Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Maxsus me’yoriy hujjatlar



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə34/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

3.Maxsus me’yoriy hujjatlar.
Normativ aktlarning oliy yuridik kuchi qonundir. Bunga boshqa barcha aktlar bo’ysungan bo’ladi. Qonunlar O’zbe­kiston Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
Huquqni boshqarishda quyidagi usullar qo’llaniladi:

  1. Yozma farmoyish berish.

  2. O’zaro kelishuv /shartnoma tuzish/.

  3. Taklif etish /hal qilingan masalani kelishuv yo’li bilan bajarish/.

Sport tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilish tartibi umumiy mehnat qonunlari asosida olib boriladi. SHu sababdan bu sohada rahbar xodimlar ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, rag’batlantirish, ogohlantirish va boshqa imkoniyatlarni bilishlari zarur.
Jismoniy tarbiya va sportda xodimlarni boshqarish tizimi band bo’lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish, ularga zarur shartsharoitlar yaratib berish bo’yicha tadbirlardan iborat.
Bu tizim quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. ish sharoiti;

  2. mehnat munosabatlari; kadrlarni hisobga olish va rasmiylashtirish;

  3. xodimlar marketinga;

  4. kadrlarni rivojlantirish;

  5. mehnatni rag’batlantirish vositalarini takomillash­tirish;

  6. huquqiy xizmat;

  7. sotsial tuzilmani rivojlantirish;

  8. boshqarishni tashkiliy tarkibini ishlab chiqish tizimi.

Jumladan huquqiy xizmatning boshqarish ob’ektlari quyidagilardan iborat:

  1. mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni yechish;

  2. xodimlarni boshqarishga taaluqli, farmoyishli huj­jatlar keltirish;

-xo’jalik faoliyatida huquqiy masalalarni yechish.
O’zbekiston mustaqilliga sharoitida ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish «O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi» asosida olib boriladi va ikki tomonlama shartnomalar /kontrakt/ bir yil va bir necha yillarga mo’ljallanib tuziladi.
So’nggi yillardagi mehnat faoliyatlari, umuman, sharoitlar-shuni taqozo qilmoqtsaki, ishga yaroqli kishilar o’zlarining asosiy ish joylari yoki boshqa mehnat jamoalarida o’rindosh (sovmestitelь) hamda soatbay /yarim stav­ka/ shaklida ishlash huquqlariga ham ega bo’ldilar.Buyuk rivojlanish davrida, Amerika jamiyatida Sport yanada ahamiyatli va keng tarqadi. Sport faoliyatlarida quyidagi o’ziga xos xarakteristikalari bor deb tariflandi: (a) u raqobatdosh, (b) bunda baholash tizimi mavjud (c) ma'lum qoidalarga asoslangan (d) sport professional yoki havaskorlar tomonidan o'ynaladi, (e) uni ochiq va yopiq joylarda o'ynasa bo'ladi, (f) bunda ham fitnes ham dam olish komponentlari mavjud, (g) u ishtrokchilarga zavq va kulgu keltiradi va (h) bu tomoshabinlarga o'yin xush kayfiyatini beradi. Bu kitobda sport judayam keng qamrovlik ma'noda qaralgan bo'lib, barcha dam olish va fitness sanoat tarmog'idagi havaskor va profesional sportning o'sib borayotgan sohalarini o'z ichiga oladi. Sport multi milliard dollarlik chakana savdo bo'lib o'z ichiga fitness, dam olish va sport o'yinlari oladi.
Bu rivojlanayotgan sanoat o'z xodimlaridan noyob va maxsus bilimlarni talab qiladi. Sport sohasidagi ishga bo'lgan talab murakkablashib borayotgan ser qirrali sport sohalarini tartibga solish uchun ko'plab amaliy ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Bu matn kitobxonga qayerda yordamchi lozim emas va qayerda professional ko'magiga muhtojlik sezilishi to'g'risida yetarlicha ma'lumot beradi.
1970-yil boshlaridan beri, yangi mutaxasisslar avlodi tashkil etildi va sport menejeri deya nomlandi. Sport menejmenti hozirda dunyo bo'ylap kollej va Universitetlarda qonuniy tarzda fan yo'nalishi sifatida o'rganilmoqda. Keng qamrovli qaraganda sport, sport dasturlari va sport menejmenti o'z ichiga jismoniy mashg'ulotlarga asoslangan barcha dasturlar, fitnes dasturlari, dam olish dasturlari yoki turli hil klub menejmenti hamda fitnes va dam olish menejmentini oladi. Shuning uchunham bu matnda barcha yuqoridagi terminlarni o'z ichiga olgan so'z " Sport menejmenti" bo'ladi.
Sport , fitnes va dam olish uyushmalarini o'rnatish besh asosiy turga bo'linadi. Har bir tur 2 yoki undan ko'p bir biriga o'xshash vazifali yoki o'xshash hizmat ko'rsatadigan, ammo turli hil holatlarda turli hil mijozlar bilan ishlovchi toifalarni o'z ichiga oladi.
1. Barcha qulaylik va dasturlar, tashkillashtirilgan ishtrokchi a’zolari uchun, dam olish va sog'lomlashtirish sport uyushmalari tomonidan ta'minlashni o'z ichiga oladi. Ishtrokchi a’zolarga kollej va universitet ichki sport klublari, turli hil korhona yoki kompaniya sport dasturlari, shahsiy sport klublar va jamoat sport klublari munosib deb topiladi.
2. Sport va atletika uyushmalari o'z ichiga tomoshabinlar, sport musobaqalari boshqaruvchi va atletlarni qamrab oladi. Bularni ichiga, kolej yoki universitet atletlari, yuqori malakali atletlar, sport tashkilotlari hamda havaskor sportchilar shu bilan birgalikda sport boshqaruvi hizmati kiradi.
3. Sport mollari (jihoz va anjomlari) sanoat uyushmalari, sport mollarini takomillantiruvchi, tarqatuvchi yoki reklama qiluvchi bizneslar kiradi. bularga sport marketing yoki sport dayzinlar misol bo'la oladi.
4. Uyushmalar mehmonhona, kurort, sayohat yoki dengiz sayohati kabi dam olish va sog'lomlashtirish dasturlari bilan ta'minlovchi tashkilotlarni qamrab oladi.
5. Agentlik yoki klub uyushmalari sport, fitnes, hamda dam olish dasaturlari, hayriya tashkilotlari,sport klublari, dam olish hamda majmualar yurutishni rivojlantirish kabi faoliyatlarni o'z ichiga oladi. Ishtrokchilarning barcha ehtiyojlari shu uyushmalar tominidan qondiriladi.
Ular quyidagilar: (e.g., YMCA, YWCA, yigitlar klubi, qizlar klubi, yigitlar Skouti, Girl skouti (Scouts), sog’liq va fitness klubi, va raket klublari),
Oliy o'quv yurtlari sport kafedralari va ko'plab sport ishtrokchilarning asosiy tashvishi, rivojlanib borayotgan fan sohasidagi qo'llanmalarning yetishmovchiligidir. Bazi qo'lyozmalar umumiy, bazilari esa maxsus g'oyalarga asoslangan10
Bir joydan ikkinchi joyga ishga o’tish shartnomalarda ko’rsatilgan tartib yoki huquqiy kuchga ega bo’lgan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston mustaqilliga sharoitida xodimlarga ish haqi to’lash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Normativ darajalar» asosida belgilangan. Xodimlarning ma’lumoti, ish staji, ilmiy va boshqa unvonlari, darajalari, lavozimlarini hisobga olgan holda belgilangan darajada ish xaqi hajmi tayinlanadi.
Sport tashkilotlari xodimlarining mehnat intizomiga rioya qilishi, ilg’or mehnatkashlarni taqdirlash yoki mehnat intizomini buzganlarga tegi shli choralar ko’rish kabi faoliyatlar tashkilot rahbari, kasaba uyushmalari tomonidan nazorat qilib boriladi. SHu sababli talabalar bu - ish tartiblari va qonun-qoidalarni o’zlashtirib olishlari zarur.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin