Jizzax politexnika instituti


Muammoli o‘qitishning maqsadlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə20/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Muammoli o‘qitishning maqsadlari:

    • Ta‘lim oluvchilarning mazmunli va izchil bilim olishini ta‘minlash;

    • Muammo yechimlarini topish va uning boshqa yechimlari bo‘yicha ham istiqbolli hal etish yo‘llarini ishlab chiqish;

    • Ta‘lim oluvchilarni kichik guruhlarga bo‘linib, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga o‘rgatish;

    • O‘quvchi, talabalarda shaxsiy mas'uliyat tuyg‘usini uyg‘otish va mustahkamlash.

Muammoli o‘qitishning to‘rt bosqichdan iborat mantiqiy sxemasi quyidagicha.
1. Muammoning qo‘yilishi.
2. Uni yechish yo‘llarini aniqlash.
3. Muammoni yechishning eng ma‘qul yo‘lini aniqlash.
4. Muammoni yechish.

Talaba javob berolmagan savollarning hammasi ham muammoli vaziyatni vujudga keltira olmaydi. Masalan, «qanday harajatlar tashqi harajatlarga kiradi?» yoki «daromad nima?», «foydani hisoblang» kabi masalalar yechimini qo‘yish muammoli vaziyat yoki muammo bo‘la olmaydi.


Talabalar fikrini, diqqatini iqtisodiyotning bosh muammosini o‘rganishga qaratiladi. Bir tomondan, ehtiyojlar cheksiz, ikkinchi tomondan resurslar cheklangan. Ulardan qaysi biri bosh muammo va nima sababdan uni bosh muammo deb ataymiz? Talabalarning fikrlarini eshitib, o‘qituvchi ularning tarafdorlarini aniqlaydi. To‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ko‘rsatib, munozaraga yakun yasaydi. Seminarga tayyorlanish uchun topshiriq beradi.


4.Mа’ruzа o‘qishdа tехnоlоgik yondаshuv vа mа’ruzа dаrsini tехnоlоgik хаritаsini tuzish

Bunga ma‘ruza orqali erishish mumkin. Jadallashtirilgan ma‘ruza tahliliy fikrlash ko‘nikmasini hosil qilish, rivojlantirish, universal asoslarga tayangan holda tayyorlangan ma‘ruzaning mukammallashtirilgan, chuqurlashtirilgan variantidir. Jadallashtirilgan ma‘ruzani har qanday kattalikdagi guruhda o‘tkazish hamda talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta‘minlash mumkin.


Jadallashtirilgan ma‘ruzani qo‘llashga zaruriyat, tadqiqot natijasida ishonch hosil qilingan ikki holatdan kelib chiqadi:
1. Auditoriyaga o‘qituvchi savolni mavzu bo‘yicha ma‘ruzani o‘qib bo‘lgach tashlaganiga qaraganda, ma‘ruza o‘qigunga qadar berishi talabalarni ma‘ruzada bildirilgan fikrlarni yoki materialni yaxshiroq o‘zlashtirishiga olib kelar ekan.
2. Ma‘ruza boshlangandan 15-20 daqiqa o‘tgach talabalarning diqqati susayadi. Demak, metodni o‘zgartirish, talabalarni darsga faol qatnashishga undash zarur.
Buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi?
Bu ishni pedagog olimlar ta‘lim texnologiyasi asosida amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi. Bunda ma‘ruza jarayonida talabalar ham darsga faol qatnashadilar. Dars o‘tkazish hamkorlikka asoslanadi. Ma‘ruza o‘qishda qo‘llaniladigan metod va vositalar uzviy savollar bo‘yicha avvaldan loyihalashtirilib, ma‘ruza darsining texnologik xaritasida ko‘rsatiladi. U darsning «ssenariy»si bo‘lib, uning asosida dars jarayoni tashkil etiladi. Buning uchun ma‘ruza mantiqiy tugallangan qismlarga bo‘linadi. Bu ma‘ruzada qo‘yilgan uzviy savollar bo‘ladi. Har bir qism (savol) a) da‘vat, b) anglash, tushunish, v) fikrlash, tafakkur fazalariga ajratiladi.
1. Da‘vat fazasi. Unda o‘qituvchi ma‘ruzani boshlar ekan, talabalar diqqatini ma‘ruzani eshitishga jalb qiladi. Turli metodlarni qo‘llab, ularni ma‘ruzada faol qatnashishga chorlaydi. Dastlab talabalar mazkur mavzu bo‘yicha nimalarni bilishlari aniqlanadi. Ana shu bilimga dars jarayonida yangi bilimlar qo‘shilishi kerak. Shuning uchun talabalarga tezda bajariladigan turli topshiriqlar beriladi. Savol qo‘yib, aqliy hujum metodini qo‘llash orqali talabalar uchun ma‘lum, o‘rgangan bilimlarini aniqlashni;

    • qo‘yilgan savolni juftlikda muhokama qilish o‘z fikrlarini aytish;

    • avvalgi ma‘ruzada o‘rganilgan tushunchalar mazmunini gapirib berishni taklif qilish orqali amalga oshirish mumkin. Bunga 3-4 daqiqa vaqt ajratiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin