Jizzax davlat pedagogika instituti


-MAVZU. ORGANIZM BILAN MUHITNING BIRLIGI HAQIDA



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə7/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
2-kurs

4-MAVZU. ORGANIZM BILAN MUHITNING BIRLIGI HAQIDA

Darsning o’quv maqsadi: Talabalarga organizm bilan muhitning birligi haqidagi tushunchalarni hosil qilish.

Tayanch so’z va iboralar: Organizm, muhit, bola, nerv tizimi, moslashish jarayon.

Reja.

1.Organizm bilan muhitning birligi haqida.

2. Bolalar nerv tizimining alohida xususiyatlari

3.Organizmning moslashish jarayoning ahamiyati


Inson dunyo kelgan chog‘idan boshlab uning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabati boshlanadi, unda mazkur muhitga moslashish, u bilan tenglashish layoqati vujudga keladi. I.P. Pavlov bu tenglashish layoqatini xayotning asosiy qonuni deb tabirlagan edi.

Shuni qayq qilish kerakki, tafakkuri, idroki, ongining rivojlanishi potensiol imkoniyatga ega bo‘lgan inson organizmining xayotga moslashishi, u dunyoga kelgan kundan boshlab, inson shaxsiyatini tadrijiy va muntazam ravishda shakillantira oluvchi kompleks tarbiya ta’sirini talab etadi, shunga ko‘ra bolani jismonan to‘g‘ri rivojlantirish va sog‘lom qilib o‘stirish xaqida g‘amxurlik qilish uni aqliy va ma’naviy jixatdan rivojlantirish bilan birgalikda olib borilish lozim.

Yakka tartibdagi moslashish juda ko‘p ko‘rinishlarga ega. Bular oddiy xayot sharoitida vujudga kelib, inson ularning maxsus tarzda, ataylab qo‘llashi mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonida inson organizmi funksional imkoniyatlarini oshirish yoki kengaytirish g‘oyat muxim axamiyatga ega.

Bola jismoniy tarbiyasi ilmiy jihatdan asoslangan muayyan tartibni, organizmni chiniqtirishni, harakat malakalari shakillantirishni nazarda tutadi. Ertalabgi gigienik gimnastika davolash tadbirlari badanni xo‘l sochiqqa artish, boshdan suv quyish va hokozalar bilan birgalikda muntazam ravishda mashq qilish, badantarbiya mashg‘ulotlari, o‘yinlar, xavo, suv harorati past bo‘lgan sharoitda sport bilan shug‘illanish bularning hammasi organizmning tashqi muhitda yuz beradigan ozgarishlarga chidamliligini oshiradi.

Bola organizmining normal holda rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoit bu harakat faolligi bo‘lib, uning ijobiy asab-ruhiy holati, normal o‘sishi va rivojlanishi, funksional imkoniyatlari va ishlash layoqatining darajasi shu harakat faoliyatiga bog‘liqdir. Shuni ham aytish kerakki, harakat faoliyati nainki bolalarning shaxsiy xususiyatlariga, balki bolalar muassasalarida va uyda joriy qilingan harakat rejimiga ( tartibi) ham bog‘liqdir.

Harakat rejimi uyushtirilgan mashg‘ulotlardan va bolalarning asosan, sayr chog‘ida amalga oshiriladigan erkin harakat qilish faoliyatida tashkil topadi. Bolalarning harakat rejimini meyyorga solish chog‘ida harakat faolligining darajasi yoki talabi muhim o‘rin egallaydi.

Badanni chiniqtirish va jismoniy mashqlar bola organizmining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Bunday imkoniyatlar paytida vujudga kelgan chiniqqanlik va badanning ma’lum darajada mashqlarga ko‘nikanligi har bitta bolaning doim o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashuvini ifodalaydi. Inson miyasi va oliy asab faoliyatining rivojlanishida esa, jamiyat muxiti eng muxim axamiyatga ega.

Insonning ijtimoiy mehnat jarayoniga, bolaning esa oilaviy a ijtimoiy tarbiya jarayoniga yakka tartibda muvofiqlashuvi reflektorlari vaqtinchalik aloqa ikkinchi signal sistemasi orqali birinchi signal sistemasi bilan munosabat tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday holda ikkinchi signal tasirlovchilari organizmdagi borcha to‘qimalar va ichki orginlarda yuz beruvchi fiziologik jarayonlarda ham, qolaversa, odamning butun axloqiga xam ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bolaning o‘z atrofidagi jamiyat muhitiga yakka tartibda muvofiqlashuviga turli xil odatiy malakalar qatiy tartibga solingan xayot rejimi va butun xulq-atvor sohasini kiritish mumkinki, bularning bari bolaning atrof xayot, talablariga ongli munosabatda bo‘lishiga asoslangandir.



Bola nerv tizimining alohida individual xususiyatlari haqida. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘la qonli jismoniy tarbiyasini bekamu kust amalga oshirishda bolaning markaziy nerv tizimining rivojlanishini yoshga oid qonuniyatlarini o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotlarda isbot qilinishiga, har bitta bola ulkan yashirin potensiolpsixofiziologik imkoniyatga ega bo‘lib, bu imkoniyat bolaning asabiy ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli zamin bo‘lar ekan. Binobarin, bir tamondan katta ahamiyatga ega, zero bu qonuniyatlar pedagogik ta’sirini saralagan va ta’lim - tarbiya jarayonini tuzilishini ifodalagan.

Bola yorug‘ dunyoga muayyan tug‘ma istedod nishonlari va maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan asab tizimi bilan keladi. Biroq bu xususiyatlar bolaning ruhan rivojlanishida faqat oraliq mulohazagina bo‘lgani uchun, bu taraqqiyotning tarifini ham, darajasini organik mulohaza ikkinchi tamondan potensiol imkoniyatlarni nazarda tutgan holda, eng ma’qul pedagogik sharoitlarni yaratish, teran maqsadni ko‘zlab olib boriladigan, ta’lim va tarbiya sharoitlarida bola organizmi va ruhiyatiga bevosita ta’sir etadigan jismoniy tarbiya jarayonini tashkil qilish zarurdir. Bola markaziy asab tizimidagi tug‘ma xususiyatlar va u xususiyatlarning shakillanishiga tashqi ta’sirning axamiyati katta bo‘lgani sababli, xayot rejimini to‘g‘ri tuzish va uni hech og‘ishmay bajarish to‘la naf beruvchi uyqu, mashg‘ulotlar muddatiga aniq rioya qilish, samarali harakat faoliyati, ochiq xavoda bo‘lish vaqtiga itoat etish shart.

Emotsional ijobiy sharoit, ya’ni bola bilan kattalar o‘rtasida tenkurlardek xotirjam do‘stona munosabat alohida ahamiyatga ega.

Biz boladagi tug‘ma imkoniyatlarning muayyan ahamiyat kasb etishini va shu bilan birga u imkoniyatlarni o‘zgartirish mumkinligini bilamiz.Bas, shunday ekan biz tarbiya jarayonini bir tamondan - boladagi salbiy xislatlarni susaytirishga ikkinchi tamondan uni ijobiy layoqatini rivojlantirishga qaratishimiz zarurdir.

Jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan bolalr tipiologiyasi ularning har biriga alohida yondoshishni, ular uchun eng maqbul rejim yaratib berishni, bolani chiniqtirishni, uning samarali xarakat faoliyatini emotsional ijobiy xolatini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Ma’lumki bolalarda asab tizimining shaxsiy xususiyatlari turlicha bo‘ladi. Bazilarining fel atvori va xatti - harakati vazmin bo‘lsa, boshqa birlari tasirchan, engil tabiyat, o‘z xis xayojonini jilovlay olmaydigan bo‘ladi. Ya’na shunday bolalar ham borki ularning atrof borliqdan tasirlanishi nihoyatda sust bulib ular o‘zlarining layoqatlariga shubha bilan qaraydilar. Bunday bolalar bilan olib borilayotgan ishni muvofoqiyatli yakunlash uchun, bazan qo‘shimcha harakat qilish va mashqlarni zo‘r mahorat bilan tashkil qilish talab qilinadi. Biroq butun kuch quvvtni safarbar qilib erishilgan natija xaddan tashqari baland darajada ham bo‘lishi mumkin, shuning uchun pedagogik talablar bolaga uning qiyinchiliklarni engish madad berib o‘z kuch quvvatiga ishonishi uchun imkoniyat yaratish kerak.

Har bir bolaning jismoniy tarbiyasini yakka tartibda boshqarish usulini tanlash uchun bola asab tizimining xislatlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Buning uchun bola tug‘ilgan kundan boshlab to‘plangan u haqdagi ma’lumotlar uning sihat - salomatligi, qanday kasaliklarga chalingani, qachondan yura boshlagani, tilga kirgan payti, bolaning oila sharoiti, uning qachon va qayeri lat eganligi, nimalarga qiziqishi, nimani va kimni yaxshi ko‘rishi, qiziqqan o‘yinlari va hokozolarni mufassal o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi. Jismoniy tarbiya mutaxassisi tamonidan bolaning kundalik xayotini maxsus kuzatilishi juda muhim ahamiyatga ega. To‘plangan barcha materiallar taxlili ulardan zarur xulosalar chiqarishda va bolaning emotsional ijobiy xolatini puxta saqlashda qo‘l keluvchi tarbiyaviy vazifalvrni aniqlashda murabbiyi katta madad bo‘lishi.

Jismoniy tarbiya bola shaxsiyatiga ta’sir etuvchi foydali tadbir - vositalar va usullarni qo‘llashga moyildir. Bola o‘zining samarali harakat faoliyati jarayonida axloqiy-irodaviy fazilatlarni namoyon qilishga urinadi. O‘yin chog‘ida dadil harakat qiladi, o‘zining xavf ostida turganiga qaramay, do‘stini falokatdan qutqarishga otiladi, xamma bolalar bilan birgalikda ommoviy vazifani bajarishga urinadi, masalan, butun qamanda bilan bir safga turish uchun kechikmay yugurib keladi va hokozo. Bunday xatti-harakatlarni qayta-qayta takrorlanishi natijasida, bola asta-sekin ularni zarurat deb idrok qila boshlaydi.

Tarbiyachining va tengkur o‘rtoqlarning rag‘batlantiruvchi baholari bolada ma’naviy mamnuniyat tuyg‘usini, ruxiy ko‘tarinkilikni va bundan keyin ham aynan shunday g‘ayrat ko‘rsatish istagini uyyog‘otadi. Har narsadan xadiksirovchi bola, murabbiyning topshirig‘i bilan bolalar davrasida ona bola qilib, hamma o‘rtoqlariga bironta mashqni tushintirib, ko‘rsatib berar ekan, undagi tortinchoqlik xislati asta sekin yo‘qola boshlaydi, xotirasi o‘tkirlashadi, mashg‘ulotlarga qiziqishi ortadi. Endi bunda odamga el bo‘lish, tashabbuskorlik fazilatlari uyg‘onadi, xushchaqchaq kayfiyat vujudga keladi. Yengil tabiat, ammo o‘ziga qat’iy ishongan bolalar mashq va o‘yinlar paytida umumiy tartib va talablarga asta sekin itoat eta boshlaydi, ancha o‘zlarini bosib oladilarintizomga rioya qiladilar o‘rtoqlariga yon bosadilar, qiziqarli topshiriqlarni bajaradigan o‘yinda boshqaruvchi bo‘lgan, o‘zi yaxshi ko‘rgan mashqlarni ijro qilgan, mashqlarni o‘rtoqlarga tushintirib ko‘rsatib bergan chog‘larida sipolik bilan navbat kutadigan bo‘lib qoladilar.

Badanni chiniqtirishga qaratilgan tadbirlar bola asab tizimini mustahkamlaydi va uni ishlash faoliyatini yaxshilaydi; Jismoniy mashg‘ulotlar, shular qatorida, harakatli o‘yinlar, harakat faoliyatining samaarali bo‘lishi uchun sharoit yaratib beradi va ko‘tarinkilik tuyg‘usini, g‘ayratini oshiradi, qon aylanishini, yurak faoliyatini hamda muayyan qon bilan taminlashni yaxshilaydi, umuman, butun organizmini sog‘lom saqlashga katta hissa qo‘shadi.

Bolada muntazam ravishda ijodiy tashabbusni rivojlantirish bu jismoniy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bunday tashabbus harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati ta’sirida namoyon bo‘ladi. Ushbu harakat formalarida bolalarga tavsiya qilinadigan ijodiy mashg‘ulotlar boladagi tasavvur va tafakkur rivojini jadallashtiradi, unda yangicha tasavvur qilish, o‘zi-o‘z aqli bilan biron yangilik o‘ylab topish va bu niyatini amalda ijro etib ko‘rish istagi uyg‘onadi.

“Inson salomatligi haqida g’amxo’rlik, ayniqsa bola salomatligi haqida g‘amho‘rlik,- deb yozgan edi V.A. Suxomlivskiy, - bu faqatgina sanitariya-gigiena meyyorlari va qoidalari yig‘indisi, rejim, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga qo’yiladigan talablari yig’indisigina emas. Bu avvalo barcha jismoniy va ruxiy kuchlarning garmonik to‘kisligi haqidagi g’amxo’rlikdir va bu garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi” .



Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin