14. Dars berishning sub’ektiv tomonlariga nimalar kiradi?
a. shu fanni o‘qituvchi tomonidan o‘zlashtirish, metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, dars jarayonida qo‘llay bilishi;
b. shu fanning xususiyatlari;
c. shu fanning mazmuni;
d. dars berishning shakli
15. Dars berishning ob’ektiv tomonlari o‘z ichiga nimalarni oladi?
*shu fanning mazmuni, xususiyatlari;
o`quv-tarbiya jarayonida ishlatiladigan uslublari;
amaliy tayyorgarlik darajasi;
uslubiy tayyorgarlik darajasi.
3-bo‘lim.MUSTAQIL ISHLASH VA BILIMNI NAZORAT QILISHNI TASHKIL ETISH
16-mavzu: IQTISODIY FANLARNI O‘RGANISHDA MUSTAQIL ISHLASHNI TASHKIL ETISH
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning hususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
* Qabul qilingan qonun, Prezident farmonlari, qarorlarini o‘rganish;
Prezident asarlari, nutqlari va iqtisodiy masalalarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni konspekt qilish;
ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
berilgan mavzular bo‘yicha referat, axborot tayyorlash;
o‘rganilayotgan fanning eng dolzarb muammolarini qamrab oluvchi referatlar yozish;
laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;
hisob, grafik ishlarini bajarish;
nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;
maket, model va namunalar yaratish;
ilmiy maqola, anjumanga dokladlar, ma‘ruza tezislarini tayyorlash;
ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy mavzularda bo‘lib o‘tadigan ilmiy, amaliy konferensiya, seminar mashg‘ulotlar va davra suhbatlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularda qatnashish;
turli jamg‘armalar tomonidan tashkil qilingan tanlovlarda ishtirok etish;
o‘rganilayotgan fan bo‘yicha mavjud asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |