Izlov-qidiruv ishlarini loyihalashda geologo-iqtisodiy samaradorlikni iqtisodiy asoslash va baholash


Quduqlarni qurishning smeta narxini hisoblash



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə6/7
tarix08.11.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#131296
1   2   3   4   5   6   7
Geologik qidiruv laximlari loyihasining geometrik elementlarini joy (tabiy sharoit) ga ko‘chirish.

Quduqlarni qurishning smeta narxini hisoblash

Quduqlarni qurish narxini asoslash uchun ishlarning turi bo’yicha smetamablag’ hisoblar tuziladi va quduqlarning qurishning yig’ma (jamlama) smeta narxi hisobi tuziladi.


Smeta tuzish natijasida quduqlarning smetadagi tannarxi va smeta narxi aniqlanadi.
Quduqlarni qurishning smeta tannarxi smeta me’yorlari va narxlari bo’yicha texnik loyihalar asosida hisoblangan xarajatlar so’mmasidan iborat bo’ladi. Smeta narxlari sifatida chakana, shartnomaviy va bozor narxlaridan foydalaniladi. Smeta narxi, smeta tannarxi va burg’ilash tashkilotining foydasi hisoblangan, ya’ni korxonaning quduq qurilishini yakunlab topshirilishi natijasida olinadigan rejali foydani o’z ichiga oladi.
Smeta tuzilishi natijasida aniqlangan quduqning umumiy narxi quyidagini tashkil etadi:
S=C+P=(R+H+D+п)+p
bu yerda, C- quduqning smeta tannarxi, so’m;
P- korxonaning foydasi, to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar va nakladnoy sarflar so’mmasidan foizda aniqlanadi, so’m;
R- to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar, so’m;
H- nakladnoy xarajatlar (H = R z), so’m; z- nakladnoy xarajatlarning rayondagi normasi, %;
D- qo’shimcha xarajatlar (mehnatlari uchun taqdirlash, dalada sharoitlarni yaratish, ish haqiga qo’shimcha va boshqalar), so’m; n- boshqa xarajatlar (topografik-geodeziya, laboratoriya ishlari, loyiha-smeta
hujjatlarini tuzishga xarajatlar), so’m.
Quduqlarni qurishning yig’ma smeta hisoblash vaqti ishlar bo’yicha xarajatlardan iborat bo’ladi va 11 bobdan tashkil topadi.

  1. bob. Quduqlarni qurishga tayyorgarlik ishlari.

  2. bob. Minora oldidagi qurilmalarni qurish va buzish, burg’ilash jihozlarini montaj va demontaj qilish; quduqlarni sinash uchun uskunalarni montaj va demontaj qilish.

  3. bob. Quduqlarni burg’ilash va mustahkamlash.

  4. bob. Quduqlarni mahsuldorlikka sinash.

  5. bob. Kon geofizika ishlari.

  6. bob. Qishki vaqtda quduqlarni qurishga qo’shimcha xarajatlar.

  7. bob. Nakladnoy xarajatlar.

  8. bob. Korxonaning foydasi.

  9. bob. Boshqa ishlar va xarajatlar.

  10. bob. Mualliflik nazorati.

  11. bob. Loyihaviy taqdirlash ishlari.

1-bobdan 6-bobgacha xarajatlar so’mmasi to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar deb yuritiladi.
Neft va gaz konlarini geologik-iqtisodiy baholash

Neft va gaz konlarini geologik-iqtisodiy baholash geologik-qidiruv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - aniqlangan va qidirilgan uglevodorod to’plamlarining sanoat ahamiyatini, ya’ni ishlatilganda sof foyda olish mumkinligini aniqlashdan iborat. Bu baholar asosida izlash va qidirishning bir qator metodik vazifalari yechiladi - izlash va qidirish ishlarining yo’nalishlari hamda birinchi navbat obyektlarni tanlashdan toki izlash va qidirishning alternativ variantlarini taqqoslash hamda zaxiralarning parametrlarini va kattaligini konditsion ko’rsatkichlarini aniqlashgacha. Konning sanoat ahamiyatini baholash uchun undan neftning qancha qismini olish mumkinligini, yillik qazib chiqarish kattaligi va qabul qilingan ishlatish sistemasida ishlatish muddati qanday bo’lishi mumkinligi, bu konni o’zlashtirish uchun qanday xarajatlar talab qilinadi va natijada qancha daromad olish mumkinligini aniqlash lozim.



Xulosa:
Geologik-iqtisodiy baholash quyidagi uchta elementni o’z ichiga oladi:

  • geologik baholash - uyumning yotish sharoitlari, o’lchamlari va zaxiralarini hamda uglevodorod xomashyolari va ular tarkibidagi yo’ldosh komponentlarning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash;

  • texnik-texnologik baholash - qazib olish texnologiyasi, uyumning qazib olish imkoniyatlari, ishlatish muddatlarini aniqlash;

  • iqtisodiy baholash - konni o’zlashtirishga sarflanishi mumkin bo’lgan xarajatlar va qazib chiqariladigan neft va gazdan kutiladigan daromad va sof foydani aniqlash.

Geologik baholashda konning sanoat ahamiyatidagi qiymatini asosiy ko’rsatkichlaridan biri konning zaxiralarini kattaligi hisoblanadi.
Uyumlarning zaxiralari ularni o’rganish va o’zlashtirishning turli bosqichlarida baholanadi - izlash ishlari boshlanishidan ishlatishgacha.


Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin