Jizzax davlat pedagogika instituti


Bosh miya qobig‘i faoliyatining asosiy tamoillari



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə24/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
2-kurs

Bosh miya qobig‘i faoliyatining asosiy tamoillari.

A.A. Uxtomiskiy bosh miya qobig‘i dominant faoliyatini oldinga surdi va asosladi. U asab tizimidagi xayajonlanishning kuchli manbaidan birini daminant deb atadi, unga boshqa asab tizimlaridan xayadon oqib keladi. Natijada bir vaqtda xar xil xayajon qo‘zg‘ovchilar ta’sir etsa xam, ya’ni daminant bitta, eng kuchli manba xosil bo‘ladi. Eng kuchli manba’ni bosh miya qobig‘ida joylashishiga qarab daminantlar turlicha bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, ona ko‘kragi bola labiga tegishi bilan u og‘zini ochadi, emishga xarakat qiladi va so‘laklar chiqara boshlaydi. Bu reflekslar shartsiz, tug‘ma xisoblanadi va biron xos tajriba shakillanishi uchun bironta saboq talab qilmaydi. Bu xolda bolaning bosh miya qobig‘ida emdirish jarayoni bilan kuchli xayajon manba’i paydo bo‘ladi, bir vaqtning o‘zida boshqa xayajonlar xam ta’sir etish mumkin, masalan, terini silash, bu qo‘shimcha emizishga bog‘liq bo‘lmagan xayajonlanish bolaning emishiga ta’sir qilish, ovqatlantirish refleksini susaytirishi, bosh miya qobig‘idagi xayajon manba’ini pasaytirish kerak edi. Biroq bosh miya qobig‘ida jarayonlar o‘zgacha yo‘sinda ketadi. SHapatlash shaklidagi xayajonlantirish bosh miya qobig‘idagi xayajon manba’ini pasaytirish o‘rniga, aksincha, yanada kuchaytiradi. Natijada bola yanada faolroq ema boshlaydi. Bu xolat shu bilan izoxlanadiki, ovqatlanish refleksi bilan bog‘liq bo‘lgan bosh miya qobig‘idagi xayajonlanish manba’i shu qadar kuchlilik qiladiki, boshqa xayajonlantiruvchilar shapatlash, silash impulslarini o‘zga o‘zga tartib oladi va ular xisobiga o‘zi yanada kuchayadi. Bosh miya qobig‘idagi bunday jarayon ovqatlantirish daminantini bildiradi. Ko‘pincha onalar shunday usulni qo‘llaydilar –bola emishni kuchaytirish uchun uning yuzini engil silaydilar.

Vestibular daminant yarim doira qanallar bilan bog‘liqdir, quloq ichida joylashgan muvozanat a’zolari. Agar yig‘layotgan bolani tebratilsa yoki yotish xolatini o‘zgartirilsa, u yig‘lashdan to‘xtaydi. Bola yotish xolatini o‘zgartirish yoki tebratish bilan bosh miya qobig‘ida qo‘zg‘algan xayajon bolani yig‘lashga da’vat etgan xayajondan kuchlilik qilar ekan. Yig‘layotgan bolani bunday yo‘l bilan tinchitish mumkin emas, bolani bezovta qilayotgan sababni qidirib topish va uni yo‘q qilish shartdir.

Tinglash daminanti go‘dakning ikkinchi xaftasida paydo bo‘ladi, u shundag iboratki, odatiy bo‘lmagan tovush paydo bo‘lishi bilan, bola birdan jim bo‘lib qoladi, qimir etmaydi xuddi tovushga quloq solayotganday.

Ko‘rish daminanti go‘dakning 3-5 xaftasida paydo bo‘ladi. Bolaning ko‘rish doirasida bironta yaltiroq narsa ko‘rinsa, bola qimirlamay qoladi, nigoxini shu buyumga tikadi.

Bosh miya qobig‘i faoliyatining asosiy tamoili ya’na uni diqqat tamoili xam deyiladi, u juda katta axamiyatga egadir. CHunki kelajak xayotda ularsiz yashab bo‘lmaydigan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi shu va shartsiz reflekslar asosida namoyon bo‘ladi.


Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin