To‘rtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat xayotining boshqa jabxa-lariga xam taosir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya soxasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr –rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan xolda o‘sha davrda progressiv xisoblangan usuliyat- larga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli xal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali mexnat qildilar. Amaliy mate-riallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dast-labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar
«Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim soxalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muam- mosi – bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedago-gika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izoxlab, isbotlab olishni isbotladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas boliq. Xar qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlariningfiziologiyasiva jismoniytarbiyapsixologiyasiningilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sportpedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bolangan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan aloxida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari xam, lekin ularning so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy boliqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muxitini o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning aloxida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, xamma turlar uchun taosir ko‘rsata oladiganlarigina aloxida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishi xam mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Biologiya fani bilan boliqligi – jismoniy tarbiya vositalarini shuullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla- rining qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan boliqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya xaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.