Tashqi tormozlanish Diqqatni chalg‘itish. Bosh miya qobig‘ida ikki kuzatuvchi manba paydo bo‘lganda tashqi tormizlanish sodir bo‘ladi. Bu ikki qo‘zg‘atuvchidan biri kuchli, ikkinchisi kuchsiz bo‘ladi. SHunda kuchli qo‘zg‘atuvchi manba nisbatan kuchsiz qo‘zg‘atuvchi manba xarakatni tormozlab qo‘yadi. Masalan, bolani emizayotgan vaqtda biron begona odam yaqin kelsa, bola emmay qo‘yadi. Bu tashqi tormozlanish “ diqqatni chalg‘itish” sababli sodir bo‘ladi.
Ximoya qiluvchi yoki xaddan tashqari torozlanish xam tashqi tormozlanishga kiradi. U juda kuchli qo‘zg‘atuvchi ta’sir etganda, bosh miya xujayralari imkoniyatlarining eng yuqori darajasida ishlaganda va o‘z faoliyatini to‘xtatganda yuzaga keladi. Masalan, katta odamning xaddan tashqari qattiq baqirig‘i bola xarakatini to‘liq to‘xtatib to‘rmozlab qo‘yishi mumkin.
Bosh miya qobig‘ida bitta kuchli qo‘zg‘atuvchi manba bo‘lganda xam tashqi tormozlanishi bo‘lishi mumkin. Masalan, bola qiziqib o‘ynayotgan vaqtda unga biron narsa qilish taklif etilsa, u gapiryotgan kishiga axamiyat bermay, o‘yinini davom ettirish mumkin.