Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə17/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Nazorat savollari:
1.Pedagogik texnologiyani o‘rganish ob’ekti sifatida e’tirof etilishi bosqichlari(davrlari)ni ko‘rsata olasizmi?
2.Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz, unga berilgan qanday ta‘riflarni bilasiz?
3.Ta‘lim texnologiyasi bilan metodlarining farqi bormi? Metodlar ta‘lim texnologiyasida qanday o‘rin tutadi?
4.O‘qitishning an'anaviy metodlari bilan noan'anaviy metodlarining qanday farqi bor? Ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata olasizmi?
5.O‘qitishga (ta‘limga) uch xil yondashuvning qiyosiy xarakteristikasiga ko‘ra qanday xulosa chiqarish mumkin?
6. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli metodlarni qo‘llash zarurligining asosiy sabablari nimada deb o‘ylaysiz?
7.Axborot qanday tarzda qabul qilinsa, uni eslab qolish darajasi eng yuqori bo‘ladi? Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
8. O‘quv jarayonini tashkil qilishda qanday qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin?
9. Turli metodlarni qo‘llab dars o‘tishning ijobiy tomonlari ko‘pligiga qaramay, nima sababdan hali ham turli interaktiv metodlarni qo‘llash talab darajasida emas?

  1. An'anaviy dars o‘tish metodi bilan talabalarni faolligini oshiruvchi (interaktiv) metodlar qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

  2. Dars o‘tishning asosiy metodlarini sanab bering. Ularni qisqacha tafsilotini ayta olasizmi?

  3. Dars o‘tish metodlarini qanday mezonlarga ko‘ra tanlaganimiz ma‘qul?

  4. Dars o‘tish metodlarini tanlash osonmi?

3-mavzu. IQTISODIY FANLARNI O‘RGANIShDA MA‘RUZA


REJA:
1. Ma‘ruza o‘quv jarayonining asosiy bo‘g‘ini. Ma‘ruzaning funkstiyalari va turlari.
2. Ma‘ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablar.
3. O‘qitishning muammoli-izlanish metodlari va ularni qo‘llab ma‘ruza o‘qish.
4. Ta‘limga texnologik yondashuv asosida ma‘ruza oqish
Tayanchso‘zvaiboralar: Mа’ruzа. Kirishma‘ruzasi. Mavzularbo‘yichama‘ruzalar. Yo‘l-yo‘riqko‘rsatuvchima‘ruza. Tahliliyma‘ruza. Yakunlovchima‘ruza. Ma‘ruzalarga qo‘yiladigan asosiy talabo‘lar. Ma‘ruza va uni bayon qilishning bosqichlari. Muаmmоli tа’lim. Muаmmоli vаziyat. Muаmmоli ma‘ruza.

Ma‘ruza o‘quv jarayonining asosiy bo‘g‘ini, dars o‘tishning asosiy shakllaridan biridir. Ma‘ruza bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutilgan, hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtnrnshning murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma‘ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) - o‘qish) o‘quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning mantiqiy izchil, ma‘lum bir tizimga solingan bayonidir. Ma‘ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin: 1) o‘quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida; 2) bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish metodi sifatida.


Ma‘ruza boshqa og‘zaki, so‘z orqali ifodalanadigan metodlardan:
a) nisbatan qat‘iy belgilangan tarkibi; b) o‘quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish; v) tasniflash, tariff berish, obrazli isbotlash; g) beriladigan axborotning serobligi; g) materialni yoritib berishning tizimliligi bilan ajralib turadi.
Ma‘ruza o‘qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi:
1. Professional ta‘lim berish va dunyoqarashni shakllantirish.
2. Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish. Ma‘ruzada talabalarning diqqat-e’tibori o‘quv materialining asosiy mazmuni, qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o‘zlashtirish metodlariga qaratiladi.
3. Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi – tinglovchilarda bilmaganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy fikrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.
4. Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtnrnshga o‘rgatish.
5. Metodologik - ma‘ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.
6. Talabalarga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, ma‘naviy jihatdan barkamol bo‘lishi, mehnatga munosabati, ijtimoiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.
Har qanday ma‘ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma‘ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma‘ruza mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ikkinchidan, fan bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma‘ruza rejasi va reja bo‘yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o‘tkazishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini aniqlash lozim.
Ma‘ruzada darsni uch bosqichga bo‘lish mumkin:
1. Kirish. Avvalgi ma‘ruzada nimalar o‘rganilgan, uning natijasi nimalar bilan bog‘liq, bugungi darsga qanday maqsad qo‘yilyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog‘lanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma‘ruza rejasi, mustaqil o‘qish uchun zarur asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o‘rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.
2. Asosiy bosqich. Bu bosqich ma‘ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o‘tish metodlarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi. Tinglovchilarga mo‘ljallangan axborotlar yetkaziladi.
3. Yakuniy bosqich. Ma‘ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, hodisalar ta‘kidlanadi. Qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma‘ruzada bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
Ma‘ruzalarni didaktik vazifasiga qarab: kirish, mavzular bo‘yicha, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan, tahliliy, yakunlovchi ma‘ruzalarga bo‘lish mumkin.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin