www.ziyouz.com
kutubxonasi
167
lavhalarda
o‘sha
mudhish
urushda
halok
bo‘lgan
barcha
yurtdoshlarimizning nomi zarhal harflar bilan yozib qo‘yilgan. Bu ularning
jasorati va matonatiga tan berish, urush fojialaridan saboq chiqarishga
qaratilgandir. Bularning
barchasi
mamlakatimizda
inson
xotirasi
muqaddas, uning qadr-qimmati aziz va mo‘tabar ekanini ifoda etadi.
9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu
yerga urush va mehnat faxriylari, hukumat a’zolari, senatorlar va
deputatlar, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
Maydon uzra mahzun musiqa taraladi.
Soat 09:30. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom
Karimov kirib keldi.
Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona
haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz
xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
– Bugun xalqimiz Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan
G‘alabaning 68-yilligini, 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng
nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari
vakillari
bilan
suhbatda.
–
Ayni
shu
kunlarda
barcha-barcha
yurtdoshlarimiz o‘z insoniy burchini bajo etib, Vatanimiz ozodligi,
musaffo osmoni uchun jon berib, qurbon bo‘lganlarning muqaddas xotirasi
oldida bosh egib, ta’zim qiladi.
Bugun oramizda bo‘lgan, bizga ma’naviy ibrat bo‘lib
yurgan barcha
urush qatnashchilarini ana shu buyuk sana bilan chin qalbdan tabriklashni
o‘zim uchun katta sharaf deb bilaman, dedi Yurtboshimiz. Shular qatorida
front ortida xizmat qilib, o‘ta og‘ir sharoitda g‘alaba qozonishga katta hissa
qo‘shgan
yurtdoshlarimizga,
barcha-barcha
faxriylarimizga
sihat-
salomatlik, uzoq umr tilab qolaman.
Bugun shu ulug‘ ayyomni nishonlar ekanmiz, bu g‘alabaning
ko‘pchilik qatorida bizning xalqimiz uchun ham naqadar qimmatga
tushganini, xalqimiz bu mudhish urushda qancha qurbonlar, qancha
yo‘qotishlar berganini, qancha yetim-esirlar,
mislsiz azob-uqubatlarni
ko‘rganini yodga olsak, aytish mumkinki, el-yurtimizning taqdiri, uning
kelajagi hal bo‘lgan o‘sha davrlarni eslasak, bu qonli urush odamlarimiz
xotirasida umrbod qolajak. Urushning tugaganiga 68-yil bo‘lishiga
qaramasdan, bunday qirg‘in, bunday ofatni
bugun ham odamlarimiz alam
va iztirob bilan eslaydi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
168
Shular haqida gapirganda, ba’zi bir raqamlarni esga olishni o‘rinli, deb
bilaman, dedi Prezidentimiz.
Urushdan oldin O‘zbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan
bo‘lsa, shundan 1,5 millioni janglarda bevosita ishtirok etgan. 500 mingga
yaqin yurtdoshlarimiz urushda halok bo‘lganini, qanchasi bedarak
ketganini, qanchasi mayib-majruh bo‘lib qaytganini hisobga oladigan
bo‘lsak, bizning xalqimiz fashizm balosiga qarshi kurashga qanday katta
hissa qo‘shganini tasavvur qilish qiyin emas.
Bu haqiqatni hech kim hech qachon unutmasligi kerak.
Ayni shu kunlarda xalqimiz urush davrida boshidan kechirgan og‘ir
sinovlarni yana bir bor xayolimizdan o‘tkazar ekanmiz, o‘tmish voqealari
albatta barchamizni o‘ylantiradi va kerakli xulosalar chiqarishga da’vat
etadi.
Hayotning o‘zi bir haqiqatni takror va takror isbotlab bermoqda. Ya’ni,
tarixni bilmagan, tarixni unutgan, tarixdan xulosa chiqarmagan har qanday
inson, har qanday xalq o‘z yo‘lidan adashishi, bir vaqtlar yo‘l qo‘ygan
xatolarini yana takrorlashi mumkin.
Biz bugun qanday shiddat bilan o‘zgarib,
yon-atrofimizda qarama-
qarshilik,
xavf-xatarlar
kuchayib
borayotgan
notinch
zamonda
yashayotganimizni kuzatish va anglash qiyin emas.
Shular haqida gapirar ekan, Prezidentimiz Afg‘onistonda o‘ttiz yildan
ko‘proq davom etayotgan urush hozirgi kunda bizning hududimizda, butun
Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikka eng katta xavf-xatar
ekanligini alohida ta’kidladi.
Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni ko‘pchilik xalqaro siyosatchilar
nochor, o‘ta og‘ir va qaltis, deb baholamoqda. Sodda qilib aytganda, ko‘p
yillardan buyon davom etayotgan bu qonli urushni harbiy kuch bilan hal
qilish mumkin emasligiga urushda qatnashayotgan tomonlar tobora iqror
bo‘lmoqda, aynan shu holatni ko‘pchilik tan olmoqda.
Boshqacha aytganda, bu inqirozni bartaraf etishning yagona yo‘li –
Dostları ilə paylaş: