Jizzax davlat pedagogika instituti


- MAVZU: MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA HARAKATCHANLIK



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə29/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
2-kurs

11- MAVZU: MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA HARAKATCHANLIK
Darsning o’quv maqsadi: Talabalarda maktabgacha yoshidagi bolalarda harakatchanlik haqidagi tushunchalarni hosil qilish

Tayanch so’z va iboralar: bola, organism, o’sish, rivojlanish , nazorat ko’rsatkichlari, jismoniy tayyorgarlik,jismoniy mashqlar.



Reja.

1. Bola organizmidagi asab, yurak tomir tizimlar.

2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

3.Bolaning umumiy osishida jismoniy mashqlar


Bola organizmidagi asab, yurak tomir va boshqa tizimlarning normal ishlashiga yordam beruvchi ratsional harakat faolligi (jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar) hisobga olingan bo‘lsa, tuzilgan tartibni to‘g‘ri hisoblash mumkin. Harakat bolaning ruhiy jihatdan rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, taraqqiy etgan mamlakatlar katta yoshdagi aholisi o‘rtasida harakat faolligining etarli emasligi keng tarqalgan. Ushbu “asr kasalligi” oqibatida organizmning barcha tizimlari faoliyatida buzilish paydo bo‘ladi. Afsuski, shunday holat maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda ham borgan sari ko‘p uchraydigan bo‘lib qolgan. Ayniqsa, uzoq vaqt televizor qarshisida umrini o‘tkazadigan o‘quv dasturlari ertaklarni va bo‘lak bolalar uchun beriladigan ko‘rsatuvlarni kanda qilmay tomosha qiladigan bolalarda bu holatni ko‘ramiz. Natijada, normal o‘sish jarayoni buziladi, modda almashinuvida sifat o‘zgarishlari paydo bo‘ladi, ular orasida ayniqsa, eng ko‘p normadan chetga chiqishning bu moddalari almashinuvining buziluvidir. Gipodinamikka qarshi kurashuvda va bolaning umumiy o‘sishida jismoniy mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar kata rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ochiq havoda sayr qildirilayotganda o‘tkazilsa. Bunday sayrlarni fiziologik nuqtai nazardan barcha analizatorlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab yig‘indi ko‘rsatuvchi sifatida ko‘rish mumkin. SHu sababli sayr tomoshani noto‘g‘ri o‘tkazish bola sog‘lig‘i va uning o‘soshiga yomon ta’sir etishi mumkin.

Maktabgacha yoshgacha bo‘lgan bolalar juda serharakat bo‘ladilar, doimo harakatda bo‘lib, qo‘nim bilmaydilar, bu esa o‘sayotgan yosh organizmning muhim talablaridan biridir. Bolaning harakat faoliyati markaziy asab tizimiga mustahkamlovchi ta’sir etadi. Ma’lumki, mushak faoliyati asab tarangligini, shu bilan birga hosil bo‘ladigan salbiy hissiyotlarni kamaytiradi. Harakat faolligida nafas olish sur’ati oshadi, bu jarayon esa qonni kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. SHu narsa aniqlanganki, mushaklar etarli emasligi faol bolani sust ruhiy taraqqiyotga olib keladi. Aksincha, yuqori ammo bolaning yoshi imkoniyatlariga to‘g‘ri keluvchi jismoniy yuklanish bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojini anchagina tezlashtiradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ertagina mustaqil yurib ketgan bolalar anchagina tezda burro gapiradi, bu esa bolaning ruhiy rivoji ko‘rsatgichidir. SHunday bolalarni uzoq vaqtgacha kuzatilganda ular maktabda yuqori baholarga o‘qiganlari ma’lum bo‘lgan. Bola hayotining ikkinchi yili murakkab harakat, ya’ni yurish sirlarini egallaydi. Ikkinchi va uchinchi yillari ko‘rsatish va o‘rgatish ta’sirida tirmashib chqish va itqitish kamolotiga eta boradi. Uchinchi yili bolada sakrash harakatlari ko‘rina boshlaydi va yil oxirida oldiga qarab sakray boshlaydi. Bola uch yoshida deyarli barcha asosiy harakatlani egallaydi, eng muhimi shuki, ularni erkin qulay boshlaydi. 4-7 ytillar davomida shartli aloqalar mustahkamlanib boradi va o‘rgatish jarayonida kamolotga etadi. Mushak yuklanishlari yuksak bo‘lganda harakat faoliyati taraqqiysi va jismoniy tayyorgarlik darajasining rivoji yanada intensive bo‘ladi.(4-jadval)

Qo‘shimcha jismoniy yuklanishlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning turg‘un safarbarlik qobiliyati fiziologik standartlarga yaqin bo‘ladi. Bolalar qo‘lga kiritgan yutuqlari jismoniky tayyorgarligi, jhismoniy rivoji, harakatni boshqara olish, jamoatda o‘zini tutish va shaxsiy gigiena ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va belgilash uchun quyidagi minimal dastur tavsiya etiladi:

1.Jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivoji darajasini belgilash:

a) antropometrik o‘lchash

b) jismoniy tayyorgarlik testlari

2. O‘quvligi (testlar, harakat sifati qay darajada ekanligini aniqlovchi)

3. Bilimi va tushunchasi (testlar,maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi instrutstor yoki mutaxasis tomonidan ishlab chiqiladi)

4. Jamoat hayotiga aralashuv darajasi

Bolalar bir yilda 2 marta tibbiy kuzatuvdan o‘tadilar. Jismoniy jihatdan o‘sishi antroprometrik ko‘rsatkichlar va qon aylanishi holati yordamida aniqlanadi. Jismoniy tayyorgarlik holati yilda 2-4 marta o‘tkaziladi: kuz va bahor yoki qish; bahor, yoz va kuzda.

3-7 yoshlik davrda bolalar bir qadar jimoniy mashq o‘rgangan bo‘ladi, ammo bu butun umr bo‘yiga etarli yaxshi jismoniy chiniqish emasdir. Aynan shuning uchun, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining oldida kattagina vazifa turadi, u ham bo‘lsa, bolalarga har xil testlar yordamida o‘z jismoniy tayyorgarlik holatlarini baholashni o‘rgatish, bunday testlarni ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari ishlab chiqadilar. Ammo qabul qilingan standart testlar ham bor, ular yilning boshi va oxirida o‘tkaziladi. Test asosida tuzilgan jismoniy tayyorlanish bo‘yicha tavsiya etiluvchi dasturning asosiy maqsadi jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmning funksional holatini harakterlovchi mashqlarni bajarishga bolalarni tayyorlash. Har bir mashq bo‘yicha o‘ynaluvchilar ko‘rsatkichlari asosida norma belgilangan. Har bir mashqning bajarilish natijasi asos qilib olinib, jismoniy tayyorgarlikning u yoki bu komponentini rivojlanish darajasini baholash mumkin. Agar natijalarning hammasi bir xil yoki normadan ortiq bo‘lsa, sinovdan o‘tuvchi o‘z yoshi kategoriyasiga qarab yaxshi jismoniy tayyorgarlik sovrini bilan mukofotlanadi. Sovrin shahar hokimi tomonidan qo‘l qo‘yilgan guvohnoma yoki yosh darajasi (3,4,5,6,7) ko‘rsatilgan emblema bo‘lishi mumkin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:




  1. Yugurish (istalgancha yugurilganidan masofa metrda o‘lchanadi)

  2. Mokki yugurish (4x10 metr, s.)

  3. Osilib tortilish (o‘g‘il bolalar), marta

Bukib qo‘lda osilib tortilish (qizlar)



  1. CHalqancha yotgan holatda gavdani egish, 1 minutda necha marta

  2. O‘tirgan holda oyoq bukmay oldinga egilish

  3. Muvozanatni saqlash saqlash (gavda muvozanatini qancha uzoq saqlashni belgilash, tovonlar jips, qo‘llar pastga, tomoshabinlarsiz, s.)

  4. Harakat maksimal sur’ati, 10 sek.

Testdan o‘tkazish qisqacha mazmuni va sharoiti.

1.Yugurish stadion yoki tekis gruntlangan yo‘lkada o‘tkaziladi, agar sharoit yo‘l qo‘ymasa, asfalt yo‘lda ham o‘tkazish mumkin. YUgurish boshanmasdan avval razminka va yugurish tartib-qoidasi bo‘yicha tushuntirish o‘tkaziladi. Ayniqsa kichik va o‘rta yoshdan boshlab yaxshilab tushuntiriladi va zarur bo‘lsa ularning yugurish tezligi o‘zgartiriladi. Hamma qatnashuvchilar testdan o‘tgunlaricha 60 dan 100 m bo‘lgan masofani kamida 1 marta yugurgan bo‘lishi kerak.

2. Moki yugurish (4x10 m). Erga 10 metr oraliqda 2 ta parallel chiziq chiziladi. Moki yugurishni o‘tkazish uchun 2 ta 5x5x10 sm.li kattalikdagi tayoqcha lozim bo‘ladi. Sinaluvchi va tayoqchalar 3-rasmda ko‘rsatilganidek joylashadi:

“Boshlandi” degan komanda berilishi bilan qatnashuvchi 2-chiziqdan yuguradi, tayoqchani oladi, orqaga o‘giriladi, birinchi yo‘ldan yuguradi, tayoqchani erga chiziqdan tashqariga qo‘yadi. Ikkinchi tayoqchani olish uchun yugurib orqaga qaytadi, uni oladi, yana orqaga qaytadi va tayoqchani birinchi tayoqcha yoniga qo‘yadi. Vaqt 0,1 s. aniqlikda ikkinchi tayoq erga qo‘yilayotganda belgilanadi. Tayoqchani chiziq ustidan itqitish man etiladi. Test start olingandagi tezlikni baholashga imkon beradi.(7-jadval) va harakat yo‘nalishining o‘zgarishi munosabati bilan chaqqonlikni belgilashga yo‘l beradi (maktablarda o‘tkaziladigan moki yugurish tayoqchalarsiz bo‘ladi).

3. Osilib tortilish. Test qo‘l va elka mushaklari quvvatini baholashga imkon beradi. Qizlar qo‘llari bukik 120-200 sm balandlikdagi turnikda osilib tortilishni bajaradilar, ushlash yuqoridan, tortilish qo‘llar maksimal bukik holatda, iyak turnikdan yuqorida. Boshlashda stul yoki kursiga chiqiladi. Sinaluvchi oyog‘i ostidagi kursi olinishi va iyagi turnikka tegishi oralig‘idagi vaqt 1 sek aniqlikda belgilanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun normativ talablar 10 sekundgacha 3 yoshdagi qizchalar uchun 18 sekundgacha 7 yoshdagi qizlar uchun. Bu test qo‘l va elka atrofi kuchining statik chidamliligini aniqlash uchun.

4. CHalqancha yotgan holatda gavdani egish. Sinaluvchi chalqancha yotadi, tizza suyaklaridan oyoqlar 90 gradus burchak hosil qilib bukilgan, qo‘llari ko‘krak ustida charmashgan (qo‘l barmoqlari kuraklarga tegadi). SHerigi tovonlarini er tomon bosadi, “Boshlandi” degan komanda bilan tirsaklari sonlariga tekkuncha keskin bukiladi va birinchi olatga qaytadi. 1 minutda nechta bukilishi hisobga olinadi. Mashq gimnastik to‘shakda bajariladi.

Bu testing vazifasi – gavdani bukiluvchanligini ta’minlovchi mushaklar quvvatini o‘lchash.

5. Oyoqlarni egmay, o‘tirgan holatda egilish.

Sinaluvchi tomondan shunday o‘tiradiki tomonlari AB chizig‘ida bo‘lsin tovonlar oralig‘i 20-30 sm. Ular vertitsal, qo‘llar oldga cho‘zilgan, kaftlar pastga qaragan. SHerigi tizzasini erga bosadi, egilayotgan paytda oyoq bukilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uchta ohista egilish bajariladi kaftlar chizilgan yo‘ldan sirg‘aladi. To‘rtinchi egilish – 3 sm gacha. Natija eng yaxshisi barmoq uchlari o‘tgan joydan hisoblanadi, aniqligi 1,0 smgacha.

Testni belgilashdan maqsad – umurtqa va tosning bo‘ksa suyaklari egilish faolligini o‘lchash. Normativ talab bolalar uchun +3-4 sm (3 yosh bolalar uchun) va +7-8 sm (7 yosh bolalar uchun). Qizlar uchun shunga binoan +9-10smdan +13-14 smgacha.

6. Muvozanatni aniqlash.

3 yoshdagi bolalar markaziy asab tizimining muntazamlik hosil qiluvchi funksiyasini aniqlash uchun tovonlari juftlangan holda halqada gavda muvozanatda qancha vaqt tik saqlanishi belgilanadi, bunda qo‘llar pastga yo‘nalgan, tomoshabinlar bo‘lmaydi.

7.Harakatning maksimal sur’ati.

Bolalarga bir hil qog‘oz varag‘i va qalam tarqatiladi. Testing shart-sharoiti tushuntirilgandankeyin vaqt belgilanadi va bolalar qog‘oziga kim ko‘p, nuqta qo‘yishga kirishiladi. Keyin qog‘ozning orqa tomonidan shu vazifa qaytariladi. Keyin nuqtalarni sanash uchun 4-rasmdan ko‘rsatilganidek chiziq bilan birlashtiriladi. Eng yaxshi chiqqani hisobga olinadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya darajasini kontrol sifat ko‘rsatkichlari:



  1. Ozodagarchilikning asosiy qoidalarini xabardorlik darajasi, ertalabki jismoniy mashqlarni va kechki kuchni tiklovchi gimnastikani o‘tkazish kun tartibi.

  2. Eng oddiy harakatlarni bajarishni va malakasini egallash (qomatni to‘g‘ri tutish, yurish, yugurish, sakrash, itqitish, tirmashib chiqish, tashlanish va to‘p uzatish).

  3. Jimoniy tayyorgarligini ko‘rsatuvchi sontrol ko‘rstakichlarini bajarish.

  4. Harakatli va sport o‘yinlarini (oddiylashitirilgan qoida bo‘yicha) o‘ynay olish qobiliyati.

  5. O‘z jismoniy tayyorgarlik darajasini baholay bila olish.

  6. Kundalik ertalabki gimnastika, chiniqtiruvchi va kechki gimnastikani muntazam ravishda bajarish.

  7. Oiladagi sport yangiliklari, oila sport klubidagi voqealarga mashxur sportchilar yutuqlariga qiziqish.

Bolalarning jismoniy tayyorgarligini baholaganda bosh mezon qilib salomatligi va o‘z organizmini kamolotga etkaza olish qobiliyatini tushuna olish kerak, uning atletik kuchini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni emas. Biroq hayotda masala butunlay boshqacha hal qilinadi. Asosiy e’tibor musobaqalarda qatnashgan faoliyatiga beriladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya o‘tkazuvchi
mutaxassislar va ko‘pdan-ko‘p ota-onalar musobaqani “hayot maktabi”, “shaxs shakllanuvchi laboratoriya” deb biladilar. Bu haqiqatdan ham shunday. Aynan bolalar bog‘chasida jismoniy faolikka ongli ravishda qiziqtirishga asos solinadi, bu faqat muhi omil bo‘lmay, jamiyatda o‘zligini anglab etish yo‘llaridan biridir.

Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin