Kadrlar xizmatida xujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish
Bugungi kun amaliyotida personalni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi odatda 3 ta: „Shtatlar jadvali‖, „Xodimlarni hisobga olish‖, „Ish haqini hisoblab chiqish‖ modullaridan iboratdir. So‘nggi vaqtda esa ular nomzodlarni tanlash va xodim-larni attestastiya qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish, personalni boshqarishni axborot-taxliliy qo‘llab-quvvatlash tizimlari bilan to‘ldirmoqda.
Mazkur tizimlardan foydalanilgan holda quyidagi natijalarga erishish mumkin:
— buyruklar hamda personalga oid hujjatlar aylanmasini qo‘llab-quvvatlash asosida oqilona kadrlar siyosatini o‘tkazish;
— har qanday korxona va tashkilot tarkibini modellashtirish, shu jumladan balans birliklarini ajratib hisoblash;
— xodimlarni tezkor hisobga olish, barcha funkdiyalari ijrosini ta‘minlash;
— kadrlar resurslarini rejalashtirish va belgilangan rejalarni (kadrlar zaxirasi bilan ishlashdan tortib, personal malakasini oshirishgacha) izchil amalga oshirish;
— ish haqini hisoblab chiqish bo‘yicha barcha operastiyalarni bajarish;
— barcha standart hisobot formalarini to‘ldirish hamda har qanday boshqa hisobotlarni tayyorlash;
— korxona va tashkilotdagi boshqa dasturiy tizimlar bilan integrastiyalash imkoniyati;
— yuqori tashkilotlar davlat organlari uchun hisobotlarni shakllantirish.
„Shtatlar jadvali" moduli korxona yoki tashkilot tarkibini aks etgirish va ularning shtatlar jadvalini yuritishni ta‘minlaydi. Korxona (tashkilot) tarkibi hamda uning shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar)ni tayyorlash va hisobga olish shtatlar jadvalini yuritishning muhim va zarur elementi hisoblanadi. Ma‘lumki, korxona (tashkilot) bo‘lim xizmatlaridan tarkib topadi. Shuninguchun har bir bo‘lim va xizmat shtat birliklari, ularning tasnifi modullashtiriladi. Bu shtatlar jadvali va birliklarini hisobga olib borish, mazkur masala yuzasidan hisobotlar tayyorlash imkonini yaratadi.
Modulning ba‘zi funksional imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir:
— har qanday murakkablikka ega korxona (tashkilot) korporativ tarkibini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
— korxona (tashkilot) bo‘limlari bo‘ysunishi ko‘rinishlarini shakllantirish. Tayyorlangan hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) asosida bo‘linmalar bo‘ysunishlari shakllarini o‘zgartirish, ya‘ni bo‘ysunish shakllarini ishlab chiqish, ularni takomil-lashtirib borish;
— korxona (tashkilot) tarkibiy bo‘limlari shtatlar jadvalini shakllantirish. Amaldagi va rejalashtirilayotgan shtatlar jadvalini yuritish;
— tayyorlangan buyruqlar asosida shtat birliklarini, ish haqi miqdorlarini qayta guruhlashtirish, o‘zgartirish, takomillashtirish;
— ham tarkibiy bo‘linmalar va xizmatlar, ham umuman korxona (tashkilot) bo‘yicha shtatlar jadvali, personalni amalda joy-joyiga qo‘yilishi bo‘yicha asosiy hisobot shakllarini tayyorlash;
— ish haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar, mehnatga ishbay va vaqtbay haqto‘lash, tarif setkalari, razryadlari, koeffistientlari bo‘yicha tegishli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish;
— mehnatga haq to‘lashga doir buyruqlarni tayyorlash.
„Kadrlarni hisobga olish" moduli rahbarlar va personal bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Uning vositasida xodimlarni ishga qabul qilish, xizmat lavozimlarida siljitish, ishdan bo‘shatish bo‘yicha barcha asosiy operastiyalarni amalga oshirish mumkin. Buning uchun xodimlarning hamda muayyan lavozimga nomzodlarning shaxsiy varaqlaridan foydalaniladi. Korxona va tashkilotda xodimlar faoliyat boshlashi bilan ularga oid hujjatlar (buyruqlar, farmonlar, qarorlar)ni tezlik bilan tayyorlash va hisobga olish choralari ko‘riladi. Modulning baza-funksiyali imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir:
1. Me‘yoriy ma‘lumot axborotlarini shakllantirish va olib borish.
2. Personal to‘g‘risida to‘la-to‘kis axborotni olib borish.
3. Korxona (tashkilot)dagi kadrlar zaxirasi bilan ishlash.
4. Personal attestastiyasini rejalashtirish va o‘tkazish, attestastiya natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
5. Ishga qabul qilishda lavozimga nomzodlar bilan ish olib borish.
6. Arxiv bilan ish olib borish.
7. Xodimlarni ishga olish, xizmat vazifasida siljitish, ishdan bo‘shatishga oid buyruqlar tayyorlash.
8. Turli ma‘lumotlar va hujjatlarni shakllantirish.
„Tabel hisobi‖ moduli yordamida maxsus ajratilgan xodim yoki ish haqi bo‘yicha mutaxassis tomonidan ish vaqtining har kungi hisobi olib boriladi yoki muayyan davr uchun tabel (ishda bo‘lmaslik—ta‘tillar, kasallik, xizmat safarlari va hokazolar) shakllantiriladi. Bu tabel bo‘limlar bo‘yicha ham, umuman korxona (tashkilot) bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin. Oy davomida ishlangan vaqt har xodim bo‘yicha hamda ishlangan vaqtning har bir turi bo‘yicha jamlanib, ish haqini hisoblab chiqishda qo‘llash uchun„Ish haqi hisobi‖moduliga uzatiladi.
„Ish haqi hisobi" moduli korxona (tashkilot) xodimlari ish haqini hisoblab chiqishni tezlik bilan amalga oshirish hamda ushbu hisobga asoslanib, turli hujjatlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.
Modulning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
— ish haqini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan me‘yoriy ma‘lumot axborotlarni (eng kam ish haqi miqdori, to‘lov turlari va hokazolar) shakllantirish va olib borish;
— xodimlar bo‘yicha axborot ma‘lumotlarini (daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, doimiy amal qiladigan to‘lov turlari va hokazolar) shakllantirish va olib borish;
— tabel hisobini (ish haqini hisoblab chiqish uchun zarur miqstorda) va bevosita to‘lovlarni olib borish;
— avanslar, ish haqi, ta‘tillar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik va hokazolarni hisoblab chiqish;
— o‘tgan davrlar uchun ish haqini qayta hisoblab chiqish;
— pensiya jamg‘armasi, soliq inspekstiyasiga hisobotlarni tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: |