Jizzax politexnika instituti


Fanlarni o‘qitishda texnik vositalarning tutgan o‘rni, turlari, qo‘llash usullari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə87/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   245
Jizzax politexnika instituti

3. Fanlarni o‘qitishda texnik vositalarning tutgan o‘rni, turlari, qo‘llash usullari.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalardan foydalanish alohida o‘rin tutadi. O‘qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida dars o‘tish jarayonini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda.
Tа’lim vositalari – o‘quv mazmunini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiririsga xizmat qiluvchi chop etilgan o‘quv materiallari yordаmchi mаtеriаllаr, real va texnik vositalarni o‘z ichiga olаdi.
Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va maxsus texnik vositalarga bo‘linadi.
Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma‘lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, videomagnitofon, kompyuter kabilarga bo‘lish mumkin.
Ta‘lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta‘lim vositalari deb ataladi.
Ta‘lim vositalari real va texnik vositalar, hamda chop etilgan o‘quv materiallarini o‘z ichiga oladi.
Real ta‘lim vositalari odatda, iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha ta‘lim olish jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o‘quv materiallari juda keng qo‘llaniladi.
Tа’limning texnik vositalari (TTV) – o‘quv materialini ko‘gazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkoniyat yaratadi.
O‘quv-uslubiy materiallar (O‘UM) -o‘quv materiallari, o‘zlashtirilgano‘quv materiallarini mustahkamlash uchun zarur yordamchi materiallar, mashqlar va hokazo. Ular talabalarni mustaqil ishlarini bajarishga, o‘z ustiida muntazam ishlashlarini faollashtirishga yordam beradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin