Izlov-qidiruv ishlarini loyihalashda geologo-iqtisodiy samaradorlikni iqtisodiy asoslash va baholash


Quduq qurilishining loyihaviy davomiyligini asoslash



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə5/7
tarix08.11.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#131296
1   2   3   4   5   6   7
Geologik qidiruv laximlari loyihasining geometrik elementlarini joy (tabiy sharoit) ga ko‘chirish.

Quduq qurilishining loyihaviy davomiyligini asoslash

Quduqlarni burg’ilash va mustahkamlashning davomiyligi me’yoriy xarita tuzish asosida aniqlanadi. Bu hisoblashlar uchun burg’ining me’yoriy ish ko’rsatkichlari alohida stratigrafik gorizontlar bo’yicha, neft va gaz hamda boshqa foydali qazilmalarga quqduqlar burg’ilashga yagona vaqt me’yorlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Loyihalangan mexanik burg’ilash ma’lumotlari va alohida oraliqlarni burg’ilab o’tish bo’yicha amaldagi me’yorlar asosida quyidagilarning me’yoriy davomiyligi hisoblanadi:



Mexanik burg’ilash vaqti alohida oraliqlar bo’yicha bir metrni burg’ilashga loyihalangan vaqtni oraliqning qalinligiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Ko’tarib-tushirish operatsiyalar vaqti har bir burg’ilash oralig’i uchun instrumentni reyslar soni, svechalarni ko’tarish va tushirishlar soni, instrumentni ko’tarish va tushirishning vaqt me’yorlari yo’riqnomadan olingan hisoblari asosida belgilanadi.
Tayyorgarlik-yordamchi ishlarning vaqti yagona va mahalliy vaqt me’yorlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Ta’mirlash ishlarining hajmi har bir oraliq uchun burg’ilashning unumdor (foydali) vaqtiga ma’lum bir foiz bo’yicha belgilanadi.
Ayrim hollarda quduqlarning chuqurligi katta bo’lgan konlarni burg’ilash yoki qidirishda ko’tarib-tushirish va tayyorgarlik-yordamchi ishlari vaqtini aniqlash uchun u yoki bu gorizontning yotish chuqurligiga bog’liq holda instrumentning bir reysiga mo’ljallangan yiriklashtirilgan (kompleks) me’yorlardan foydalanish mumkin.
Me’yoriy xaritani hisoblash natijasida quduqni burg’ilab o’tishning me’yoriy davomiyligi soatlarda (kunlarda) - Tbkn aniqlanadi. Normativ davomiylikdan kelib chiqib burg’ilash va mustahkamlashning rejaviy vaqti belgilanadi:
Tbkr =Tbkn K
bu yerda, К - avariyalar, murakkabliklar va burg’ilash hamda mustahkamlash jarayonida tashkiliy-texnik to’xtalishlarni hisobga oluvchi loyihaviy koeffitsiyent.
K=K f Кsam
bu yerda, Кf- burg’ilash va mustahkamlashning haqiqiy kalendar vaqtini avariyalar va to’xtalishlarni hisobga olmagan vaqtiga nisbatini aniqlovchi koeffitsiyent;
Кsam- tashkiliy-texnik tadbirlarni tadbiq qilish hisobiga kalendar vaqtdan loyihalangan samarali foydalanishni hisobga oluvchi koeffitsiyent:
Кsam =Ka Kп
bu yerda, Ка, Кn - muvofiq ravishda avariyalar va to’xtalishlar vaqtini
qisqartirish kattaligini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ular quyidagicha aniqlanadi (masalan, avariya vaqti bo’yicha):
bu yerda, ΔТА- avariyalarni bartaraf qilishda vaqtni rejali qisqartirish.
Burg’ilash va mustahkamlashning haqiqiy kalendar vaqti oxirgi 3 yildagi kalendar vaqti balansi asosida belgilanadi. Bunda aniqlash uchun oxirgi yildagi yoki 3 yildagi o’rtacha ko’rsatkich ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.
Quduqlarni burg’ilash davomiyligini aniqlash asosida muvofiq ravishda burg’ilashning me’yoriy va rejaviy tezligi hisoblanadi.


bu yerda, H- namunaviy quduqning loyihadagi chuqurligi, m.
Minora qurish va quduqlarni sinash davomiyligi bu ishlarni amalga oshirish uchun belgilangan vaqt me’yorlari (minora qurish ishlariga yagona vaqt me’yorlari va qidiruv va ishlatish quduqlarini sinashga yagona vaqt me’yorlari) dan foydalanib tuzilgan naryadlar asosida qabul qilinadi.
Quduqlarni burg’ilash va mustahkamlashning rejali davomiyligi geologiktexnik naryadda aks etadi va smeta tuzish jarayonida foydalaniladi.

Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin