Исследование в XXI веке апреля, 2023 г 357 Oʻzbek tilshunosligining shakllanishida professor ayub gʻulomovning



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix10.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#139160
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8
Turdiyeva Iroda (3)


часть 
1
 
«
Новости образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апреля
, 2023
г 
363 
qismlariaro diz’yunksiya munosabati ish koʻruvchi juft soʻzlarining kategoriyalarga nisbatan 
amali bir oz cheklangan, ular son (besh — olti. ellik — oltmish) va olmosh (u —bu. ana — 
mana) turkumlarigagina xos boʻladi. Qismlariaro kon’yunksiya munosabati amal qiluvchi 
juft soʻzlar umumiy makonda bir vaqtda ketma —ket voqelanuvchi narsa — hodisalar 
(denotatlar) munosabatini bildiradi. Shu bois ham bunday soʻzlar va, xam. xamla 
bogʻlovchili sintaktik birliklar bilan oson alamashina oladi: loʻst — lushman GʻGʻ doʻst va 
dushman, ok — kora GʻGʻ oq va qora; yotdi—turli GʻGʻ yotdi hamda turdi, asta — sekin 
GʻGʻ asta va sekin. Qismlariaro diz’yunksiya munosabati ish koʻruvchi juft soʻzlar oʻzaro 
zidlangan tasdiq va inkor ma’noli narsa — hodisalar aloqasini ifodalaydi. Ularni yo, yoki. 
yoxul yordamchili sintaktik birliklar bilan almashtirish oson va mumkin: besh — olti GʻGʻ 
besh yoki olti, u —bu GʻGʻ u yoki bu. Ikki ogʻiz soʻz qismlariaro geteronomiya munosabati 
mavjud boʻlgan va tilning soʻz yasalishi va morfologiya sathlariga aloqador juft soʻzlar 
haqida. Geteronim atamasi yordamida tilning lugʻaviy — mazmuniy tizimiga mansub lisoniy 
tushunchalardan biri nomlanadi. Bu atama keng ommalashgan boʻlsa—da, lugʻaviy — 
mazmuniy tizimning omonim, sinonim, antonim, paronim va giponim kabi terminlari bilan 
bir sathda yonma —yon turadi. Geteronim umumiy ma’noda (arxisema, klassema) 
mushtarak har xil oʻzakli qismlarning korrelyativ munosabatiga asoslanuvchi geteronimiya 
tushunchasi doirasiga kiradi. A. I. Smirnitskiy e’tirof etgani kabi, er — xotin (muj —jena), ini 
— singil (brat — sestra) tipidagi har xil oʻzakli yasalmalar (va ularning qismlari) orqali 
geteronimiya hodisasini tasavvur etish qiyin emas. 
Juft soʻzlar geteronimiya munosabatini ham roʻyobga chiqaruvchi lisoniy 
imkoniyatlardan biridir. Geteronimiya va geteronimiya munosabati lisoniy birlik 
qismlarining binar korrelyatsiyasiga asoslanuvchi murakkab mantiqiy — mazmuniy 
hodisadir. Geteronimiya munosabati ham qismlarning vazifaviy — mazmuniy (funktsional 
— semantik) teng huquqliligiga asoslanadi. Bu hodisaning sinonimiya va antonimiya bilan 
bir sathda, uning har xil koʻrinishlari sifatida amal qilishi ana shu xususiyatga koʻradir. 
Geteronimiyaning sinonimiya va antonimiya bilan oʻxshash va farqli tomonlari maxsus va 
alohida oʻrganishni talab qiladi. 
1.Geteronimiya munosabati juft soʻzlarning vujudga kelish imkoniyatlaridan biridir. Bu 
hodisa (munosabat) suppletiv aloqa bilan hamroh yuradi. Suppletiv aloqa yordamida koʻz 
bilan koʻrmoq (koʻz va koʻrmoq), quloq bilan eshitmoq. oyoq bilan yurmoq (oyoq va 
yurmoq) kabi leksikalizatsiyalashgan lugʻaviy birlik (frazeologik ibora)lar hosil boʻlgan. 
Bunday iboralar suppletivizmning til lugʻaviy sathiga xos koʻrinishi boʻlib, unda tarkibiy 
qismlar bir umumiy ma’no — arxisema (klassema) qamrovida boʻladi, biri boshqasini 
mazmunan taqozo etadi 
2. Suppletiv munosabat geteronimiya bilan aloqador boʻlsa ham, juft soʻzlarning hosil 
boʻlishida ishtirok etmaydi. U tobelikka asoslangan sintagmatik imkoniyat orqali yuzaga 
chiqadi. Bu xususiyat suppletiv munosabatni geteronimiya munosabatidan farqlaydi, uni 
qoʻshma soʻzlar tizimiga yaqinlashtiradi.


Международный научный журнал

9
(100), 
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin