Yo‘llanma beruvchi mashqlardan to‘la xarakat aktini o‘zlashtirishni osonlashtirish uchun oldindan, bir qator xususiy bilimlarni berish vazifalarni xal etishda foydalaniladi. Shuning uchun bir butun xarakat faoliyatining nerv- muskul zo‘riqishi elementlarining tuzilishi va xarakteriga moslab, ularga o‘xshash yo‘llanma beruvchi mashqlarni topish muxim axamiyatga ega. Yo‘llanma beruvchi mashqlar markaziy nerv tizimidagi effektli izning to‘planishiga imkon beradi, oqibatda ular eng sodda vaqtli aloqalar maolum o‘xshashlik va koordinatsion umumiyliklar orqali asosiy mashqni o‘zlash-tirishni yengillashtiradi.
Yo‘llanmaberuvchimashqlartizimio‘qitish uchun mo‘ljal-langan faoliyat taxlili natijasida uni tarkibiy qismlarga bo‘lish va ularga nisbatan javob beradigan darajadagi elementlar, ularni ajratib, o‘qitishda qo‘llashni taqazo etadi. Yo‘llanma beruvchi mashqlar bir butun shaklda va o‘quvchilar kuchiga yarasha bo‘lishi kerak. Xarakat faoliyatini bo‘laklarga bo‘lishning xarakteri, yo‘llanma beruvchi mashqlarning soni, ularning navbati - o‘qitishning individual sharoitiga qarab qo‘llash uchun o‘qituvchi tomondan tanlanadi. Xar bir yo‘llanma berish mashqini qo‘llash, uning davomiyligi (uzunligi), moxi-yati, qiyinligi va axamiyatini eotiborga olishda, o‘quvchilar tayyorgarligiga qaraladi.
Yo‘llanma beruvchi mashqlarni shartli ravishda ikki xil ko‘rinishda tasavvur qilish mumkin:
bir butun xarakatdan ajratilgan qismlar yoki butun xarakat, lekin ulardan detallarni ajratib olingani bilan, faoliyatning qismi xech qanday qo‘shimchasiz sof xolda, qismlarga bo‘lib o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyati texnika- sini ajratilgan xoldagi ko‘rinishi tarzida;
yo‘llanma beruvchi mashqning ko‘rinishi o‘zlashtiri-layotgan faoliyatning belgilangan strukturasini tuzish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shaklidagi ko‘rinishda.
Qismlarga bo‘lib o‘zlashtirish xarakat faoliyatini o‘zlash-tirish jarayonini yengillashtiradi va pedagogik afzallikka ega. O‘quvchi mo‘ljallangan maqsadga asta-sekinlik bilan, shaxsiy tajribalarni to‘plash orqali keladi va ulardan zarur bo‘lgan xarakat faoliyati shakllanadi. Butun xarakat aktidagi xar qaysi detalning rolini tushungan xolda diqqat bir joyga to‘planadi, xar bir daqiqa esda qoladi - bularning xammasi ayrim bo‘laklarni puxta o‘zlashtirishga sabab bo‘ladi, faoliyatni to‘la egallash yengil sharoitda o‘tadi, taolimning – o‘qitishning vaqti qisqaradi. Ayrim xollarda usuliyatning samaradorligi, eng avvalo, mashqning sifatiga boliq bo‘ladi, va xarakat madaniya-tining oshishi bilan ko‘zga tashlanadi. Yo‘llanma beruvchi mashqlarning ko‘pligini darslarni nisbatan turli tuman bo‘lishi, taolim jarayoni qiziqarli o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Xarakat malakalarini qismlarga ajratish orqali to‘p-langan boy xarakat zaxirasi vazifalarini muvaffaqiyatli xal qilishga yordam beradi va shuullanuvchilar xarakat tajribasini yanada oshiradi.