Ismailova zuxra karabayevna


- chizma. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan uzviy munosabati



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Pedagogika

6- chizma. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan uzviy munosabati.
Har qanday pedagogik faoliyatning pirovard maqsadi yosh av- 
lodda turli dunyoqarashni shakllantirishdir, shu bilan birga 
dialektikaning umumiy qonunlari har qanday inson faoliyatida 
eng umumiy metodologik asos rolini bajaradi, shu bois pedago­
gika to ‘g‘ridan-to‘g‘ri falsafa bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri fikrlashni, 
o‘z fikrini tushunchalar orqali to ‘g‘ri va aniq ifoda etishni mantiq 
(logika) fani o‘rgatganligi tufayli o‘qituvchilar turli fikrni shakl- 
lantirish usullarini yaxshi bilishlari lozim.
Pedagogika umumiy psixologiya va yoshlar psixologiyasi bilan 
ham uzviy bog‘langan. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi ru- 
hiy rivojlanish qonuniyatlarini, ta ’lim-tarbiya ta ’sirida inson 
ruhiyatining o‘zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, 
ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning ruhiy 
rivojlanishini, shaxsiy sifatlarini o‘rganishi lozim. Shundagina 
samarali ta’sir ko‘rsata oladi.
O‘quvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish uchun ular o‘zlari 
yashayotgan hududning, tumanning, unda istiqomat qilayotgan 
xalqlarning yashash tarzi, tarixini bilishlari lozim. Pedagog ta’lim- 
tarbiyani millat tarixiga bog‘lab o‘tsa, ularda milliy g‘urur paydo 
bo‘la boshlaydi. Buning uchun pedagog tarixni yaxshi bilishi kerak.
Pedagog turli ijtimoiy guruhlar bilan ishlaydi. Har bir ijtimoiy 
guruhning o‘ziga xos ijtimoiy qobig‘i mavjud. Dars jarayonida 
bularni hisobga olish zarur. Demak, pedagogika sotsiologiya bilan 
ham bog‘liq.
21


Dars berish bilan birga tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshi- 
rish kerak. Buning uchun pedagog ta’lim-tarbiya ishlarini dars- 
dan tashqari olib borishni ham rejalashtirishi mumkin. Bu ishlar- 
ni tashkil qilish va o‘tkazish usullarini tarbiyaviy ish metodikasi 
(TIM ) fani o‘rganadi. K o‘rib turibmizki, pedagogika axloq
odobshunoslik, tarbiyashunoslik fanlariga ham uzviy bog‘liqdir.
Shuni aytib o‘tish joizki, pedagogika fani nopedagogik oliy 
o‘quv yurtlarida faqatgina ijtimoiy fanlar bilangina emas, balki 
texnika fanlari bilan ham uzviy bog‘liq holda olib boriladi.
1. Pedagogikaning maqsad va vazifalarini izohlab bering.
2. Pedagogikaning predmeti va obyekti nimalardan iborat?
3. Pedagogika fani nimalarni o‘rgatadi?
4. «Pedagogika» atamasining ma’nosi qanday?
5. Pedagogikaning metodologik asosini tushuntirib bering.
6. Pedagogikaning asosiy tushunchalari mazmunini gapirib bering.
7. Pedagogikaning qanday ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud?
8. Pedagogika qanday fanlar bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘qitiladi?
9. Pedagogikaning qanday asosiy tarmoqlari mavjud?
10. Maxsus pedagogika va uning turlarini aytib, izohlab bering.
1. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi».
- T.: 1997.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.
- T.: 1997.
3. 
I. Karimov. 
«Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori». — T.: 1997.
4. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. I jild, (tuzuvchi-mualliflar: 
K. Hoshimov va S. Ochil). — T.: «O‘qituvchi», 1995.
5. 

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin