Nazorat uchun savollar.
1.Organizm bilan muhitning birligi nima?
2. Bolalar nerv tizimining alohida xususiyatlarini yoritib bering.
3.Organizmning moslashish jarayoning ahamiyati nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1,6,11,14,
6-MAVZU: BOLA ASAB TIZIMINING ALOHIDA XUSUSIYATLARI.
Darsning o’quv maqsadi: Talabalarga bola asab tizimining alohida xususiyatlari haqidagi tushunchalarni hosil qilish.
Tayanch so’z va iboralar: Bola, asa, sistema, jismoniy tarbiya, qonuniyat, emotsional, hatti-harakat, tipiologiya .
Reja.
1.Bolalar asab tizimining alohida xususiyatlari haqida.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini amalga oshirish.
3.Bolaning asab tizimi va uning qonuniyatlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘la qonli jismoniy tarbiyasini bekmikos amalga oshirishda bolaning markaziy asab tizimini, uni turli yoshdagi turlicha qonuniyatlarini o‘rganishda xam ifodalay olmaydi. Tadqiqotlarda isbot qilinishiga, xar bitta bola ulkan yashirin potensiolpsixofiziologik imkoniyatga ega bo‘lib, bu imkoniyat bolaning asabiy ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli zamin bo‘lar ekan. Binobarin, bir tamondan katta axamiyatga ega, zero bu qonuniyatlar pedagogik ta’sirini saralagan va ta’lim tarbiya jarayonini tuzilishini ifodalagan.
Bola yorug‘ dunyoga muayyan tug‘ma istedod nishonlari va maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan asab tizimi bilan keladi. Biroq bu xususiyatlar bolaning ruxan rivojlanishida faqat oraliq muloxazagina bo‘lgani uchun, bu taraqqiyotning tarifini ham, darajasini organik muloxaza ikkinchi tamondan potensiol imkoniyatlarni nazarda tutgan xolda, eng ma’qul pedagogik sharoitlarni yaratish, teran maqsadni ko‘zlab olib boriladigan, ta’lim va tarbiya sharoitlarida bola organizmi va ruxiyatiga bevosita ta’sir etadigan jismoniy tarbiya jarayonini tashkil qili sh zarurdir. Bola markaziy asab tizimidagi tug‘ma xususiyatlar va u xususiyatlarning shakillanishiga tashqi ta’sirning ahamiyati katta bo‘lgani sababli, xayot rejimini to‘g‘ri tuzish va uni hech og‘ishmay bajarish to‘la naf beruvchi uyqu, mashg‘ulotlar muddatiga aniq rioya qilish, samarali harakat faoliyati, ochiq xavoda bo‘lish vaqtiga itoat etish shart.
Emotsional ijobiy sharoit, ya’ni bola bilan kattalar o‘rtasida tenkurlardek xotirjam do‘stona munosabat aloxida axamiyatga ega.
Biz boladagi tug‘ma imkoniyatlarning muayyan ahamiyat kasb etishini va shu bilan birga u imkoniyatlarni o‘zgartirish mumkinligini bilamiz. Bas, shunday ekan biz tarbiya jarayonini bir tamondan- boladagi salbiy xislatlarni susaytirishga ikkinchi tamondan uni ijobiy layoqatini rivojlantirishga qaratishimiz zarurdir.
Jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan bolalr tipiologiyasi ularning xar biriga aloxida yondoshishni, ular uchun eng maqbul rejim yaratib berishni, bolani chiniqtirishni, uning samarali harakat faoliyatini emotsional ijobiy xolatini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Ma’lumki bolalarda asab tizimining shaxsiy xususiyatlari turlicha bo‘ladi. Bazilarining fel atvori va xatti xarakati vazmin bo‘lsa, boshqa birlari tasirchan, engil tabiyat, o‘z his-hayojonini jilovlay olmaydigan bo‘ladi. Ya’na shunday bolalar xam borki ularning atrof borliqdan tasirlanishi nixoyatda sust bulib ular o‘zlarining layoqatlariga shubxa bilan qaraydilar. Bunday bolalar bilan olib borilayotgan ishni muvofoqiyatli yakunlash uchun, bazan qo‘shimcha xarakat qilish va mashqlarni zo‘r mahorat bilan tashkil qilish talab qilinadi. Biroq butun kuch quvvtni safarbar qilib erishilgan natija xaddan tashqari baland darajada xam bo‘lishi mumkin, shuning uchun pedagogik talablar bolaga uning qiyinchiliklarni engish madad berib o‘z kuch quvvatiga ishonishi uchun imkoniyat yaratish kerak.
Har bir bolaning jismoniy tarbiyasini yakka tartibda boshqarish usulini tanlash uchun bola asab tizimining xislatlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Buning uchun bola tug‘ilgan kundan boshlab to‘plangan u xaqdagi ma’lumotlar uning sixat salomatligi, qanday kasaliklarga chalingani, qachondan yura boshlagani, tilga kirgan payti, bolaning oila sharoiti, uning qachon va qaeri lat eganligi, nimalarga qiziqishi, nimani va kimni yaxshi ko‘rishi, qiziqqan o‘yinlari va xokozolarni mufassal o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi. Jismoniy tarbiya mutaxassisi tamonidan bolaning kundalik xayotini maxsus kuzatilishi juda muhim axamiyatga ega. To‘plangan barcha materiallar tahlili ulardan zarur xulosalar chiqarishda va bolaning emotsional ijobiy xolatini puxta saqlashda qo‘l keluvchi tarbiyaviy vazifalvrni aniqlashda murabbiyi katta madad bo‘lishi.
Jismoniy tarbiya bola shaxsiyatiga ta’sir etuvchi foydali tadbir - vositalar va usullarni qo‘llashga moyildir. Bola o‘zining samarali harakat faoliyati jarayonida axloqiy-irodaviy fazilatlarni namoyon qilishga urinadi. O‘yin chog‘ida dadil harakat qiladi, o‘zining xavf ostida turganiga qaramay, do‘stini falokatdan qutqarishga otiladi, hamma bolalar bilan birgalikda ommoviy vazifani bajarishga urinadi, masalan, butun qamanda bilan bir safga turish uchun kechikmay yugurib keladi va hokozo. Bunday xatti-harakatlarni qayta-qayta takrorlanishi natijasida, bola asta-sekin ularni zarurat deb idrok qila boshlaydi.Tarbiyachining va tengkur o‘rtoqlarning rag‘batlantiruvchi baxolari bolada ma’naviy mamnuniyat tuyg‘usini, ruxiy ko‘tarinkilikni va bundan keyin ham aynan shunday g‘ayrat ko‘rsatish istagini uyyog‘otadi. Har narsadan xadiksirovchi bola, murabbiyning topshirig‘i bilan bolalar davrasida onabola qilib, xamma o‘rtoqlariga bironta mashqni tushintirib, ko‘rsatib berar ekan, undagi tortinchoqlik xislati asta sekin yo‘qola boshlaydi, xotirasi o‘tkirlashadi, mashg‘ulotlarga qiziqishi ortadi. Endi bunda odamga el bo‘lish, tashabbuskorlik fazilatlari uyg‘onadi, xushchaqchaq kayfiyat vujudga keladi. Engil tabiat, ammo o‘ziga katiy ishongan bolalar mashq va o‘yinlar paytida umumiy tartib va talablarga asta sekin itoat eta boshlaydi, ancha o‘zlarini bosib oladilarintizomga rioya qiladilar o‘rtoqlariga yon bosadilar, qiziqarli topshiriqlarni bajaradigan o‘yinda boshqaruvchi bo‘lgan, o‘zi yaxshi ko‘rgan mashqlarni ijro qilgan, mashqlarni o‘rtoqlarga tushintirib ko‘rsatib bergan chog‘larida spolik bilan navbat kutadigan bo‘lib qoladilar.
Badanni chiniqtirishga qaratilgan tadbirlar bola asab tizimini mustaxkamlaydi va uni ishlash faoliyatini yaxshilaydi; Jismoniy mashg‘ulotlar, shular qatorida, harakatli o‘yinlar, harakat faoliyatining samaarali bo‘lishi uchun sharoit yaratib beradi va ko‘tarinkilik tuyg‘usini, g‘ayratini oshiradi, qon aylanishini, yurak faoliyatini xamda miyyani qon bilan taminlashni yaxshilaydi, umuman, butun organizmini sog‘lom saqlashga katta hissa qo‘shadi.
Bolada muntazam ravishda ijodiy tashabbusni rivojlantirish bu jismoniy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bunday tashabbus xarakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlardagi xarakat faoliyati ta’sirida namoyon bo‘ladi. Ushbu xarakat formalarida bolalarga tavsiya qilinadigan ijodiy mashg‘ulotlar boladagi tasavvur va tafakkur rivojini jadallashtiradi, unda yangicha tasavvur qilish, o‘zi o‘z aqli bilan biron yangilik o‘ylab topish va bu niyatini amalda ijro etib ko‘rish istagi uyg‘onadi.
Inson salomatligi xaqida deb yozgan edi V.A. Suxonlivskiy, Inchunun, bolalar salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish nainki sanitariya- gigiena meyyorlari va qoidalari yig‘indisi, nainki rejim, ovqatlanish, mxnat qilish dam olishga bo‘lgan talablar majmui. Bu birinchi navbatda barcha jismoniy va ruxiy quvvatlarning garmonik jihati to‘kis bo‘lishi uchun qayg‘urish xamdurki, yaratuvchilik quvonchi bu garmonik to‘kislikning sarcho‘qqisi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |