2.Boshqaruvchilik faoliyatlarida huquqiy bilimlarning mohiyati. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda huquqiy va me’yoriy aktlarni nkki guruhga ajratib o’rganish va hayotda qo’llash amalga oshirilmoqda. Ular:
Davlat tomonidan belgilangan huquqiy hujjatlar /O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi farmonlar, qarorlar va hokazolar/.
Sport tashkilotlari va ularning quyi tarmoqlarida qo’llanuvchi huquqiy-me’yoriy aktlar /nizomlar, qarorlar, rejalar, musobaqalarning qoidalari, sport unvonlari, darajalar, sport klassifikatsiyasi va hokazolar/.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi boshqa sohalardagi kabi jismoniy tarbiya harakatiga ham ko’pgina qonuniy hu'quqlar, imtiyozlar berdi. Umuman jismoniy tarbiya, sport va sayohat jarayonlarida xizmat qiluvchi xodimlar, jamoatchi faollar davlatni idora qilish haqidagi huquqiy bilimlarga ega bo’lishlari shartdir. CHunki jismoniy tarbiya harakati respublikadagi yuzdan ortiq ishlab chiqarish tarmoqlari, muassasalari, tashkilotlari, o’quv yurtlari, yangidan tashkil qilingan kontsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa nufuzli tarmoqdar faoliyati bilan chambarchas bog’langan. Bu esa jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, ayniqsa, moliyaviy, xo’jalik faoliyatlarini qonun asosida boshqarishda zarurdir.
Huquqiy bilimlarga ega bo’lgan yoki boshqarishning qonun-qoidalarini yaxshi o’zlashtirgan jismoniy tarbiya xodimlari ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari bilan munozara" qilish, jiddiy masalalarni hal etish va barcha faoliyatlarni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Boshqarishning huquqiy vositalari deganda ijtimoiy munosabatlarga yuridik, qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy normalar majmui tushuniladi.
Huquqiy normalar davlat (turli tashkilotlar orqali) yoki jamoat tashkilotlari tomonidan chiqariladi va tasdiqlanadi.
Huquqiy normalar turli qonuniy hujjatlar, nizomlar, buyruqlar, farmoyishlar va hakazolar shakliga ega bo’ladi. Boshqarish amaliyotida teng huquqli boshqaruv sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar bo’ladi. Bunday hollarda huquqiy muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) yoki kelishtiruvchi hujjatlar chiqariladi.
Teng huquqli tomonlarning xo’jalik sohasidagi o’zaro aloqalari xo’jalik shartnomalarini tuzish yo’li bilan tartibga solib turiladi. Huquqiy normalar muayan sanktsiyalarni nazarda tutadi. Qo’llaniladigan ta’sir choralarining xarakteriga qarab, ular moddiy, intizomiy, jinoiy-huquqiy sanktsiyalarga bo’linadi.