Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy majmuasi



Yüklə 9,75 Mb.
səhifə52/108
tarix10.12.2023
ölçüsü9,75 Mb.
#139555
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma

Mathcadda dasturlash
Mathcad fan va texnikaning ixtiyoriy masalasiniyechish qulayligiga egadir. Ammo shunday masalalar, loyihalar bo`ladiki, ularni dasturlash operatorlari bilananiqlash, hisoblashga to`g`ri keladi. Mathcadning yana birimkoniyati bu dasturlash orqali ifodalash va hisoblashdir.Mathcadda dasturlash uchun bo`limlaridan[View][Toolbars][Programming] buyruqlar ketma-ketligi yoki [Math] asboblar panelidan [Programming] asbobini tanlash kerak.Ekranda [Programming] muloqot oynasi chiqadi va unda dasturlash operatorlarijoylashgan

Programming

Dasturlash operatorlari
Mathcad dasturida dasturlash uchun e`lon qilingan o`zgaruvchilar faqatdasturning ichki matniga ta`sir ko`rsatadi(-rasm, ―local o`zgaruvchi‖). Dasturlashoperatorlar yordamida funksiyalarni oson va qulay e`lon qilish mumkin.

Misollar
Matematika va sonlar nazariyasida ba`zi funksiyalarni shartlar orqalianiqlashda to`gri keladi. masalan,



Berilgan uchta (1), (2) va (3) funksiyalar mathcadda aniqlash osondir. –rasmning ―modulni aniqlash‖ -(1) , ―berilgan nuqtani aniqlash‖ –(2), ―shartlifunksiyalarni aniqlash‖ –(3) larni aniqlaydi. (3) funksiyani ikki xil usul bilananiqlangan. Yuqoridagi misollar orqali [add line], [], [if], [otherwise] dasturlash operatorlari va munosabat amallaridan foydalandik.

Misollar.
Mathcadda nafaqat sonlar, balki so`zlar bilan ham ishlash mumkin. –rasmning 1- misoliga qarang. Misolda agar f(x) ning parametri sifatida ixtiyoriyson berilsa, uning toq yoki juftligini aniqlaydi. mod(a,b) funksiyasi ani b ga bo`lib,qoldiqni qaytaradi. Ceil(x) funksiya esa sonni yaxlitlaydi (ceil(1.01)=2). –rasmdagi2-misol murakkab munosabat operatorlariga doir misol ko`rsatilgan.Mathcad takrorlanish For operatoriga doir misollarni ko`rib chiqamiz. –rasmda keltirilgan 1 – misol diagonal elementlari 1 bo`lgan nxn o`lchovlimatritsani aniqlaydi. Xuddi Identity(n) kabi. 2-misolda uch o`lchovli massivyaratilgan. 3-misolda vektor hosil qilinmoqda. Vektorni hosil qilishda n,a,bparameterlardan foydalanilmoqda. Bu yerda n – vektor elementlarining eng yuqorichegarasi bo`lib, n gacha bo`lgan sonlar a yoki b qoldiqsiz bo`linsa vektor elementibo`la oladi. 4- misolda M,k operatorlar parametr sifatida olingan. Bunda Mmatritsadan k qiymatga teng bo`lgan birinchi elementning joylashgan o`rnianiqlanadi.

Takrorlanishga doir misollar

Takrorlanishga doir misollar natijasi.

For takrorlanishga doir misollar.
1-misol n gacha bo`lgan sonlar yig`indisini hisoblaydi. Masalan, sum(5)=15. 2 – misol vektor hosil qiladi. Vec(b,t,h) da b – vektorning birinchi elementi, t -vektorning oxirgi elementi, h – vektor elementlari orasidagi farq. Prod(v) – bu vektor elementlarini ko`paytiradi. 3-misol matritsa hosil qiladi. 4 – misol fibonachi ketma – ketligini hisoblaydi.

For takrorlanishga doir misollar natijasi.
Mathcadda while operatoriga doir dasturlash bilan tanishib chiqamiz. –rasmdagi 1 – misol hosil qilingan vektorning  aniqlikdagi element indeksini vaelementni qiymatini qaytaradi. 2- misol vektorning x teng bo`lgan elementindeksini va elementni qiymatini qaytaradi.

While ga doir misollar.
Dasturlash texnologiyasida barcha funksiyalar dasturchilar tomonidanyoziladi. Mathcadda ham bu imkoniyat mavjud. – rasmdagi 1 – misolda while takrorlanish operatori yordamida berilgan a sonidan  aniqlikda kvadrat ildiz olishdasturi keltirilgan. 2-misolda ham a sonidan  aniqlikda kvadrat ildiz olish dasturikeltirilgan bo`lib, unda if – shart operatori va break o`tish operatorlaridan foydalanilgan. 3- misolda faktarial while va break operatorlari yordamida amalgaoshirilgan.

While, break operatorlariga doir misollar.
Mathcad dasturida ham Rekursiv dasturlarni tuzish mumkin. –rasmdarekursiv dasturlashdan foydalanib, faktorial va fibonachi ketma-ketliklari hisoblash dasturlari keltirilgan.

Rekursiv dasturlashga oid misollar.
Mathcadda continue va return operatorlariga doir misollar keltiramiz Rasmdagi 1- misol continue operatoriga bagishlangan bo`lib, berilgan ngacha sonlardan faqat toqlarining yig`indisini hisoblaydi. Misolda agar k 2 gaqoldiqsiz bo`linsa, pastdagi ss+k amali bajarilmaydi va continue operatori ishjarayonini for operatoriga uzatadi. 2-misol return operatori yordamida bajarilganbo`lib, unda parametr sifatida kiritilgan a sonining necha xonaligini aniqlab beradi.Bu misol ikki variantda tuzilgan

Continue va return operatorlariga doir misollar
Matematika va sonlar nazariyasida aniqlab bo`lmaydigan hisoblashlargaduch kelamiz. Masalan, 1/0 holat. Mathcadda dasturlash jarayonida bundayxatoliklarni boshqarish imkoniyati bor. –rasmda 2 ta misol keltirib o`tilgan. 1-misolda e`lon qilingan f(x) ni x=0 da hisoblab bo`lmaydi. Mathcadda uniboshqarib bo`ladi. F(x) ni e`lon qilishda on error funksiyasidan foydalanilganbo`lib, ya`ni 1/x xato bo`lganda 0 ni qiymat qilib qaytarish olingan. 2-misol 1-misoldan farqli bo`lib F(x) ning xato qiymatida Mathcad xato ko`rsatadi va xatofunksiya tanlanganda xatoda ko`rsatilgan so`zni chiqaradi.

Hisoblashdagi xatolikni aniqlash
Mathcad dasturida dasturlash uchun barcha qulayliklar mavjud. Tuzilgandasturlarning algoritmi bilan bir xil bo`lishi ham mumkin. Mathcadda dasturlash uchun atigi 10 ta dasturlash operatorlarini bilish talab etiladi.

Yüklə 9,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin