14-MAVZU: AKSELERATSIYA
Darsning o’quv masadi: Talabalarga akseleratsiya va uning bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishdagi o’rni haqidagi tushunchalarni hosil qilish .
Tayanch so’z va iboralar: Akseleratsiya, jismoniy rivojlanish, aqliy rivojlanishi,
Reja.
1. Akseleratsiya haqida tushuncha .
2. Akseleratsiyaning jismoniy rivojlanishdagi o’rni.
3. Akseleratsiyaning bolaning aqliy rivojlanishdagi ahamiyati
Hozirgi zamon bolalari ko‘p jihatdan oldingi zamon, hatto yaqin o‘tmish bolalaridan ham tezroq rivojlanyapti. Ana shu barcha millat bolalarida ko‘rinayotgan jarayon akseleratsiya degan nom oldi. XIX asrda inson 23-25 yoshgacha o‘sib borsa hozirgi bu jarayon erkaklarda 18-19 yoshda, ayollarda 16-17 yoshda tugallanyapti, hatto shu yoshlarda yosh avlod o‘z ota-onalaridan bo‘ychan va yirikroq bo‘lishyapti. Hozirgi chaqaloqlarning bosh aylanasi katta, bo‘ylari uzun dunyoga kelishyapti. SHu narsa aniqlanganki, 6 yashar bolalar bundan 40 yil oldingi shu yoshdagi bolalardan o‘rtacha 7 sm bo‘ychan, 3 kg og‘irroqdir. Masalan, agar bundan 50 yil muqaddam o‘g‘il boalar 3 yoshdan 7 yoshgacha 22,2 sm o‘sgan bo‘lsa, bundan 10 yil oldin – 27,1 sm.ga o‘sishyapti. Bolalarning sut tishlari ham doimiy tishga erta almashinilyapti. Agar bir necha o‘n yillar muqaddam bolalarning doimiy tishlari 6 yoshu 2 oylik – 6 yoshu 4 oylikdan yorib chiqsa, hozirgi vaqtda 5 yoshlik bolalarning 45% da 1-5 tagacha doimiy tish bor.
O‘rta hisobda yosh bolalarda sut tishi odatdagidan 1 oy oldin doimiy tishga aylanyapti. Bolalar kattaligi jihatidan ham bundan bir necha o‘n yillar oldingi bolalarni bosib o‘tyapti. SHu bilan birga avvalgiga qaraganda 2-3 yil avval balog‘atga etib qolyapti. Bu borada olimlarning fikrlari juda xilma-xildir. Bu quyosh nurlarining ijobiy ta’sirlaridan bolalar va homilador ayollarga ko‘plab vitaminlar berishdan, oqsillar mo‘l iste’mol qilinishidan: urbanizatsiya (hozirgi hayot) sur’atining asabiylashtiruvchi oqibatlaridan: ijtimoiy sharoitning kompleks holatda yaqinlashganidan (hayot tarzi, ovqatlanish yuqumli kasalliklar kamayganligi va boshqalar). SHuni ham ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ancha yuqori darajaga ko‘tarilishi va maktabgacha yoshdagi bolalar muassalarida shunday tizimlarning joriy qilishi hozirgi zamon bolalarining jismoniy jihatdan yuksak rivojlanishiga yo‘l ochib beradi. Akseleratsiya nafaqat jismoniy jihatdan, aqliy rivojlanishda ham ko‘rinadi. Bunda hayot sharoitining o‘zgarishi ta’sir etadi: hozirgi zamon fani madaniyatining yuksak darajasi, ommaviy ma’lumot vositalari (radio, televideniya va boshqalar), yuksak o‘quv darajasi. Keyingi paytlarda ma’lumot va madaniy darajasi anchagina o‘sgan ota-onalarning ijobiy roli ta’sir etadi. Biroq pedagogik va tibbiyot jamoatini yoshlarning biologik va ijtimoiy kamolotga etishuvchi o‘rtasidagi uzilish tashvishga solidi: biologik jihatdan pishib etishuv ijtimoiy rivojdan oldin ketyapti.
Tarbiyaviy ta’sirlar o‘sib borayotgan avlodga haqiqatdan samarali bo‘lishi uchun har bir o‘sish davriga taalluqli xarakteristikasiga oid akseleratsiya va o‘zgarisgni hisobga olish zarur.
Bir qator funksional ko‘rsatkichlarda ayrim katta ishlar ko‘riladi. Ma’lumki, bola kata bo‘lgani sari, yurak qisqarishi va nafas olish sur’ati kamayadi. Agar avval 5 yoshli bolalarda 1 daqiqada tomir sur’ati 98 zarba bo‘lsa, hozir o‘rtacha sur’at 93 zarba. 6 yoshlik bolada o‘rtacha nafas olish sur’ati 1 daqiqad 26 nafas olish hisoblansa, hozirda 21. SHunga mutanosib ravishda harakat sifatining o‘sishini belgilovchi ko‘rsatkichlar ham o‘sdi. Agar 50 yillarda 5 yoshlik bolalarda 30 metrga yugurish tezligi 3.5 m/sek. 1968-1970-yillarda – 3.7 yoki m/sek bo‘lsa, 1988-1991-yillarga kelib – 8.7-9.3 m/sek.ga etdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning funksional imkoniyatlari akseleratsiyaga qaramay aqliy va jismoniy jihatlardan – avvalgi odatiy ko‘rstgichlardan balanddir. Bolalarni optimal taraqqiy etttirish uchun sun’iy ravishda tezlatmay yoki sekinlatmay buni e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |