Jahon xo’jaligida intergratsion jarayonlarning rivojlanishi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar. О‘zbekiston mustaqillikni qо‘lga kiritishiga qadar mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyat sobiq Sovet Ittifoqining tegishli vazirliklari ixtiyorida bо‘lgan. О‘sha davrlarda respublika vazirliklari ichki xо‘jalik aloqalarini amalga oshirish bilan chegaralanib qolgan edi. О‘tgan asrning 80-yillari 2-yarmida О‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari faoliyat kо‘rsata boshladi. О‘zbekiston bir qancha xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘yishga kirishdi. Bu masala respublika rivojining ustuvor, davlat siyosatining muhim yо‘nalishlaridan biri bо‘lib qoldi.
Bu yо‘nalishda dastlab, “О‘zbekxorijsavdo” (“О‘zbekinotorg”) birlashmasi faoliyat kо‘rsatdi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar nafaqat davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, balki xalqaro tinchlikning mustahkamlanishiga ham har taraflama yordam beradi.
Shu sababli G'arbning rivojlangan mamlakatlari xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida yetakchi mavqelarga ega. Aksincha, ko'plab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy qoloqligi sababli bu borada pastki pogonalarda turadi.
BMT xalqaro iqtisodiy tartiblar dasturini qabul oqilgan edi. Dastur asosida xalqaro iqtisodiy aloqalarni adolatli va teng huquqlilik asosida tashkil qilish, o'zaro hurmat va manfaatlar daxlsizligiga qat`iy amal qilish tamoyillari ishlab chiqilgan.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarning tayanch yo`nalishlaridan biri xalqaro savdodir. Qadimdan ijtimoiy hayotda muhim rol o'ynab kelayotgan xalqaro savdo FTI davrida yangi yuksalish bosqichiga kirdi. Xalqaro savdoning muhim xususiyatlaridan biri unda tovarlar tarkibi, salmog'i va yo'nalishlarining doimo o'zgarib borishidir.
Quyidagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, jahon bozorida, hatto ozig-ovqat mahsulotlarini hisoblamaganda ham, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tayyor zaruriy mahsulotlar hissasi tez o‘sib borgan.
Xalqaro savdoning muhim talablaridan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga e’tibormng kattaligidir. Jahon andozalariga mos holda ishlab chiqarilgan tovarlargina ayovsiz raqobatlarga bardosh bera olishi mumkin. Boshqacha aytganda, jahonga mashhur «Soniy», «Xitachi», «Samsung», «Panasonik», «Adidas», «Mersedes-Benz», «Boing» kabi firma va kompaniyalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifati va turlari shu kun talabiga mosligi tufayli doimo о`sishga etishmoqdalar.
Jahon savdosi ham geografik xilma-xillikka ega. Bunda ikki yo'nalish ajralib turadi. Jahon bozorida qatnashadigan mintaqalar, davlatlar, ya’ni G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqalar xalqaro savdoga, asosan, yuqori texnologiya asosida ishlab chiqarilgan turli ishlab chiqarish vositalari va aholi iste’mol buyumlari yetkazib bersa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari turli yoqilg'i, ma’dan kabi mineral boyliklari, xilma-xil qishloq xo'jalik mahsulotlaridan iborat xomashyo mahsulotlari chiqaradi. Ayniqsa, Fors qo'ltig'i mamlakatlari neft, Markaziy va Janubiy Afrika hamda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rangdor metall rudalari, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari tropik dehqonchilik mahsulotlari bilan jahon savdosida keng ishlirok etadilar.
Jahonning tashqi savdosida Xitoy, germaniya, AQSH kabi mamlakatlar yetakchilik qiladi. Jumladan, Xitoy 50 mingdan ortiq nomenklaturadagi tovarlarni eksport qiladi. U dunyoda avtomobillarni eksport qilish bo`yicha 1-o`rinni egallaydi (2012-y. 17 mln. mashina eksport qildi). AQSH avtomobillar (14 mln. dona), aerokosmik telekommunikatsion mahsulot, Germaniya kimyo mahsuloti, avtomobillar eksportida yetakchilik qiladi. Xuddi shunday fikrni boshqa rivojlangan davlatlar to`g`risida ham bildirish mumkin.
O`zbekiston ham jahon savdo aloqalarida o`ziga munosib o`rinni egallashga harakat qilmoqda. Eng muhimi, mamlakatda keyingi yillarda xomashyo eksportidan tayyor mahsulot eksportiga harakat qilinmoqda va buy o`nalishda katta ijobiy o`zgarishlar yaqqol ko`zga tashlanadi. Shu yil ichida paxta tolasini eksport qilish hissasi 12,1 foizdan 9,0 foizgacha qisqardi, mashina va uskunalarning eksporti esa 5,5 foizdan 6,6 foizgacha o`sdi. Umuman olganda davlat mustaqilligining keyingi 10 yili O`zbekistonning savdo aloqalarida ijobiy o`zgarishlarga boy bo`ldi.
Va, nihoyat, xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng ommaviy yirik sohasi - xalqaro turizm. Bu soha rivojlanishi xalqaro doirada, ayniqsa, so'nggi o‘n yilliklar davrida o'zining eng yuqori ko'rsatkichlaijga erishdi. Xalqaro turizmda ishtirok etganlar soni 1950-yilda 25 mln. kishi bo'lgan bo`lsa, hozirgi vaqtga kelib bu ko'rsatkich 900 mln. kishidan oshib ketdi. Turizm mo'may daromad keltiradigan sohadir. Undan tushadigan yillik daromad miqdori jahon bo'yicha o'rtacha 850 mlrd. dollardan ortiqdir. Yildan-yilga jahonda turistlar soni va undan tushadigan daromad hajmi tez sur’atlar bilan o'sib bormoqda.
О‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo sohasidagi yangi strategiyasi quyidagi yо‘nalishlarni о‘z ichiga oladi: tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash; jahon tovarlar (kapitallar, xizmatlar) bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlar istiqbollarini hamda samaradorligini hisobga olgan holda uluarning ahvolini chuqur tahlil etish va rivojlanishini prognoz qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlarni о‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bо‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish va boshqalar.Mustaqil Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi siyosati jahondagi juda kо‘p mamlakatlar bilan kо‘p tomonlama aloqalarni kengaytirishda о‘z ifodasini topmoqda. Hozirda О‘zbekiston 140 dan ortiq davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni о‘rnatgan. Shulardan 42 tasi bilan о‘zaro savdoda qulaylik berish rejimi tadbiq etilgan, 47 ta davlat bilan esa investitsiyalarni о‘zaro himoya qilish bо‘yicha bitimlar imzolangan (2006). О‘zbekistonning Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikaning 70 dan ortiq davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ularning orasida О‘zbekistonning Rossiya (tashqi savdo aylanmasida ulushi 21,7%), Koreya Respublikasi (5,9%), Turkiya (5,5%), Qozog‘iston (5,4 %), Xitoy (5,1%), Eron (4,9%), Germaniya (3,4%), AQSH (2,8%) va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari muhim о‘rinda turadi (2006).Yangi ishlab chiqarishning yо‘lga qо‘yilganligi va tovarlar eksportining oshishi natijasida 2005 yilda О‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 18,7 barobar oshib, 9,5 mlrd.AQSH dollarini tashkil qildi. Sо‘nggi yillarda eksport qilinayotgan tovarlar nomenklaturasi ham о‘zgarib bormoqda. Avvalambor, eksportga xom ashyo emas, balki raqobatbardosh tayyor mahsulotlar chiqarilmoqda. Eksportning asosini quyidagi tovarlar tashkil qilmoqda: paxta tolasi, mashina va uskunalar, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, qora va rangli metallar va ulardan ishlangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, tо‘qimachilik mahsulotlari, avtomobillar, samolyotlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, о‘g‘itlar, xizmatlar va boshqalar.О‘zbekistonga, asosan quyidagi tovarlar import yо‘li bilan olib kelinadi: mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora va rangli metallar va ulardan ishlangan buyumlar, farmatsevtika mahsulotlari, transport vositalari va boshqalar. Agar mustaqillikning dastlabki yillarida jami eksport hajmining 50% dan ziyodi paxta tolasining ulushiga tо‘g‘ri kelgan bо‘lsa, hozirgi paytda u 20% dan ham kamroqni tashkil etmoqda. Ayni paytda paxta ip va ip gazlamalar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, avtomobillar eksporti tezkor о‘sdi, xizmatlar va boshqa mahsulotlarning eksporti ham ortib bormoqda.
Shu yillarda mamlakatning tо‘lov balansi va uning muhim tarkibiy qismi bо‘lgan savdo balansi yanada mustahkamlandi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yо‘nalishlarini kengaytirish va umumiy hajmini oshirish bilan bir qatorda uning tuzilmasida, uni tashkil etish tizimining о‘zida ham chuqur sifat о‘zgarishlari ruy berdi. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotida faqatgina soni kо‘paymasdan, balki ularning jahon bozorida raqobatbardosh bо‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish va eksport qilishi hajmi ham kо‘paydi.
Tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari va erkinligini ta’minlash, ularni davlat ruyxatidan о‘tkazishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibining bir shaklga keltirilishi kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga imkon berdi. Natijada tashqi iqtisodiy faoliyatda kichik biznes subyektlari tobora faol ishtirok etmoqda. 2005 yilda respublikada kichik biznes subyektlari tomonidan 325,8 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi (respublika umumiy eksportining 6%), 1379,9 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulot import qilindi (respublika umumiy importining 35,7%), kichik va xususiy biznesning tashqi savdo aylanmasi respublika tashqi savdo aylanmasining 18,0% ni tashkil qildi (1705,7 mln. AQsh dollari).
2004 yil 7 iyulda tadbirkorlikni, birinchi navbatda, kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun kо‘maklashish va qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yо‘lga qо‘yish maqsadida Respublika Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi negizida О‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tashkil etildi. 2004 yil 3 dekabrda “О‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tо‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Respublika Prezidentining 2005 yil 7 iyuldagi farmoni bilan mamlakatdagi va chet ellardagi tadbirkorlar о‘rtasida kichik va xususiy biznes korxonalari darajasida barqaror iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksport potensialini yuksaltirish, respublikaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya va Germaniyada О‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining vakolatxonalari, shu jumladan sanoat investitsiya uylari shaklidagi vakolatxonalari tashkil etildi.
Hukumat tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida tovarlarning eksporti bо‘yicha cheklovlar bekor qilindi, notarif cheklovlar qisqartirilmoqda, tovarlarni import qilish tartib-qoidalari osonlashtirilmoqda.