Qo‘shimcha adabiyotlar 1.Sh.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488
2.Sh.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent –“O‘zbekiston” -2017.104 B.
3.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2017. -46 b.
4.Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti. –T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010. – 42-46 b.
5.22 .Uzviylashtirilgan o‘quv dasturi. –T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010. – 46-68 b.
Elektron ta’lim resurslari: 1.www.gov.uz – О‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
2.www.academy.uz - (Fanlar akademiyasi)
3.www.nadlib.uz - (A.Navoiy nomidagi O‘z.MK)
4.http://ziyonet.uz - Ziyonet axborot-ta’lim resurslari portal
MUSTAQIL TA’LIMNI O‘ZLASHTIRISH TARTIBI
Umumiy qoidalar Ushbu fandan TMI O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 16 iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom” asosida ishlab chiqilgan va kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida tashkil etiladi va baholanadi.
Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun
belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘qishning boshlang‘ich qismida talabaning mustaqil ishini tashkil etish bir
qator vazifalar bilan bog‘liq. Shuning uchun har bir professor-o„qituvchi dastlab
talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr- toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishini to‘g‘ri tashkil qilishga
o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda
o‘zlashtiriladigan bilim va ko`nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib,
kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib
borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
Ma’lumki, talabaning mustaqil ishi auditoriya soatiga kirmaganligi sababli
ko‘pincha talabalar va professor-o‘qituvchilar nazaridan chetda qolmoqda.
Yo‘riqnomada talabaning mustaqil ishini qanday tashkil qilish va uni qanday
baholanishi haqida so‘z yuritiladi.