Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə84/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Nazorat savollari:
1. Ijodiy fikrlashga o‘rgatuychi metodlar qanday metodlar? Bu guruhga qaysi metodlarni kiritamiz? 2. « Delfa » metodi boshqa metodlardan qaysi jihatlari bilan alohida ajralib turadi? 3. Iqtisodiy paradoks yoki iqtisodiy topishmoqlar tanlovi o‘tkazsangiz, nimalarga e’tibor bergan bo‘lardingiz? 4. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda o‘rganishga bizni vaqtimiz etmagan boshqa qanday metodlarni qo‘llash zarur deb bilasiz? Ularning mazmunini aytib beraolasizmi?

14-mavzu.IQTISODIY FANLARNI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI QUROLLAR, TARQATMA MATERIALLAR VA TEXNIK VOSITALAR-DAN FOYDALANISH


1. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda ko‘rgazmalilikni ta‘minlash zaruriyati va uning asosiy turlari.
2. Tarqatiladigan materiallar va ularni tayyorlash, dars jarayonida qo‘llash..
3. Fanlarni o‘qitishda texnik vositalarning tutgan o‘rni, turlari, qo‘llash usullari.
4. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Tayanchso‘zvaiboralar:Vizual metodlar. Ko‘rgazmali qurollar. Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchilar). Namoyish qilish. Ekskursiya. Tarqatma materiallar. Axborot beruvchi tarqatma material (AVTM). Topshiriq beruvchi tarqatma material (TBTM). Tа’lim vositalari. Axborot texnologiyalari. Multimedia. Tаqdimоt mеtоdi


1. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda ko‘rgazmalilikni ta‘minlash zaruriyati va uning asosiy turlari.

Metodlarni qo‘llashning turli-tuman modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, ular dars o‘tish shakllari va vositalari bilan ko‘shilib ketadi. O‘qish, o‘rganish idrok kilish, xayolan qayta jonlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Hayot tajribasi ko‘rsatadiki, inson o‘zi ko‘rib, tasavvur qilgan narsani to‘liq o‘zlashtiradi. Avtomobil yoki traktor haqida qancha o‘qigan, og‘zaki eshitgan bo‘lmang, o‘zini ko‘rib, mashq qilmay o‘rganib bo‘lmaydi. Inson tabiatan shunday yaratilgan ekanki, u biron narsani o‘rganishi uchun uni tasavvurida jonlantira bilishi kerak ekan. Shuning uchun ham iloji boricha o‘rganilayotgan predmetni turli vositalar, tasvir, maket, rasm, chizma va boshqalardan foydalaniladi, ya‘ni ta‘limning ko‘rgazmaliligi ta‘minlanadi.


Ta‘limning ko‘rgazmaliligini ta‘minlashni shartli ravishda ikki katta guruhga: ko‘rgazmali va namoyish qilish usullariga bo‘lish mumkin. Ko‘rgazmalilik o‘quvchi-talabalarga turli qo‘llanmalar, jumladan, xarita, plakat, chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Namoyish qilish esa, odatda, qurilma, asboblar, tajribalar, turli tipdagi apparatlarni namoyish qilish bilan bog‘liq. Ta‘limning ko‘rgazmali uslublarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular og‘zaki ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi. So‘z va ko‘rgazmalilikning chambarchas bog‘liqligi shundaki, ob'ektiv borliqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo‘llashni taqozo etadi. Demak, so‘z va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta‘lim vazifasining o‘ziga xos xususiyati, mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalarning xarakteri, o‘quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, oqilona uyg‘unlashtiriladi.
Ko‘rgazmali qurollar yordamida bir vaqtning o‘zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilish shubhasiz talabalarni puxta bilim olishlariga yordam beradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin