tarmog‘i bilan yagona marshrutizatsiya siyosatiga ega bo‘lgan IP tarmoq
yoki marshrutizatorlar tizimidir.
Internet provayderlari o‘z avtonom tizimlari orqali internet tarmog‘iga
ulanishlari uchun bu avtonom tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tgan noyob raqam olishi
lozim.
AS noyob raqami (yoki ASN) har bir AS ga biriktiriladi va bu ushbu
avtonom tizimining BGP protokoli asosidagi marshrutizatsiya jarayonida ishtirok
eta olishini ta’minlaydi. 2017 yilgi ma’lumotga ko‘ra global tarmoqga 56 mingdan
ziyod avtonom tizimlar ulangan.
BGP – bu tashqi shlyuz protokoli bo‘lib, bu protokol avtonom tizimlar
o‘rtasida marshrutizatsiyani ta’minlashda qo‘llaniladi. BGP protokoli barcha
internet provayderlari tomonidan va juda yirik tarmoqlarning yadrolarida
qo‘llaniladi. BGP – bu juda barqaror protokol bo‘lib tarmoqda
masshtablanuvchanligi yuqoridir, tarmoqning o‘zgarishiga tez moslashadi.
CHegaraviy (tashqi) shlyuz protokoli (Border Gateway Protocol, BGP)
bugungi kunda internet tarmog‘idagi avtonom tizimlar orasida marshrutizatsiya
axborotlarini
almashinuvchi
asosiy
protokoldir.
BGP
protokoli
EGP1
protokolining o‘rniga qo‘llanilib kelinmoqda.
BGP protokolining o‘ziga xosligi shundaki bu protokol bo‘yicha avtonom
tizimlararo marshrutizatsiyani amalga oshirishda ishtirok etuvchi marshrutizator
o‘zining avtonom tarmog‘ida joylashishi lozim.
BGP protokoli yordamida bir necha avtonom qu yi
tarmoqlar o‘rtasida
aloqa jarayonini amaliy o’rganish uchun quyidagi tarmoqni xosil qilib olinadi.
5.27-rasm
Yuqoridagi 5.27-rasmda tasvirlangan tarmoqda uchta avtonom quyi tarmoq
o‘zaro bog‘langan. Bu avtonom tarmoqlarning har birida ichki marshrutizatsiya
protokoli asosida marshrutizatsiya jarayoni ta’minlangan bo‘lsa (masalan statik
yoki RIP, OSPF va boshqa dinamik marshrutizatsiya protokollari yordamida)
avtonom tizimlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoqda tashqi marshrutizatsiya protokoli
yordamida marshrutizatsiya jarayoni ta’minlanmoqda.
Rasmda tasvirlanganidek R1va R2 marshrutizatorlari 10.1.0.0 manzilli
tarmoq orqali, R1 va R3 marshrutizatorlari 10.3.0.0 manzilli tarmoq orqali va R2
va R3 marshrutizatorlar esa 10.2.0.0 manzilli tarmoq orqali bog‘langan.
Dastlab har bir marshrutizator va unga ulangan avtonom tarmoqlardagi
kompyuterlar uchuch IP manzillarni sozlab olinadi. Ya’ni:
•
R1 marshrutizatorning Gig0/0 interfeysiga bu interfeys 10.1.0.0 manzilli
tarmoqga ulanganligi sababli 10.1.0.1 manzilini biriktirilsin. Bunda tarmoq
maskasi 255.255.255.252 qo‘yiladi (5.28-rasm). Sababi ushbu tarmoq
manzilida xosil bo‘ladigan IP manzillar sonini 3 tadan ortmasligini
ta’minlash uchun. Avtonom tarmoq ulangan Gig 0/1 interfeysiga mos xolda
192.168.10.1 manzili biriktirilsin. R3 marshrutizator bilan bog‘langan Gig
0/2 interfeysiga esa 10.3.0.1 manzili (bunda ham 255.255.255.252 maskali)
biriktirilsin.
5.28-rasm
•
Shu kabi R2 marshrutizatorning Gig0/0 interfeysiga 10.1.0.0 manzilli
tarmoqga ulanganligi sababli unga 10.1.0.2 manzilini biriktirilsin
(255.255.255.252 maskali). Avtonom tarmoq ulangan Gig 0/2 interfeysiga
mos xolda 192.168.20.1 manzili biriktirilsin. R3 marshrutizator bilan
bog‘langan Gig 0/1 interfeysiga esa 10.2.0.1 manzili (bunda ham
255.255.255.252 maskali) biriktirilsin.
•
R3 marshrutizatorning Gig0/1 interfeysiga 10.2.0.0 manzilli tarmoqga
ulanganligi sababli unga 10.2.0.2 manzilini biriktirilsin (255.255.255.252
maskali). Avtonom tarmoq ulangan Gig 0/0 interfeysiga mos xolda
192.168.30.1 manzili biriktirilsin. R1 marshrutizator bilan bog‘langan Gig
0/2 interfeysiga esa 10.3.0.2 manzili (bunda ham 255.255.255.252 maskali)
biriktirilsin.
Tarmoqdagi barsa kompyuterlar mos xoldagi manzillarni oladi. Masalan
PC0 ga 192.168.10.2 manzil biriktirilsa PC1 va PC2 lar uchun mos xolda
192.168.20.2 va 192.168.30.2 manzillari biriktirilsin.
Endi marshrutizatorlarda BGP protokoli bo‘yicha sozlash jarayonini
boshlaymiz. Buning uchun marshrutizatorning CLI buyruqlar bilan ishlash
oynasini ochamiz. Sozlash jarayonini R1 marshrutizatordan boshlaymiz (5.29-
rasm).
5.29-rasm. R1 marshrutizatorda BGP protokoli asosida marshrutizatsiya
jarayonini sozlash
Ya’ni R1 marshrutizatorda BGP protokoli bo‘yicha marshrutizatsiyani
sozlashda bu marshrutizatorlarga tarmoqdagi boshqa marshrutizatorlar ortidagi
avtonom tizimlarning tarmoqdagi noyob raqamlari va bu avtonom tizimlarga
ulanish imkonini beruvchi interfeys IP manzillarini kiritish lozim. Shuningdek
mazkur marshrutizatorga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ulanayotgan tarmoqlarning tarmoq
manzillari kiritilishi lozim. Bu erda:
Router(config)#router bgp 1
Dostları ilə paylaş: |