Jizzax davlat pedagogika instituti


Bola asab tizimi taraqqiyotining o‘ziga xos tamonlari



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə15/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
2-kurs

Bola asab tizimi taraqqiyotining o‘ziga xos tamonlari.

Bola tug‘ilish vaqti etganda bolaning miyasi tashqi jixatdan deyarli kattalarnikidan farq qilmaydi, ammo u to‘la shakillamagan bo‘ladi. YAngi tug‘ilgan bola miyasi 380-390 gr bo‘lib, katta odam miyasidan taxminan 3-4 barobar kam. Bolaning birinchi yil xayotida miya xajmi nixoyatda tez su’ratda o‘sib, bir yilda ikki barobarga, 3- yil oxirida 1100-1200 gr ga etadi. Ana shundan so‘ng miya xajmi o‘sish sur’ati sekinlashib, 21 yoshga kirganda, tugallanadi. Bola xayotining birinchi yillari miya o‘sish sur’ati yosh aqliy o‘sishda katta rol o‘ynashdan dalolat beradi. Bola tug‘ilish vaqtida miya asab xujayralarining miqdori kattalar miya asab xujayralari miqdoriga teng bo‘ladi. Keyinchalik bola miyasining xajmi katta bo‘la boshlaydi, bu jarayon xujayra miqdorining ortishiga emas, ulardan xar birining o‘sishi xisobiga yuz beradi. Bola yoshi o‘sishga qarab miya asab xujayralarining ichki tuzilishi xam o‘zgarib boradi, ya’ni xar bir miya qobig‘i xujayra tuzilishi shakillanib boradi. Xujayralar xar bir qobikka xos shakilni egallaydi. Bu jarayonlar miyaning xar turli qismida nixoyatda bir tekisda bormaydi. Masalan: ko‘rish analizatori qismida juda erta shakillanadi, chunki ular bola tug‘ilgandan qattiq ishlab boshlaydi. Xarakat analizatorlarining ayrim qismlari 12 yoshlarga borib shakillanadi. Asab tolalari dendritlar va nevriylar o‘sadi, bu tolalar xujayralar orasidagi, markaz va bosh miyaning xar xil qismlari zonasi bilan bo‘ladigan turli va ko‘pdan- ko‘p aloqalarni ta’minlaydi. Asab tolalari o‘ram xolatida bo‘ladi, shuning natijasida xar xil va turli asab impul’slari tashqaridan miyaga va aksincha yo‘nalishda uzatiladi. Asab tolalari oqmislik qobig‘i bilan o‘ralib oladi, bu esa asabiy xayajonning tola orqali uzatilishini ta’minlaydi. Mislinlashish xali bola ona qornida rivojlanayotgan davrida boshlanadi va tug‘ilgach davom etadi, bu jarayon notekis kechadi. Xammasidan avval sensor asab tolalari mislinlashi, masalan, ikki yoshda ko‘rish- eshitish asab yo‘llarida mislinlashi oxiriga etadi.xarakat analizatori tolalari kechroq mislinlashadi, ayrim vaqtlarda faqat 10 yoshlarda.




Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin