8-mavzu: Maktabgacha yoshdagilarning hayotiy -zaruriy xarakatlari
Bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida bola shaxsini har tomonlama shakllantirish prinsiplari muhim ahamiyat kasb etadi. SHaxsni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish prinsi bolalarda harakat malakasini va mahoratini o‘stiruvchi, ularni jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan, ayni bir vaqtda bola shaxsini har tomonlama/ ahloqiy, estetik, aqliy mehnat/ tarbiyaning yaxlit bir holda amalga oshirilishini ta’minlaydigan tadbirlarga kompleks yondoshishni nazarda tutadi. Ushbu jismoniy tarbiya tizimidagi kompleks yondashuv odamlarning individual xususiyatlariga, yosh bosqichlarga, jismoniy tarbiya turlarining hususiyatlariga; tanlangan mashqlar kishi hayotining, asosan qaysi davriga to‘g‘ri kelishiga va boshqa holatlarga qarab konkretlashadi. /vvedenie v teoriyu fizicheskoy kulьturi. Dots.red. L.P. Matveeva – 1983.s80/.
Fizkultura va sporninghayot bilan bog‘liq bo‘lish prinsipi
Odamlarining jismoniy tarbiya va splrt faoliyatiga ommaviy ravishda jalb qilinishi ushbu faoliyatga bolalarning ham qiziqishini oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tegishli programma – dasturlar asosida tayyorlangan mashqlar va o‘yinlar orqali bolalarning jismoniy tarbiya hamda sport bilan mashg‘ul qilib, ulardagi bu qiziqishni qo‘llab-quvvatlab boradilar. Bunday ta’limdan maqsad bolalarni maktabda o‘qishga va keyinchalik fizkulьtura komplekslari talablarini muvaffaqiyatli bajarishda jismoniy jihatdan tayyorlab borishdan, bolalrda mashhur sportchilarga hurmat, ularning qobiliyatiga, jasoratiga chidam-bardoshi, mahoratiga va bir-birlariga yordam ko‘rsatish singari odatlariga izzat-ikrom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |