13-mavzu: Bolalar jismoniy o'sishining ko'rsatkichlari
Bolalarning yoshlik va maktabgacha yoshdagi vaqtlarda jismoniy o‘sishlari asosiy ko‘rsatkichlarning uzluksiz o‘zgarib turishi bilan harakterlanadi. Ular: bo‘yi, gavda og‘irligi, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi.
Bolaning bo‘yi birinchi yil taxminan 25 sm.ga o‘sadi. Bu maktabgacha yoshdagi davrda eng kata ko‘rsatkichdir. 5 yoshga chiqqanda tug‘ilgan davrdagiga qaraganda bo‘yi 2 barobar o‘sadi. Gavda og‘riligi birinchi yili 3 marta, bir yildan keyin esa anchagina bir tekisda o‘zgaradi, har yili 2-2,5 kg.
Ko‘krak qafasi aylanasi ham bir me’yorda o‘zgarmaydi. 1-yili ancha tez o‘sadi, 12-15 sm.ga. Qolgan maktabgacha bo‘lgan yoshda
Jadval
taxminan shuncha o‘zgaradi. Bola ko‘krak qafasini aylanasining kattaligi bolaning semizligi, jismoniy o‘sishiga (mushaklarning o‘sishi, nafas olish va yurak-tomir tizimlariga) bog‘liq.
Jismoniy mashqlarning ijobiy ta’siri nafaqat bolalarning jismoniy o‘sish darajasida bilinadi, balki gavda go‘zalligida yaxshilanishida ham ko‘rinadi.
Bolalarda suyak tizimi kattalarnikiga qaraganda tog‘ay to‘qimasiga boy bo‘ladi. SHu sabab bola suyagi yumshoq, egiluvchan etarli darajada qattiq emas, oson qiyshayadi, tashqi noma’qul omillar ta’sirida o‘z shaklini tez o‘zgartiradi (funksional va yosh imkoniyatlariga mos bo‘lmagan jismoniy mashqlar bola bo‘yiga munosib bo‘lmagan sport sababi va boshqalar).
Bolaning 2-3 yoshidan boshlab yassi struktur holatdagi suyak to‘qimalari hosil bo‘la boshlaydi. Skeletning suyaklanish jarayoni oxista boradi, bu jarayon butun yoshlik davrida davom etadi. Umurtqaning fiziologik bukiklarining bo‘yin, ko‘krak va bel qismlarida shakllanishi butun maktabgacha bo‘lgan davrda davom etadi (bola boshini ushlaydigan, chalqancha yota oaldigan, o‘tiradigan, yuradigan bo‘lganda). Bolalar umurtqasi harakatchanligi bilan ajralib turadi, fiziologik bukiklik muhim emas, bola yotganda silliqlanadi. Skeletining yumshoqligi uning shaklini o‘zgartiruvchi kuchga engil bo‘ysunadi: noto‘g‘ri o‘tirish, turish, yotish. Noto‘g‘ri holatlarda o‘tirib turishlar tezda odatga aylanadi, qomatni tik tutish buziladi, bu o‘z navbatida qon aylanishi nafas olish omillariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: suyak noto‘gri o‘sa boshlaydi.
Tovon yarim gumbazi shakllanishi bola hayotining birinchi yilidan boshlanadi, jadal davri – yura boshlashi bilan, makatbagacha yoshida esa davom etadi. SHu boisdan bola oyog‘iga nihoyatda diqqat bilan oyoq kiyim tanlash lozim. Bola tovonining yarim gumbazi to‘g‘ri shakllanishi va mustahkamlanishi bilan mashqlarga e’tibor zarurdir.
Skeletning jadal o‘sishi mushaklar, pay va bo‘g‘inlarning bog‘lovchi apparatlar o‘sishi bilan chambarchas bog‘liqdir. YOsh bolalarda bo‘g‘imlarining kattalarnikiga nisbatan tez harakatchanligi, mushaklari, paylari va bog‘lamlarning juda egiluvchanligidan. Bo‘g‘imlarning haddan
Jadval
Tashqari harakatchanligi (liqildoqligi) rahid kasaligining belgilaridan biri. Bolaning jismoniy o‘sishini faqat vazni, bo‘yi, bosh va ko‘krak aylanasi bilan emas, gavda tuzilish qomati, tovon miqyosi bilan ham baholash mumkin.
Qaddi-qomat ortiqcha zo‘r bermay gavda va kallani tik tutib turishni harakterlovchi odatiy qiyofa. Bu holatda umurtqaning tabiiy (fiziologik) bukiklari (qiyshiqligi) haddan tashqari yoki etarli darajada emasligi, qomatni noto‘g‘ri tutishdan guvohlik beradi. Bu esa o‘z navbatida umurtqa funksiyasining buzilishiga va boshqa ko‘ngilsiz holatlarga olib keladi. Tez-tez qomatga oid quyidagi nuqsonlar uchrab turadi: bukir elka, yumaloq elka, taxtakach elka, egarsimon elka. Umurtqaning yon tomonlariga qiyshayishi skalioza deyiladi. U gavda holatining noto‘g‘riligi yoki odat holatiga kirib qolgan not’g‘ri ushlash natijasida yuzaga keladi. Ko‘pincha skalioza bo‘lishlikka mushak bo‘shlig‘i sabab bo‘ladi. Jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish mushaklarni, pay, bog‘lovlarni mustahkamlaydi va skaliozadan qutilishga olib keladi. SHu sabab jismoniy kamquvvat bolalarni jismoniy tarbiyadan “muhofaza”qiluvchi ota-onalar haq emaslar. Bu ishlari bilan ular bolalarning salomatligiga zarar etkazadilar. Bolalar qaddi-qomatlarini to‘g‘ri tutishlarini uyda nazorat etish (ovqat, o‘yin va to‘g‘ri tutishlarini mashg‘ulot vaqtlarida) katta ahamiyatga egadir.
Ko‘krak qafasining shakli. Rasmana ko‘krak qafasi shaklidan o‘zgacha ko‘p uchrovchi ko‘rinishlar: konus, slindr, bo‘chka qavariq (tovuq-ko‘krak), taxtakach, botiq shakl ko‘rinishlarida bo‘lgan ko‘krak qafaslari: kuraklar normada bir chiziqda bo‘lishi va elkadan ortiqcha turtib chiqmasligi lozim. Bundan o‘zgacha holatlari kurakning pastki burchak qismlari bir xil holatda bo‘lmaydi yoki qanot sifat kuraklar. Ko‘krak qafasi shaklining yoshlikdan to‘g‘ri o‘smasligiga ko‘pincha sabablar raxit kasalligi mushaklar zaifligi va har tomonlama o‘sish hamda bo‘yiga o‘sishining to‘xtab qolishi.
Oyoqlar shakli. To‘g‘ri norma shakllaridan tashqari raxit kasalligining oqibati bo‘lgan. O shaklida va ko‘pincha bo‘g‘imlarni bog‘lovchi apparatlarning zaifligi natijasida (ko‘proq qizlarda uchraydi) X shaklida uchraydi.
Tovon shakli. Normadagi tovon yarim gumbaz shaklida bo‘ladi. Bu cho‘ziluvchan “gumbaz” bog‘lovchi apparatlar tortilishi va mushaklarning zo‘riqishi hisobiga ushlanib turadi. Mushak bog‘lovchi apparatlarning zaifligi yoki imkoniyatidan ortiq yuklanishi, shuningdek tovon shaklida to‘g‘ri kelmaydigan noto‘g‘ri oyoq kiyimi tovonning normal faoliyatini buzadi va uning gumbazi qalin tortib zichlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Qattiq zichlanish yassitovonlik deyiladi. YAssitovonlikda tovonning normal ishlashi buziladi. YUrganda va bir joyda turib qolganda tez toliqadi, mushaklari og‘riydi. Oddiy ko‘rish yo‘li bilan tovon shaklini aniqlash mumkin. Eng to‘liq ma’lumotni qattiq narsa yoki bir varaq qog‘ozga tushirilgan tovon izi beradi. Tovon izini olish uchun esa tovonni xo‘llash yoki oson yuviluvchi bo‘yoq surtish lozim bo‘ladi.
YOsh bolalarda mushak tizimi kattalarga nisbatan uncha rivojlanmagan bo‘ladi, bolalarda mushak massasi butun gavda massasining 25 % ga yaqinini tashkil etadi, kattalarda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 40% ga tengdir. Bola harakatining rivojlanganligi bilan bola massasi kattalashadi va mushak to‘qimalarining qisqaruvchanlik qobiliyati kam o‘sadi. Mushaklar quvvatini oshishi ko‘p jihatdan jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarida jismoniy yuklanishning muntazam o‘sib borishi bilan belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi kichik bola yozuvchi mushaklar yaxshi rivojlanmagan, hali ancha bo‘sh bo‘ladi. SHu sababli bola ko‘pincha noto‘g‘ri holatda turadi: kalla tushib ketgan, elkalar qisiq bukchaygan, botiq ko‘krak. Bola 5 yoshlarga borganda mushaklar massasi ortib ayniqsa: oyoqlar mushaklari kuchayib mushaklarning kuchi va ish qobiliyati ko‘payadi. Mushak kuchlarinig ko‘rsatkichlari yosh o‘zgarishining xuddi shuningdek, jismoniy mashg‘ulotlar ta’sirining xos tomonlarini aks ettiradi. Qo‘l panjalari mushkalarining kuchi 3-4 yoshda 3,5-4 kg bo‘lsa, 7 yoshlarda 13-16 kg.ga etadi. 4 yoshdan boshlab o‘g‘il bolalar va qiz bolalar ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq qiladi. Gavda mushaklari ko‘cha (asosiy kuch) 7 yoshga etganda deyarli 2 barobar ortadi, 15-17 kg.dan 3-4 yil ichida, ya’ni 7 yoshlarda 32-36 kg.ga etadi.
Mushaklarning statik holatini mushak tonusi deb atash qabul qilingan. Mushka tonusi markaziy asab tizimidan qoladigan impuls bilan quvvatlashib turadi. Bolalar hayotining 1-oylarida yozuvchi tonuslarga nisbatan oyoqlar uchini eguvchi mushaklar tonusi ziyoda bo‘ladi, bu emuvchi bolalarning o‘ziga xos gavda qiyofasini belgilaydi. YUqori qism mushaklari tonusi odatda 2,5-3 oylarda, oyoq uchlari tonuslari 3-4 oylarda tekkislanadi. Kasalliklarda
Jadval
Bu muddatlar o‘zgarishi mumkin, juda yosh bolalarda mushak tonuslari osoyishta bo‘ladi: uqalash va gimnastika ta’sirida kamanda. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mushka tonuslarining holati qomatini adl tutishning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Mushak tonuslari alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Tabiiy mushak qo‘llab hosil qiluvchi gavda. YOsh kattalashgan sari elka va qorin mushaklari zo‘riqishi tonusi ortib borishi ko‘rinadi, bu nafaqat markaziy asab tizimining regulyatorlik funksiyasi yaxshilanganligiga natijasi bo‘lmay, jismoniy mashg‘ulotlarning ijobiy ta’siri hamdir. Mushak tonusining yaxshilanib borishi bilan birga ayrim guruh mushaklarinig bo‘shashishlik va zo‘riqishlik refletstor regulyasiyasi sozlana boradi. Bu guruh mushaklari esa gavdaga alohida qiyofa beradi, bolada qomat shakllana boshlaydi.
6. Akseleratsiya
Hozirgi zamon bolalari ko‘p jihatdan oldingi zamon, hatto yaqin o‘tmish bolalaridan ham tezroq rivojlanyapti. Ana shu barcha millat bolalarida ko‘rinayotgan jarayon akseleratsiya degan nom oldi. XIX asrda inson 23-25 yoshgacha o‘sib borsa hozirgi bu jarayon erkaklarda 18-19 yoshda, ayollarda 16-17 yoshda tugallanyapti, hatto shu yoshlarda yosh avlod o‘z ota-onalaridan bo‘ychan va yirikroq bo‘lishyapti. Hozirgi chaqaloqlarning bosh aylanasi katta, bo‘ylari uzun dunyoga kelishyapti. SHu narsa aniqlanganki, 6 yashar bolalar bundan 40 yil oldingi shu yoshdagi bolalardan o‘rtacha 7 sm bo‘ychan, 3 kg og‘irroqdir. Masalan, agar bundan 50 yil muqaddam o‘g‘il boalar 3 yoshdan 7 yoshgacha 22,2 sm o‘sgan bo‘lsa, bundan 10 yil oldin – 27,1 sm.ga o‘sishyapti. Bolalarning sut tishlari ham doimiy tishga erta almashinilyapti. Agar bir necha o‘n yillar muqaddam bolalarning doimiy tishlari 6 yoshu 2 oylik – 6 yoshu 4 oylikdan yorib chiqsa, hozirgi vaqtda 5 yoshlik bolalarning 45% da 1-5 tagacha doimiy tish bor. O‘rta hisobda yosh bolalarda sut tishi odatdagidan 1 oy oldin doimiy tishga aylanyapti. Bolalar kattaligi jihatidan ham bundan bir necha o‘n yillar oldingi bolalarni bosib o‘tyapti. SHu bilan birga avvalgiga qaraganda 2-3 yil avval balog‘atga etib qolyapti. Bu borada olimlarning fikrlari juda xilma-xildir. Bu quyosh nurlarining ijobiy ta’sirlaridan bolalar va homilador ayollarga ko‘plab vitaminlar berishdan, oqsillar mo‘l iste’mol qilinishidan: urbanizatsiya (hozirgi hayot) sur’atining asabiylashtiruvchi oqibatlaridan: ijtimoiy sharoitning kompleks holatda yaqinlashganidan (hayot tarzi, ovqatlanish yuqumli kasalliklar kamayganligi va boshqalar). SHuni ham ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ancha yuqori darajaga ko‘tarilishi va maktabgacha yoshdagi bolalar muassalarida shunday tizimlarning joriy qilishi hozirgi zamon bolalarining jismoniy jihatdan yuksak rivojlanishiga yo‘l ochib beradi. Akseleratsiya nafaqat jismoniy jihatdan, aqliy rivojlanishda ham ko‘rinadi. Bunda hayot sharoitining o‘zgarishi ta’sir etadi: hozirgi zamon fani madaniyatining yuksak darajasi, ommaviy ma’lumot vositalari (radio, televideniya va boshqalar), yuksak o‘quv darajasi. Keyingi paytlarda ma’lumot va madaniy darajasi anchagina o‘sgan ota-onalarning ijobiy roli ta’sir etadi. Biroq pedagogik va tibbiyot jamoatini yoshlarning biologik va ijtimoiy kamolotga etishuvchi o‘rtasidagi uzilish tashvishga solidi: biologik jihatdan pishib etishuv ijtimoiy rivojdan oldin ketyapti.
Tarbiyaviy ta’sirlar o‘sib borayotgan avlodga haqiqatdan samarali bo‘lishi uchun har bir o‘sish davriga taalluqli xarakteristikasiga oid akseleratsiya va o‘zgarisgni hisobga olish zarur.
Bir qator funksional ko‘rsatkichlarda ayrim katta ishlar ko‘riladi. Ma’lumki, bola kata bo‘lgani sari, yurak qisqarishi va nafas olish sur’ati kamayadi. Agar avval 5 yoshli bolalarda 1 daqiqada tomir sur’ati 98 zarba bo‘lsa, hozir o‘rtacha sur’at 93 zarba. 6 yoshlik bolada o‘rtacha nafas olish sur’ati 1 daqiqad 26 nafas olish hisoblansa, hozirda 21. SHunga mutanosib ravishda harakat sifatining o‘sishini belgilovchi ko‘rsatkichlar ham o‘sdi. Agar 50 yillarda 5 yoshlik bolalarda 30 metrga yugurish tezligi 3.5 m/sek. 1968-1970-yillarda – 3.7 yoki m/sek bo‘lsa, 1988-1991-yillarga kelib – 8.7-9.3 m/sek.ga etdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning funksional imkoniyatlari akseleratsiyaga qaramay aqliy va jismoniy jihatlardan – avvalgi odatiy ko‘rstgichlardan balanddir. Bolalarni optimal taraqqiy etttirish uchun sun’iy ravishda tezlatmay yoki sekinlatmay buni e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |