часть
1
«
Новости образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апреля
, 2023
г
361
uchraydi. Bu hol, tilning leksik sathini tadqiq qilish borasidagi, terminologiyaga oid ishlar
doirasidagi tadqiqotlarda kuzatiladi.
Oʻzbek tilshunosligining XX asrning 40-80-yillarida prof.A.Gʻulomov, S.Usmonov va
boshqa yirik olimlarning jahon tilshunosligi, shu jumladan, rus tilshunosligidagi ilgʻor
qarashlar, yutuqlar asosida yaratilgan nazariy fikrlari, mulohazalari tayanch manba
boʻlganligi hammaga ma 'lum. Jahon tilshunosligining shu davr ruhi bilan sugʻorilgan jiddiy
nazariy fikrlari, ilmiy asoslangan qarashlari va meroslari allaqachon oʻzbek xalqining
qadriyatlari qatoridan mustahkam oʻrin egallagan. A.Gʻulomov deyarli barcha yutuqlaridan
bahramand boʻlgan, ilgʻor qarashlarga nisbatan oʻz bahosini bera oladigan, oʻzbek
tilshunosligiga tatbiq etadigan darajada ekanligi bilan ajralib turardi. Bular merosini jiddiy
tadqiq qilmay turib, ularga munosib bahoni bermay turib, oʻzbek ilmiy tilshunosligining
keyingi istiqbolini belgilash maqsadga muvofiq emas. Zero, bu olimlarning ilmiy-nazariy
qarashlari zamonaviy ilmiy tilshunoslik taraqqiyotini belgilovchi asosiy nazariy manba boʻlib
xizmat qiladi. Nomlari yuqorida zikr etilgan olimlarning ilmiy me'roslari, ma'lumki,
birinchidan, noyob manbalarga aylanib boʻlgan; ikkinchidan, bu manbalar, ilmiy qarashlar
hali jiddiy tadqiq etilmagan, toʻlaligicha oʻquvchilarga yetkazilmagan; uchinchidan,
shoʻrolar davri tilshunosligidagi barcha ilmiy-nazariy qarashlar, shu jumladan yetakchi, tan
olingan olimlarning ilmiy merosi mustaqillik davri milliy ruhi nuqtai nazaridan mukammal
baholanishi lozimligi, 40-80 yillardagi muhim ilmiy qarashlarning zamonaviy
tilshunoslikning yuzaga kelishida manba boʻganligini asoslash masalasi ham bor. XX asr
oʻzbek nazariy tilshunosligi taraqqiyotini A.Gʻulomov ilmiy qarashlarisiz tasavvur etib
boʻlmaydi. Shundan kelib chiqib maqolada 40-80-yillar oʻzbek milliy tilshunosligining ana
shu vakili ilmiy merosi haqida imkon doirasida toʻliq ma 'lumot berishga, jiddiy ilmiy
qarashlariga, ularga nisbatan bildirilgan mulohazalarga munosabat bildirishga, tahlilga
tortishga harakat qildik.
Turkiy tillar soʻz yasalishining nazariy jabhasiga asos solganlardan biri professor
Ayyub- Gʻulomovdir. Bu olimning nazariy qarashlari oʻzbek tilining an’anaviy talqindagi
grammatikalari mundarijasidan munosib oʻrin oldi, alohida ilmiy-tadqiqot ishlarida davom
ettirildi. Shunga qaramay, soʻz yasalishi bilan aloqador ayrim masalalar turkiyshunoslikda,
shu jumladan, oʻzbek tilshunosligida tadqiqotga yana muhtoj muammolar qatorida qolib
kelyapti. Bu hol hatto soʻz yasalishi turlarining belgilanishi va ularning nomlanishi kabi
oddiy masalalarda ham koʻzga tashlandi. Ma’lumki, soʻz yasalishi tizimida yangi lugʻaviy
birliklar hosil boʻlishining ikki asosiy (yetakchi) turi — affiksatsiya va kompozitsiyaga
alohida, imtiyozli e’tibor qaratiladi. Yangi lugʻaviy biriklar hosil boʻlishining bu ikki jarayoni
oʻzining maxsus ichki imkoniyatlariga ega boʻlib, bular yordamida yasovchi
qism(vosita)larning sintagmatik aloqadorligi ta’minlanadi. Masalaga juft soʻzlar misolida
aniqlik kiritish mumkin. Juft soʻzlar yangi lugʻaviy birliklar hosil boʻlishi (soʻz yasalishi)ning
ikkinchi usuliga mansub. Juft soʻzlarning hosil boʻlishida qismlarning sintagmatik
munosabati teng aloqa yordamida amalga oshadi. Bu xususiyat ularni qismlarining