Ismailova zuxra karabayevna



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Pedagogika

D o 'st bilan obod uying
O‘zbek oilalarida yosh avlodning do‘stlik, ahillik, birlik ruhida 
tarbiyalanishiga qadimdan katta ahamiyat berib kelingan. Xalq­
ning eng ilg‘or vakillari do‘stlikni doimo qadrlaganlar. «Do‘stsiz 
boshim — tuzsiz oshim», «Birlashgan kuch yengilmas», «Do‘stni 
boshingga kulfat tushganda sina», «Kuch — birlikda» singari ma- 
qollarda xalq o‘zining eng ezgu niyatlarini ifoda etgan. U noahil- 
likni hamisha qattiq qoralab kelgan.
Xalq o‘rtasida do‘stlik haqida ertak va rivoyatlar ham ko‘p 
to‘qilgan. Masalan, bir otaning uch o‘g‘li bor ekan. Kunlarning 
birida u farzandlarini chaqiribdi. To‘ng‘ich o‘g‘liga bir novdani 
berib, uni sindirishni buyuribdi. U o‘ylab-netib o‘tirmay, nov­
dani sindiribdi-da, otasiga uzatibdi. Ota ikkita novdani bitta qilib
endi sindirib ko‘rishini buyuribdi. U sal qiynalibroq sindiribdi. 
Keyin ota to ‘rtta novdani uzatibdi. O‘g‘il harchand urinmasin, 
baribir, novdalarni sindirolmabdi. Shundan keyin ota:
— 
Ko‘rdinglarmi, agar ahil bo‘lsanglar, sizlarni hech kim 
yenga olmaydi, — debdi.
Ko‘p xonadonlarda o‘g‘il va qizlar ana shu ertakda ilgari suril- 
gan g‘oya bo‘yicha tarbiyalanadi, ya’ni ahil va inoq bo‘lishga 
da’vat etib kelinadi.
O‘zbek xalqining otashin farzandi Hamid Olimjon o‘zining 
bir nutqida do‘stlikni ta’riflab, elimiz dilidagi gapni aytgan edi: 
«Biz bir qorindan talashib chiqqan xalqlarning vakillarimiz. 
Bizning beshigimiz bir yerda bo‘lgan. Qozoq onasining aytgan 
allasiga o‘zbek bolasi ham uxlagan. O‘zbeklar tojiklar bilan bir 
hovlida yashab kelganlar. Navoiyni turkmanlar xuddi o‘zbeklar- 
day yaxshi ko‘radilar, qirg‘izning to ‘yi o‘zbeklarsiz o‘tmagan. 
Bizning xalqlarimiz bir-biridan qiz olib, qiz berib, quda bo‘lib 
kelganlar. Bizning bobolarimizning qabrlari bir-biriga juda yaqin 
qo‘yilgan».
Oilaviy tarbiyada baynalmilal an’analarning xizmati kattadir. 
Respublikamiz oilalari kishilar jam bo‘lgan makon bo‘libgina qol- 
masdan, balki turmush tarzi, insonlarning o ‘zaro yordamiga 
asoslangan, odatlarimizning shakllanishi va rivojlanishi markazi 
hamdir.
Umummillat munosabatlariga asoslangan bunday turmush 
tarzi va munosabatlar kundan-kunga turli millatlarga mansub
113


baynalmilal oilalarning va yangidan-yangi an’analarning shaklla- 
nishiga, ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Buni alohida qayd etish 
o‘rinliki, turli millatlarga mansub baynalmilal oilalar o‘zlarining 
tuzilishi va yashash sharoitlariga qarab son va sifat jihatidan turli 
ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Turli millatlardan tashkil top- 
gan oilalar shahar va qishloqlarda istiqomat qilishmoqda, ularning 
oilaviy munosabat xarakterida turli millatga mansub tomonlari 
ko‘p uchraydi. Ularning turmush tarzlarida oldingi an’analar ho- 
zirgi kunda vujudga kelayotganlari bilan ancha tez uyg‘unlash- 
moqda. Bunday oilalarda tug‘ilgan bolalar o‘zbek maktablarida 
o‘qishadi va o‘zbek tilida bemalol gaplashadilar.
Shahar va shahar atrofida istiqomat qiluvchi ba’zi oilalarning 
farzandlari, odatda, rus maktablarida o‘qishadi va oilada ham 
aksariyat rus tilida gaplashadilar. Lekin bundan qat’iy nazar, ular 
o‘zbek tilini ham mukammal bilishadi. Shu sababli, bunday oila­
larda har ikki millat vakillariga mansub milliy an’analar uyg‘un- 
lashgan bo‘ladi. Lekin arim oilalarning farzandlari o‘zbek tiliga 
nisbatan ko‘proq rus tilida muloqotda bo‘lishi, hatto o‘zbek tilini 
unutayozish darajasiga ham borganlarini ko‘rish mumkin. Bu, 
albatta, kechirilmas holdir. Bunday holatning davom etishi 
o‘zbek milliy an’analari va ularning tarbiyaviy ta’siridan bebahra 
qolishga, yigit va qizlarning urf-odatlar, mehr-oqibat, odob-axloq 
va boshqa ma’naviy qadriyatlardan benasib qolishlariga olib kela- 
di. Bunga, ya’ni bolalarning arosatda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak.

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin