9. Hamma talabalar ham darsga faol qatnashmasligi mumkin, lekin ularning qaysi biri ekanligini aniqlash qiyin, dars o‘tish metodini ko‘rsating. savol-javob;
tadqiqot;
munozara;
kichik guruhlarga bo‘linib dars o‘tish.
10. Eng kichik guruh-juftlikka bo‘lib dars o‘tishga mos keluvchi mashqlar guruhiga nimalar kiradi? hayotda yuz bergan hodisalarni, jarayonlarni nazariy jihatdan tushuntirib berishga qaratilgan mashqlar ;
b. ta‘kidlangan fikrga nisbatan o‘z nuqtai nazarini bildirish va uni asoslab berishni talab qiluvchi mashqlar; c. berilgan topshiriqni mushohada qilib, xulosa chiqarishga yo‘naltiruvchi mashqlar; d. boshqalarni o‘rgatish uchun takrorlash mashqlari.
11. Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish samarali bo‘lishi uchun qaysi qoidalarga amal qilish zarur? dars materialini o‘zlashtirish jarayonida talabalar jamoa bo‘lib ishlashi kerak;
har bir guruhda albatta a‘lochilar bo‘lishi, kichik guruh tarkibi aralash holda bo‘lgani (qizlar, yigitlar) ma‘qul;
butun guruh va alohida talabani taqdirlash tizimi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim;
vaqt jihatdan aniq belgilangan bo‘lishi kerak.
7-mavzu.IQTISODIY FANLARNI O‘RGANISHDA MODELLASHTI-RUVChI AMALIY O‘YINLAR VA TADQIQOT METODI Modellashtiruvchi o‘yinlar: shartli ravishda imitatsion, amaliy, rol ijrosiga asoslangan o‘yinlarga bo‘linadi.
Imitatsion o‘yinlarda biron-bir tashkilot, muassasa, korxona faoliyati andoza qilinadi. Voqyealar kishilarning biror faoliyati(biznes rejasini muhokama qilish, ish majlislari) andoza qilib olinishi mumkin.
Amaliy(operatsion) o‘yinlar. Bunday o‘yinlarda aniq o‘ziga xos voqyea-hodisa, faoliyat, operatsiyaning bajarilishi mashq qilinadi. Amaliy o‘yinlar ish jarayoniga xos ravishda modellashtiriladi.
Rol ijro etish o‘yinlari. Unda aniq shaxsning xulqi, xatti-harakati va majburiyatlarining bajarilish takiasi mashq qilinadi.
Iqtisodiy fanlarda imitatsion o‘yinlarni qo‘’llash imkoni katta.
Quyida imitatsion o‘yin ssenariysi berlgan. Uni o‘qing.