16-mavzu: Bolalarining fel-xulqi xususiyatlari
Insonning o‘sib rivoj topishi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy etishish jarayonlarini o‘z ichiga oladi, irsiy va kiyinchalik qabul etgan hususiyatlarning barcha miqdor va sifat o‘zgarishini qamrab oladi. Irsiy deganda avlodlarda ota-onalar bilan biologik o‘hshashlikning qayta tiklanishi tushuniladi. Irsiy hususiyatlarga inson organizmining anatomik-fiziologik tuzulishi, uning kamolatga etishuv bosqichlari, asab tizimiing o‘ziga hos hususiyatlari kiradi.
Irsiy anatomik-fiziologik hususiyatlarga terisi, ko‘zi, sochining rangi, gavda to‘zilishi, asab tuzulishining turlari va shuningdek inson zotining vakili sifatida xusisiyatlari yuksak tashkil topgan miya, nutq qobiliyati, tik holatda yurish, tafakkur va mehnatga qobiliyat/.
Irsiy merosdan odamning tug‘ma hususiyatlarini ajratish lozim, ular odatda ona qornida ekanligida shakllanadi. Ayol ikkiqatlik davrida uning ovqatlanish imkoniyati, bemor bo‘lishi ayniqsa yuqumli kasalliklar, viruslar bilan, nur ta’sirida, asabiy larza, umuman shu davrdagi xayot tarzi qorindagi bola organizmining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, o‘sayotgan pushtni funksional, gohida organik o‘zgartirishi mumkin.
SHunday qilib, bola aniq bir irsiy va tug‘ma sifatlari bilan dunyoga keladi. Ular orasida shundaylari borki ruhiyatning rivojiga ta’sir etadi. Masalan, oliy asab faoliyati turi va boshqalar. Tabiiy meros asosida miya va asab tizimiing anatomik va fiziologogik hosliklari, qobiliyat, istedod rivojlanishi mumkin, biroq istedodning mavjudligi rivoj topishi muqarrar degan so‘z emas. Agar maqul sharoit va zaruriy faoliyat bo‘lmasa bu iste’dod ochilmay, rivojlanmay qolishi mumkin.
Ruhiy o‘sish davrida bilish irodasi, his-xayajon jarayonlarida o‘zgarishlar ketadi, inson shakllanadi, chunki odam aniq, yolg‘iz o‘ziga hos jismoniy va ruhiy holatlarga egadir. SHahsning ruhiy hususiyatlari uning mijozi, fe’li, qobiliyati, tafakkur darajasi, aniq rivoji va qiziqishi va boshqalar. Inson bioligik mavjudot sifatida dunyoga keladi. SHahsiy xayoti davrida u shahsga aylanadi, olis va og‘ir rivoj yulini bosib o‘tadi. SHubhasizki bu jaroyon o‘zgarishlar ta’sirida kechadi, bu o‘zgarish bir holatdan sifatdan bo‘lak, nisbatan kamolotga etgan ikkinchi holatga o‘tish uchun hosdir, o‘ parchalanish, tanazzul va inqirozga qarama-qarshidir. Inson rivojida nima mo‘himdir: bolaga taabiy meros bo‘lib o‘tgan hususiyatlarimi yoki uning o‘rab olgan odamlar, ijtimoiy muhit ta’sirimi? Ijtimoiy muhit tushunchasiga jamiyatning moddiy hayot tarzi, uning iqtisodi, jamoat va davlat tuzumi, jamiyatda turli ijtimoiy guruhlarning tutgan o‘rni, mulkka bo‘lgan egalik va boshqalar kiradi. Bu masalani hal etishda turli qarashlar mavjud bo‘lib, ko‘rsatilgan omillarning ta’sirini har hil baholashadi. Bir hillar o‘sish jarayonini inson to‘g‘ulishida mavjud hususiyatdaring pishib etilishi, deb qaraydi. Bunday qarashda tarbiyachiga juda kichik o‘rin ajratiladi, bolalar ota-onalaridan hech qanday meros olmaydilar, shu bois tug‘ilganda barcha bola barobar imkoniyatga ega deydi. Bu nazariya tarafdorlari, bola “oq mo‘m paxtadek toza ko‘ngil” bilan dunyoga keladi , tarbiyachi o‘ndan hohlagan “narsa”sini yasashi mumkin deyishadi.
V.G.Belinskiy bunday nazariyachilarni keskin tanqid qiladi va “bola tabiatiga pusht va mayinlik mavjud bo‘ladi, ular tashqi sharoit va tarbiyaga bog‘liq, rivoj topishi ham so‘nishi ham mumkin”, deb ko‘rsatadi.
Bir amerikalik ruhishunos olim 4-yoshlik bolalardan 2 guruh /teng sharoitda/ tuzib tekshiruv o‘tkazgan, ammo guruhlarning tarbiya dasturi har xil bo‘lgan. “A” dasturi qullanuvchi guruhda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda juda past faollik ko‘rsatgan, eng zarur hollardagini yordam bergan. “B” dastur qullanuvchi guruhda, aksincha, tarbiyachi bolalar bilan keng, iliq muloqotda bo‘lgan, o‘larning tashabbuslarini turli ishlari qo‘llagan, qizg‘in yordam maslahat bergan. Tekshiruv boshlanishida “A” va “B”guruhi bolalarining qiliqlari, fe’llari deyarli bir hil bo‘lgan. Ammo tekshiruv ohirida /8 oydan so‘ng/ bolalrning fe’llari butunlay o‘zgarib qolgan. Tarbiyachi bolalar bilan keng va iliq muomilada bo‘lib, o‘lar faoliyatini qizg‘in ko‘zatib borgan “B” guruhida bolalar o‘rtasida o‘rtoqlik, do‘stlik munosabatlari vujudga kelgan, ular orasida janjal kash chiqqan, ular tez-tez tashabbus ko‘rsatishgan, bir ishlari muvaffaqiyatsiz chiqsa , hotirjam qarshi olishgan. Barcha holda “A” guruhiga nisbatan ijtimoiy muloqot darajasi yuksak ekanligi namoyon bo‘lgan.
Ruhishunos olim P.A.Tix o‘z ko‘zatuvlarinishuni aniqlaganki, har hil muhitda yashovchi teng yoshdagi bolalarning so‘z boyligi barobar emas. Masalan: ko‘pda muomilasi yuq sharoitda yashovchi bolalarning so‘z boyligi 2 yoshlik davrda bor-yug‘i 25, 3 yoshligida 196 ta bo‘lgan, ularning tengdoshlari, ammo doimo muloqotda bo‘luvchi sharoitda yashovchi bolalarda 2 yoshda 285 ta, 3 yoshda-2050 ta so‘z boyligi bo‘lgan. Bola rivoji uchun tarbiyachi va o‘qitishning katta ahamiyatini ko‘p olimlarning bir tuhumli egizaklar – bir undirishdan hosil bo‘lgan va keyinchalaik xujayralarga ajralgan bolalar ustida olib borgan ko‘p yillik tekshiruvlari juda ishonarli isbot qildi. Bu egizaklar haqiqatdan ham biologik xamjino organizmli, bir hil irsiylikka ega egizak hisoblanadi.tekshiruv jarayonida egizaklarni ikki paralel guruhga ajratadilar va shu bilan bir hil tabiiy asos yaratdilar, keyin har hil metodda o‘quv-tarbiya mashg‘ulotlarini boshladilar. Ikkala guruh boladarga mustaqil bajarish uchun turli hil aqliy faoliyat talab qiluvchi vazifalarni tpshirishdi. Natijada bu ikki guruh bolalarning aqliy jihatdan o‘sish darajasi bajargan aqliy ishlari va faoliyatlari harakteriga qarab turlikcha bo‘ladi. Demak, bola rivoji juda murakkab va turli hildagi uning faoliyati bilan belgilanuvchi chuziq o‘zgarish jarayonidir.
Ayrim oilalrdagi irsiy qobiliyati, bir necha bo‘g‘in avlodlarda iste’dodli kishilarning paydo bo‘lishiga shunday izoh beriladiki, ko‘p jihatdan nafaqat avlodga ma’lum bir qobiliyat o‘tkazish, balki bolalarni shu sohaga erta qiziqtirish sharoitida tarbiyalash va mashg‘ulotning sha turini erta egallashga ko‘mak berishidir. Irsiy qobiliyatlar ma’lum bir mehnat yoki ijod turiga yo‘nalgan bo‘lmaydi. Masalan: bola faqat nutq umumiy qobiliyati bilan tug‘iladi, ammo qaysi tilda gapirishi otrof-muhitga bog‘liq. Odam rivojiga muhitning ta’siri masalasi ko‘rar ekan, pedagogika shahoning shakllanishi va ayniqsa shaxsning rivojida sof insoniy qobiliyatlarni o‘stirishda (nutq, tafakkur, yurishni bilish) jamiyatning va odamlar bilan muloqotning rolini ta’kidlab o‘tadi. Masalan: go‘dakligidan hayvonlar orasiga tushib qolgan bolalarda bu qobiliyatlar rivojlangan, o‘larning bu qobiliyatlarini rivojlantirish shu darajada tormozlanib qolganki, bunday bolalar , odamlar orasiga tushib qolganlarida odamlar bilan muomila qilishni arang o‘rganadilar yokt insonlar tarziga butunlay o‘rgana olmaydilar. Odam bo‘lish uchun, odam bo‘libtug‘ulish kerak. Ammo odam deb to‘liq nomlanish uchun, tug‘ulishning o‘zi kifoya etmaydi va eng qadimgi yozuv tekshiruvlaridan biri bundan 350 yillar muqaddam hind podshohi tomonidan o‘tkazilgan. Bu podshoh donishmandlari, har bola o‘z ota-onasi tilida gapiradi, hatto ularni hech kim gapirishga o‘rgatmagan taqdirda ham, deganda, podshoh bahslashib qolgan ekan. Podshohning amri bilan har hil millat go‘daklaridan yig‘ishib, ularni bittadan alohida hilvat hochalarga qo‘yishipti. Bolalar 7 yil o‘z xonalarida yashabtilar. Ularga soqov xizmatkorlar qarashibdi, bolalar biror marta inson ovozini eshitmapti. Sinov tugab bolalar odamlar kirishsa, bolalar gapirish o‘rniga har xil ovoz chiqarar, vovillar, g‘inshir emish. Ijtimoiy jihatdan ajratilgan sharoitda katta qilingan bu bolalar hech bir jihatdan boqilgan jonivorlardan farq qilmasdi. 1828 yilda Nyurberg shahrida bir qiziq yigitcha topilgan. Uning yonida mavjud bo‘lgan xatga qaraganda 1812 yilda tug‘ilgan. 16 yil odamlardan butunlay ajratilgan holda saqlangan, atrof-muhitdan hech qanday ma’lumot olmagan, yigitchaga qalam-qog‘oz berishganda, qandaydir rasmlar chizib, bir narsalar yozgan, yolg‘iz “Kasper Xauzer” degan so‘zni anglab bo‘lgan. SHahar aholisini uni shunday atagan. Uni odam deyisholmagan, chunki u gapirmas, hayvonga o‘xshab yurar. Faqat non er, suv ichardi, tunda kundizgidan yaxshi kurardi. Aqliy rivoji jihatdan xayvonga yoki ruhiy rivojlanmagan odamga o‘xshardi. Uning xotirasi g‘ur, juda ziyrak va har narsaga qiziquvchan edi. Kasper Xauzer ko‘p g‘ayrat ko‘rsatib, qay darajadadir odamga o‘xshadi. Ammo unga sirli sharoitda ikki marta suiqasd qilishdi va o‘ldirishdi. Sirlari o‘zi bilan ketdi. Tibbiyot olimlari va pedagoglar bolani insonlar jamoasidan ajratib qo‘yishlik qanday tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishiga misol kelib, ko‘pincha Kasper Xauzerni ko‘rsatishadi. Nemis ruhiyatshunoslari bu hodisani Kasper Xauzer sindromi dnb ataladi.
1920 yilda Hindistonda bo‘rilar uyasidan bo‘ri bolalari bilan birga ikkita qizcha topilgan, bittasi tezda o‘lib qolgan, ikkinchisi ko‘rinishidan 7-9 yoshlarda bo‘lgan. Bu qiz emaklab yurgani, kafti va tizzasiga tayangan , yugurganida esa kafti bilantovoniga tayangan, kiyim kiydirishganda itqidib tashlayvergan, bo‘rilarga o‘xshab tili bilan shappilatib suv ichgan, ovqat eyayotganda, oldiga borishsa irrilagan, kechalari bo‘riday uv tortgan. Ikki yildan so‘ng tik to‘rishni, yana to‘rt yildan keyin yurishni o‘rgangan. Etti yil ichida 45 ta so‘zni yodlashga muvaffaq bo‘lgan. 17 yoshida mutaxassislar uni aqliy rivoji jihatidan 4 yoshlik bolaga tenglashtirilgan.
Qadamiy Rim davridan to 1940 yilgacha turli mamlakatlarda hammasi bo‘lib hayvonlar odam bolalarini boqqan 30 hodisa qayd qilingan. Bolalarning qiliqlari hayvonlar qilig‘ini eslatardi – ular chirmashib chiqishgan, sakrashga usta , kuchi va chaqqanlogi etarli, emaklab yurganlar va chopganlar, anglash qiyin ovozlar chiqarishgan, olamdagi yirik olim va pedagoglar ularni qayta tarbiyalashga uringanlar, ammo bolalikda yuqotilgan fazilatlarini qayta tiklab bo‘lmagan. Bu yana bir karra shuni ko‘rsatadiki, yoshlik, ayniqsa 5-6 yoshli insonning to‘la qimmatli ruhiy rivojda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Insonlar jamoasidan tashqarida odam bo‘lib etishib bo‘lmaydi.
Maymunni odamga aylantirish harakati ham samarasiz bo‘lib chiqdi, masalan, N.N.Ladigina Kote sovet hayvonlar ruhiyatshunos 1,5 yoshlik shimpanze o‘z oilasida 2 yildan ortiq tarbiya qilgan. N.N.Ladigina Kote oilasida o‘g‘il bola to‘g‘ilganda, xuddi bir paytlari maymungacha tutilgandek kundalik daftarcha tutilib, bolaning o‘sishi a undagi barcha o‘zgarishlar qayd qilib borilgan. Bu kichkintoylarning o‘sishida / ayniqsa birinchi yili / ayrim o‘hshashliklar bo‘lgan / his-hayajon va harakat reaksiyalarida, harakatlar keskinligida/, ammo jiddiy farqlar bo‘lgan. Maymunchani uy-asbob uskunalidan to‘g‘ri foydalanishga: tik yurishga, boshqalar bilan nutq yordamida muloqotga bo‘lishlikka, insonlarga xos xususiyatlarga o‘rgatishga urinishlar natija bermagan. Inson bolasi inson bo‘lib katta bo‘lgan, odamsimon maymun bolasi maymunligicha qolgan.
Demak insonga hos bo‘lgan ruhiy hususiyatlarga ega bo‘lmish uchun odam imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun odam imkoniyatlari singigan odam miyasi bilan tug‘ilish kerak, bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan.
Odamning shaxs sifatida fe’l-atvori biologik va ijtimoiy omillar birligi bilan belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |