17-mavzu: Oqlilona tartib-bola hayotining to'g'ri tashkil qilish asosidir "Tartib" tushunchasini belgilash. Uyqu
Ilmiy-texnik katta o‘zgarishlar va ko‘payib borayotgan ma’lumotlar sababli inson bolalik davridanoq o‘zini o‘rab turgan muhit haqida ko‘p ma’lumotlarni o‘zlashtirishi lozim. SHu narsa aniqlanganki, inson intelekti bola tug‘ilganda 4 yoshga kirguncha 50%, 6 yoshgacha 30% shakllanadi /ma’lumot professor Blyumniki/, 4 yoshgacha bola miyasi tashqi ta’sirni nihoyatda yaxshi qabul qiladi, keyinchalik borgan sari bu qobiliyat kamayib boradi. SHu bilan birga maktabgacha va ayniqsa undan ham kichik yoshda asab tizimi faoliyati o‘ta noto‘g‘riligi va tez toliqishi bilan xarakterlanadi. SHu sababli, bosh miya katta aqliy ishni muvaffaqiyatli uddalay olishi uchun, optimal tartib joriy etish lozim, ya’ni ish faoliyati va dam olishni shunday tartibda tuzish kerakki, bola organizmining xayot uchun zarur xizmatlari majmuining ma’qul maromini ta’min etsin. Eng soz tartib jismoniy mashqlar, aqliy mehnat, uyqu, bardamlik, o‘yin-kulgu bilan oqilona almashivu bilan belgilanadi. Bola xayotining birinchi kunidan boshlaboq tartib-asab tizimining bosh omili normal taraqqiy etish uchun sharoit yaratish muhimdir. Tartib to‘g‘ri tuzish uchun, ikki asosiy qoidagi amal qilish lozim:
1.Miya doim faol holatda bo‘ladi, xatto uyqu vaqtida ham.
2.Organizmning xayot uchun zarur xizmatlari majmui aniq bir maromda kechadi.
Tartib nafaqat bolalar faoliyatini tashkil etishda yordam berishi kerak, balki har bir bolaning hayotiy maromiga aylanishi lozim. Oqilona tartib dinamik steriotipining shakllanishiga va fiziologik jarayonning o‘tib borishiga, ularning biologik suratiga binoan eng qulay sharoit yaratib beradi. Bu esa ruhiy va jismoniy sog‘likni zarur darajada ushlab turishga imkoniyat beradi.
Sog‘liq nima? Bir necha ta’riflar mavjud bo‘lib, jumladan, Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti dasturida shunday deyilgan: “Sog‘liq nafaqat kasallik va shikastlarning yuqligi bo‘lmay, bu badan ruhiyat va ijtimoiy jixatlardan to‘liq behatar holatdir”.bu ta’rif ko‘proq kattalar organizmiga taaluqlidir. Ikkinchi ta’rif shunday “Bizni o‘rab olgan muhit sharoitlariga, eng yaxshi uyg‘unlashgan kishi sog‘ deb tasavvur etish mumkin”. Bu ta’rifda o‘sayotgan bola organizmining aniq yosh davriga individual yondashishning shartligi nazarda tutilgan.
Insoniyat azaldan sog‘liqni mustahkamlash yomon ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatishni yaxshilash yullari haqidagi ma’lumotlarni yiqqqan. Sog‘liqni saqlashnining muhim omili tartibni muntazam bajarish. Sog‘liq uchun tartibning muhimliligiga keksayguncha yashagan kishilarning, ayniqsa Dog‘iston, CHechen, Ingush qishloqlaridagi uzoq umr kechiruvchilarning turmushi va xayot tarzi yorqin misol bo‘la oladi. Uzoq yashovchilar hayotining katta qismini bir maromda , xayot tarzini ravon ushlab turish bilan o‘tkazganlar. Bunga albatta asrlar bo‘yi tartib topgan an’alalar, odatlar, baland tog‘lik joylarga hos bo‘lgan atrof muhitning nisbatan sekin o‘zgarishianchagina yordam bergan.
SHunday qilib, hayotinining birinchi oylaridan boshlab bolada bedorlik, uyqu, ovqatlanish, faoliyatining har xil turlariga nisbatan odatlanish ishlab chiqilishi lozim. Har bir yosh davrida muvofiq hayot tartibi ishlab chiqiladi.
UYQU
Tartibni oqilona tashkil etish asosida bola uxlashi lozim, avvalo birodarlik bilan uyqu o‘rtasida ma’qul nisbat o‘rnatiladi. Uyqu – bu organizmning biologik talabi. Bedorlik – hayot faoliyatining faol shakli, bunga ko‘p fiziologik tizimlar va a’zolar qattiq ishlaydi. Bedorlikni miya qobig‘i ostidagi qismida joylashgan markazning faolligini ta’minlaydi. Uyqu paytida bu markazni, quzg‘atish uyg‘onishga olib keladi. Uyqu ko‘pincha bedorlik markazi bilan qushni joylashgan, maxsus uyqu markazining faoliyati natijasida faol jarayon sifatida paydo bo‘ladi. Bu tizim bedorlik tizimining vaqti vaqti bilan faol tormozlanishi bilan bamisoli haqiqiy bioligik soat sifatida ishlaydi, asab quvvatining ortiqcha harj bo‘lganidan ogohlantiradi. Uyqu vaqtida odam faoliyati tuhtaganday bo‘ladi, tashqi dunyo bilan aloqa o‘ziladi, deyarli harakat to‘htatiladi, uning yurak o‘rishi sussayada va boshqalar. YAqinlarda ham barcha uyqu paytida miya dam oladi deb hisoblashadi. Biroq shu narsa isbot qilingani, uyqu paytida tormozlanish bo‘lmaydi, faol qayta o‘zgarish va miyaniyak ayrim qismlarida vazifalarni taqsimlash yuz beradi. Tush bo‘lsa, bedorlik davrida miyaning turli qismlari olgan ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish jarayonidir. Demak, odamzot miyasi bir muncha navbatda inson organizmmidagi eng katta zahmatkashdir, unga faoliyati uchun eng yaxshi, qulay sharoitni yaratib berish zarurdir. Mana shandan tartib saqlash mumhumligi ko‘rinib to‘ribti. Tartib miyaning katta va kichik faollik davrlaring almashinuvini ta’minlaydi.
Tush bir qancha bahonaga ega, boshlang‘ich bahona- bu yuzaki uyqu, undan kien mushaklar bushashgan chuqur uyqu pag‘onasi, bunda qon bosimi ham kamayadi. Boshlang‘ich pog‘onada miya faolligi katta emas, chuqur uyquda u shu qadar faollikdagi, bedorlik holatiga yaqin borib va ko‘pincha bedorlik vaqtidagidan ham katta faollikka, tush ko‘rishlikka etib boradi, uxlab yotgan kishilarning kiprigiga o‘langan qilsimlr tush ko‘rayotkan vaqtda ko‘z soqqalarini belgilash imkonini bergach. Bu ma’lumotlar faqat kattalarga emas, shuningdek bolalarga ham ta’luqli.
Bolalar kattalardek tezroq o‘hlab qolishadi. Bu bedorlik vaqtidagi qattiq jismoniy va aqliy faollik hamda bosh miya qobig‘i xujaylarining tezda toliqish va ozayishi bilan izohlanadi. Bolalar muassasalarda kunduz kunlari hamma bolalarni uyqudan so‘ng barobar uyg‘otadilar, shunda ayrim bolalar hali chuqur uyquda bo‘ladi. Ana shunday notug‘ri usullarning tezda-tezda qullanilishi ayrim bolalar salomatligiga zarar etkazishi mukin.
Ichki sekretsiyalar bezlari funksiyalarini tekshirilganda shu narsa tasdiqlandiki, chuqur uyqu paytida miya ortig‘i tomonida ko‘p miqdorda ustiruvchi gormonlar emiriladi, chuqur uyqu vaqtida bolalar intensiv o‘sadi, deyish mumkin. SHu narsa ham isbot qilinganki kshp uxlab qolish va yurak tomir tizimlari holatlariga nohush ta’sir ko‘rsatadi. Biroq bolalar muassasalari kundalik hayotida chala o‘xlash xislariga nisbatan ko‘p uxlash hollari anchagina kam uchraydi.
Tartibning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan uyquga ehtiyotlik bilan individual yondashish, ayniqsa, zaif bolalar uchun zarurdir.uzoq yuzaki uyqu organizmni etarli dam olish bilan ta’minlay olmaydi. SHu sababli uyqu uzoq, chuqur, tinch bo‘lgan taqdirdagina to‘la himmatga ega bo‘ladi.
Bolalar bedorlik vaqtida tezda charchab qolishlari sababli, kunduzgi uyquga muhtojlar. SHu sababli kuduzgi uxlamaydigan bolalar tashvishga soladi. Odatda asabiy bolalar uxlashmaydi, vaholanki uyqu birinchi navbatta shunday bolalarga zarur. Ular juda qiyinchilik bilan uxlaydilar, bu ulurning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bolalar normal uyqusiningbuzuzlishiga ko‘pincha tartibni aniq bajarmaslik, hamda oila va bolalar muassasalarida tarbiyaviy usullarda birlik va turg‘unlik yuqligi sabab bo‘ladi.
Bir kunlik tartib va uning tuzishning zarur asoslari.
Tartib – bu hayot maqomi, ya’ni bolalarni uxlatish, ovqatlantirish, bedorlik va faoliyati turlarini almashtirish vaqtiini, ularning aniq bir izchilligini to‘g‘ri taqsimlashtirdir. Tartib mahkam saqlangan , bolalarni uxlatish, ovqatlantirish, bedoraklik va faoliyati turlarini almashtirish vaqtini, ularning aniq bir izchinligini to‘g‘ri taqsimlashdir. Tartib mahkam saqlangan , bolalar muassasalarida sog‘lomlashtirish va tarbiya ishlar bo‘yicha barcha vazifalarni bajarish mumkin. Tartibni ishlab chiqilayotganda quydagilarga e’tibor berish lozim:
-bolalar yosh;
-ularning salomatligi;
-har bir bolaning individual hususiyati;
-mavsum, ya’ni qishki-kuzgi va baxorgi pallalar;
-ota-onalarning ish grafigi/ ayniqsa ko‘krakdan ajratilmagan bolalar uchun zarur;
-bir kungi, tungi va kunduzgi uyqulari muddati haqida ma’lumot;
-necha mahal ovqatlanish; ular o‘rtasidagi vaqt, bedorlik vaqtining maksimal ko‘rsatgichi.
Bolalar muassasalarda bolalar yoshlariga, kunlik tartibining ajratuvchi hususiyatlariga qarab guruhlarga bo‘linadi. Bola qancha yosh bo‘lsa shuncha tez o‘sadi, shu sabab tartibi ham tez-tez o‘zgaradi. Masalan, yasli birinchi /kichik/ guruhda bir bolaning tartibi yil davomida 4 marta, ikkinchi /o‘rta/ guruhda 2 marta o‘zgartirish mumkun, chunki kunduzi 4 marta uxlatiladigan bola 1 martalikka 7 marta ovqatlantirishdan 4 marta ovqatlantirishga o‘tkaziladi. Tartib bola yoshiga to‘g‘ri kelishi va uning hayotining birinchi oylaridan joriy etilishi lozim. Tartibni tuza1tgan vaqtda bolaning holati , salomatligi e’tiborga olinishi kerak. Kasal va jismonan nimjon bolalr tartibi shu yoshdagi sog‘lom bolalr tartibidan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |