Jizzax politexnika instituti


Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə81/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Iqtisodiy topishmoqlar va paradokslar tanlovi
Iqtisodiy konsepsiyalarni tushunish, real hayotda qo‘llashni o‘rganish uchun eng qulay metodlardan biri «Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi» hisoblanadi. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o‘quvchi-talabalar iqtisodiy konsepsiyalarni bilishlari zarur. Ular o‘quvchi, tala-balarni keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniq va izchil tassavvur qilish, fikr yuritishlariga yordam beradi. Buning uchun o‘quvchi-talabalarga ana shunday ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradigan iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tayyorlashni topshirib, ular o‘rtasida tanlov o‘tkazish mumkin. Iqtisodiyotni o‘rganishda va tadqiq qilish iqtisodiy topishmoq, paradokslarni yechishda deduktiv fikr yuritishni taqozo qiladi. Bu yerda «deduktiv» fikr deganda, ilmiy jihatdan iqtisodiyot bizni ma‘lum prinsiplar, ilmiy taxminlar bilan qurollantiradiki, ulardan masala, muammolarni yechishda foydalanamiz. Ulardan foydalanish o‘quvchilarga go‘yoki start maydoni – foydali va foydasiz mulohazalarni ajratishga yordam beradi. Paradokslar tanlovi iqtisodiyotni chuqur o‘rganishga, nima sababdan u uoki bu qonunni qabul qilish va uning natijasini anglab etishni o‘rganishga yo‘naltiradi.
Quyidagi ilmiy taxminlardan tadqiqiy masalalarni yechishda foydalaniladi. Iqtisodiy paradokslarning javoblari ulаrgа tayanadi: 1. Kishilar tanlaydilar. 2. Tanlov xarajatlar bilan bog‘liq. 3. Odamlar rag‘batlantirishga qanday qarashlarini oldindan taxmin qilish mumkin. 4. Odamlar iqtisodiy tizim yaratadilar. U o‘z navbatida individual tanlov va stimullarga ta‘sir etadi. 5. Odamlar ixtiyoriy almashuvdan doimo yutadilar. 6. Odamlarning tanlovi kelajakda namoyon bo‘ladigan oqibatlarga olib keladi. 7. Bozorning kamchiliklarini hukumat to‘ldirishi mumkin.
Paradokslar kabi topishmoqlarni tayyorlab kelishni o‘quvchi-talabalarning o‘ziga topshirish ularni fikrlashga, u yoki bu kategoriya, tushuncha, atamalar-ning mazmuni, o‘ziga xos jihatlariga alohida ahamiyatga ega jihatlariga, xususiyatlariga diqqat qaratishga o‘rgatadi. Paradokslsr va topishmoqlar o‘rganilayotgan mavzular va ularda muhokama qilinadigan savollarga bog‘lab o‘rganiladi. Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovini o‘tkazishdan avval albatta o‘quvchi-talabalarga ularni qanday tuzish kerakligini ko‘rsatish lozim. Paradokslar iayyorlash. Iqtisodiy paradoksni qanday tuzish mumkin? 1. Sizga g‘alati tuyulgan voqea, hodisa, narsalarga diqqat qiling. 2. Muammoni aniqlab, hamma uchun tushunarli dastlabki fikrni ifodalang. Masalan: Oziq-ovqatga past narxlarni ushlab turish kerak. Biz har bir odamni yeyish uchun oziq-ovqati bo‘lishini xohlaymiz. 3. Muammoga boshqa tomondan yondashing. Unga qarama-qarshi fikr o‘ylab toping. U ham birinchi gap, taklif, fikrga o‘xshab mulohazali, oqilona bo‘lishi kerak. Masalan: Qaerda oziq-ovqat mahsulotlarining bahosi bozor muvozanati bahosidan past bo‘lsa, u yerda peshtaxtalar bo‘sh bo‘ladi. 4. O‘quvchi-talabalarga noiqtisodiy g‘oya va fikrlar sabablarini chetda qoldirish, ularga e’tibor bermaslikni maslahat beriladi. Uning o‘rniga «iqtisodiy fikrlash tarzi» prinsiplarini qo‘llab, muammoni iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, tushunishga da‘vat qilinadi. U holda biz iqtisodiy muammoni quyidagicha qo‘yishimiz mumkin: «Oziq-ovqatga yuqori narxlarni rag‘batlantirish kerak. Biz har bir odamning yeyish uchun oziq-ovqati bo‘lishini xohlaymiz» Haqiqatan ham baholar rag‘batlantiruvchi stimul tarzida amal qiladi. Agar baholar haddan tashqari past bo‘lsa, dehqonlarning ixtiyoriy ravishda hamma uchun zarur bo‘lgan ovqat tayyorlanadigan ekinlarni ekishga rag‘bati past bo‘ladi. Nisbatan yuqori baholar ularni ixtiyoriy ravishda bunday ekinlarni ekishni ko‘paytirishga olib keladi. Chunki taklif qonuniga ko‘ra ishlab chiqarish hajmi narxga to‘g‘ri proporsional. 5. Qo‘shimcha misollarni o‘rganib, ko‘rsatilgan iqtisodiy prinsiplardan kelib chiqib, yechimi tekshiriladi. Biz юqоridа «Lеоnthеv pаrаdоksi»ni ko‘rib chiqdik.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin