Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə35/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
2-kurs

Nazorat uchun savollar

1. Akseleratsiya haqida tushuncha .

2. Akseleratsiyaning jismoniy rivojlanishdagi o’rni.

3. Akseleratsiyaning bolaning aqliy rivojlanishdagi ahamiyati



Adabiyotlar.

1, 4, 5, 11, 14, 19


15-MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA YURAK – TOMIR VA NAFAS OLISH TIZIMLARI.

Darsning o’quv maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarda yurak – tomir va nafas olish tizimlari haidagi tushunchalarni hosil qilish

Tayanch soz va iboralar: yurak – tomir, nafas olish tizimi, nafas funksiyasi va tashqi nafas, yosh o’zgarishi , ko’nikma hosil qilish.

Reja.

1.Bolalarda yurak – tomir va nafas olish tizimlari

2. Bolalarda yurak – tomir va nafas olish tizimlarini yosh o’zgarishi munosabati

3.Nafas funksiyasi va tashqi nafasning yuklanishi.


Maktabgacha bo‘lgan davrda yurak-tomir va nafas olish tizimlari faoliyatida anchagina tejamli va effektli darajada ishlashga o‘tish jarayoni yaqqol ko‘rinadi. Shu munosabat bolalarda mushak faoliyatini kuchaytirish imkoniyati ko‘payadi.

Yosh o‘zgarishi munosabati bilan, nafas funksiyasi va tashqi qafasning mushak shakllanishiga ko‘nikma hosil qilishda o‘zgarishlar ketayotganligi ko‘rinadi. Nafas surati yosh kattalasha borgani sari kamayadi: 1 yoshga endi to‘layotgan bolalarda nafas surati 1 daqiqada 30-35 martaga tengdir. Ontogenetits o‘sish davrida nafas olish chuqurligi va o‘pka ventilyasiyasi 2-2,5, kislorod zarurati – deyarli 2 martaga ortadi. Bu ma’lumotlar shundan shoxidlik beradiki, bolalarda nafas apparatining funksional imkoniyatlari etarli ifodalangan, u intensiv o‘sish va fiziologik ko‘nikish ehtiyojini qondira oladi.

Sport fiziologiyasi ma’lumotlariga qaraganda mushak mashqlari jarayonida nafas tizimining javobiy qarshi amali takomiliga etadi. Mushaklar yuklanishida o‘pka ventilyasiyasining kattalashuvi, asosan, nafas olishning tezlashuvi hisobiga emas, nafasni chuqurlashuvi hisobiga yuz beradi. Bunday sharoitda, o‘pka ventilyasiyasining kamligida ham o‘shancha miqdorda zaruriy kislorod ta’minlanadi. Harakat adaptatsiyasi jarayonida asosiy quvvatni ta’minlovchi yurak-tomir va nafas olish tizimlarining anchagina tejamli faoliyatiga erishiladi. Aytib o‘tilgan jarayon tejamliligi faqat yosh kattalashuvi sababi bilan emas, balki jimoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish natijasida funksional imkoniyatlarning o‘sishi oqibatida yuz beradi. Masalan, ish birligining tomir “qiymati” (1 kg/m ish uchun tomir zarbalarining miqdori) 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 2 barobar, mashq qilgan bolalarda 2,5 barobar, 1 kg/m ishga kislorod bilan ta’minlash 1,5 va 1,8 barobarga kamayadi.

Issiq havo sharoitida yashovchi maktabgacha yoshdagi bolalar tekshiruv jarayonida yosh o‘zgarishi bosqichlarida o‘pkalarining hayotiy sig‘imi darajasi haqida aniq ma’lumotlar olingan. 14-jadvalda maktabgacha yoshdagi bolalarning osudalik holatida o‘pka hayotiy sig‘imi va hayotiy indeks haqida o‘rtacha statik ko‘rsatkichlar keltirilgan. Ushbu jadvalni o‘rganilganda ikkita muhim fikr kelib chiqadi. Birinchisi shundan iboratki, 3-7 yoshlarda o‘pkaning hayotiy sig‘imi nisbatan yuqori o‘sishda emasligi va uning hayotiy indeksi to‘lqinsimon o‘zgarishda ekanligi. Ikkinchisi shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘rganilayotgan tashqi nafas xarakteristikasi ma’lum darajada individual farqlanadi. Bolalar nafas tizimining o‘sishi parametrlarining bunday ko‘rinishida ekanligi, chamasi, ularning yo‘naltirilgan harakat faolligining etarli emasligi bilan belgilanadi. Bundan ko‘rinadiki maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘pka hayotiy sig‘imi va hayotiy indeksining mohiyatini tekshiruv 3-7 yoshdagi bolalar rejimiga nafas olish tizimining funksiyasiga faollashtiruvchi jismoniy mahsg‘ulotlar tizimini kiritish zarur deyishga imkon beradi. Ko‘rilayotgan vaziyatda maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish apparatining ontogenetik rivojiga mexanizmlar etishmasligi ma’lum bo‘ldi.

Bu esa bizlarga nafas tizimlarining morfo-funksional rivojiga yordam beruvchi maxsus jismoniy mashqlarni differensiyalash bilan yo‘naltirilgan jismoniy kamolotga etkazishni majburiy qilib qo‘yadi.

Bola hayotining birinchi yillari yurak-tomir tizimi anchagina morfologik va funksional o‘zgarishlarga uchraydi. 3-4 yoshlik bolalarda yurak massasi 70,82 dan 6-7 yoshga kirganda – 92,3 g.gacha kattalashadi. SHuning natijasida yurak qisqarishi ko‘payadi va yurakning ishlash qobiliyati oshadi.

Yosh ulg‘aygan sari arterial qon bosimi oshib boradi: hayotining birinchi yili 80-85(55-60) mm.simob ustunini tashkil esa, 3-7 yoshligida 80-110(50-70 mm.simob ustuniga etadi) (15,16-jadvallar)/ yurakning ish qobiliyati ortadi, jismoniy yuklanishga ko‘nikish qobiliyati o‘sadi, standart mushak yuklanishiga javoban yurak-tomir tizimining (tomir urishi, arterial qon bosimi, qon aylanishining zarbiy va daqiqaviy hajmi) miqdor ko‘rsatkichi kamayadi, tiklanish davri ortadi.

Shu narsa ma’lumki, bola salomatligi ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy va genetits faktorlar jamligida shakllanadi va aniqlanadi.

Bolalar muassasalariga qatnovchi bolalar o‘rtasida kasallik hamon ko‘pligicha qolmoqda va yanada ortishiga moyildir.

Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida ovqat hazm qilish organlari sog‘ bo‘lmagan bolalar soni ko‘paymoqda, 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi keskin ortgan, yildan-yilga zardobli gepatit bilan og‘rigandan so‘ng bolalarda xronit gepatit o‘smoqda.

Tez-tez kasal bo‘luvchi bolalar soni 39.5% ni tashkil etadi. Statik ma’lumotlarga qaraganda bolalarda ro‘yxatga olingan hodisalari va shamollashning 70% maktabgacha yoshdagi bolalarga to‘g‘ri keladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bolalar organizmining sog‘lom o‘sishi ko‘ngilli emasligidan darak beradi. Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks yondoshishning yo‘qligi, bor joylarda ham undan unumli foydalanmaslik ham turli yosh guruhidagi bolalar salomatligini yaxshilash masalasini to‘liq hal qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Uning ustiga jismoniy jihatdan kamolotga etkazish organizmning kasalliklarga qarshi barqaror turishida zarur omil ekanligiga etarli baho berilmaydi.

Organizmning asosiy tizimlarida morfologik va funksional darajaning yuksalishi bolalarda jismoniy ish qobiliyatining o‘sishini ham ta’minlaydi. Dam olmay ishlash qobiliyati 10 dan 25-30 daqiqaga ko‘tariladi, bunda umumiy ish hajmi taxminan 2,5 marotabaga, 800 kg/m.dan 2333 kg/m.gacha ko‘payadi, 4 dan 7 gacha yoshdagi bolalarning jismoniy ish qobiliyati step-testga sinab ko‘rilganda deyarli 2 marotabaga ortadi.

Bolalar morfofunksional o‘sishining o‘ziga xos tomonlarini bilish bola organizmining kamolotga etkazishda va uning aqliy hamda jismoniy ish qobiliyatini oshirishda jismoniy tarbiya vositasidan yanada samarador qo‘llanish imkonini beradi.

Shuni ham hisobga olish lozimki, o‘sayotgan organism har xil bosqichda tashqi ta’sirga funksional tayyorligi jihatidan bir xil darajaga ega emas.



Yosh o‘zgarishi dinamikasida ayrim keskin bosqichlar belgidanganki, ular morfologik va funksional xususiyatlar majmui bilan xarakterlanadi.

Bizning tekshiruvlarimiz shuni ko‘rsatdiki, 3 yoshdan 7 yoshgacha davr oralig‘ida 3, 5, 7 yoshlar ajralib turadi. By yoshlarda nafaqat miqdoriy son o‘zgarishi, balki muxim funksiya o‘zgarishlari ham bo‘lib o‘tadi. SHu narsa xam isbot qilinganki, 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr katta intensivligi va o‘sish uyg‘unligi bilan ajralib turadi.

Maktabgacha yoshdagi davr davomida bolalarning jismoniy rivojiga qarab xarakat faolligi va jismoniy tayyorligi o‘zgarib boradi:

kichik maktabgacha yoshda (3-4 yoshlar) bola organizmining funksional kamolotga etishiga jismoniy rivoj etakchi ahamiyatga ega, katta maktabgacha yoshda (5-7 yoshlar) uning etakchi ahamiyati kamayadi va jismoniy tayyorgarlik roli ortadi. Bu esa o‘z navatida jismoniy tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir faolligi ahamiyatini oshiradi. Funksional, shu jumladan harakatlantiruvchi tizimlarning tang davrlarini bilish, o‘qitish va tarbiyalash optimal muddatlarini aniqlash imkonini beradi.




Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin