Huquqiynormalar sanktsiyasi Moddiy javobgarlik — bu korxonlar va tashkilotlarning, shuningdek, ayrim mansabdor shaxslarning zimmasiga xo’jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatilgan mas’uliyatdir. Moddiy javobgarlik: jarimalarda;
penyalarda;
jarimalar va hokazolarda ifodalanadi.
Intizomiy javobgarlik — bu xizmat burchlarini buzish, suiistьemol qilish natijasida kelib chiqadi. Bunda jazo quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: tanbeh;
hayfsan;
muayyan muhlatga maoshi pastroq ishga o’tkazish va hokazolar,
Ma’muriy javobgarlik — bu yuridik javobgarlik turi bo’lib, vakil qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qnlgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo’llashida ifodalanadi. Bunday jazolar turli-tuman sanktsiyalarda — nachetlar (qaytarib olinishi zarur bo’lgan harajat), jarimalar va hoqazolar ko’rinishda bo’ladi. Jinoiy javobgarlik — bu mansab bilan bog’liqjinoyat sodir etilganda sud tomonidan qo’llaniladigan jazodir. SHunday qilib: Sport tashkilotlari faoliyatini yurgazish va u bilan bog’liq bo’lgan qonuniy tomonlar bu tashkilotlar nizomlarida to’la bayon etilgan. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi «O’zbekiston» sport jamiyati, shuningdek, «Dinamo», «Yoshlik», «Talaba» sport jamiyatlarining Nizom va ustavlari buning dalilidir. Bu nizomlar sport tashkilotlarining huquqiy me’yoriy aktlarini tashkil etadi. SHuni ham uqtirish zarurki, jismoniy tarbiya jamoalari va sport klublari haqida ham maxsus nizomlar mavjud. Bu nizomlar o’z jamoalari va boshqaruv joylarida ishlab chiqiladi hamda yuqori davlat idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Ustavlar esa sport jamiyatlarining respublika anjumanlarida tasdiqlanadi. Barcha nizomlarda jismoniy tarbiya va sport tashkilot va jamiyatlarining vazifalari, huquqlari va ish mazmunlari batafsil bayon etiladi. Sport tashkilotlari va barcha davlat hamda jamoat tashkilotlariga tegishli bo’lgan ba’zi bir huquqiy, me’yoriy akglar mavjud. SHu hujjatlar o’quv mashg’ulotlari, ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlari va ularga shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlari haqida asos bo’ladi. Bular O’zbekiston Konstitutsiyasi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Ta’Lim to’g’risida»gi qonunlar, «Sog’lom avlod uchun» ordenini ta’sis qilish to’g’risidagi farmon va boshqa qarorlardir.. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Bu qonun 28 moddadan iborat bo’lib, unda, asosan «Fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari» /2-modtsa/, /3-modda/, «O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik qilish» /6-modda/, «Jismoniy tarbiya va sportni, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish» /9-modda/, «Jismoniy tarbiya va sportga mablag’ ajratish» /12-modda/, «Sportchilarning ijtimoiy himoyalangaNligi» /25-molda/, «Professional sport» /26-modda/ va boshqa muhim faoliyatlar aks ettirilgan. Bunday qonunlashtirish ishlari respublika aholisini jismoniy tarbiyalash, sog’liqni muhofaza qilishdagi yangi huquqiy hujjatdir. Talabalar qonunning mazmunini to’la o’zlashtirib olishlari va amaliyotda qo’llashlari zarur.