Kasb jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi


Kasbga yo’naltiruvchi psixologning faoliyat yo’nalishlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/4
tarix26.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#136485
1   2   3   4
Презентация1 (2)

Kasbga yo’naltiruvchi psixologning faoliyat yo’nalishlari

  • Kasbga yo’naltiruvchi psixologning faoliyat yo’nalishlari
  • Kasblar tizimlashga to’xtalib o’tamiz. U juda keng tarqalgan bo’lib, tizimlash asosini 9 ta turli qobiliyatlar tashkil etadi. Minnesota Ocupational Rating Scale (MORS) yordamida kasbshunos psixologlar tomonidan 432 ta kasb tanlab olinib, quyidagi 7 ta guruhga ajratiladi. Akademik, mexanik, ijtimoiy, diniy, musiqaviy, artistlik va jismoniy guruhlardir. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish natijasida 432 kasbni 214 ta namunaga keltirildi, ulardan 137 tasi bitta kasb mutaxassislikka qolgan 77 tasi ikkitadan 18 tagacha, mutaxassislikni birlashtiradi. E.A.Klimov ishlab chiqqan kasblar tuzilmasi ham keng tarqalgan. Mehnat ob`ktiga ko’ra 5 ta kasb turlari ajratiladi.
  • Inson-tabiat (T). Bu tur namoyondalari o’simlik va hayvonot mikroorganizmlar va ular yashash sharoitlari bilan ishlashadi. Masalan meva- sabzavot ustasi, agranom, zootexnik, vetirenar, mikrobiolog.
  • Inson- texnika (T). Ishchilar jonsiz texnik mehnat ob`ektlari bilan ishlashadi. Masalan, texnik, mexanik, muxandis mexanik, muxandis elektrik, texnik texnolog va hokazo.
  • Inson – inson (I) bunda ijtimoiy tizimlar, ahloqiy guruhlar, turli yoshdagi insonlar bilan ishlash nazarda tutiladi. Masalan, oziq – ovqat mahsulotlarini sotuvchisi, sartarosh, shifokor, o’qituvchi va boshqalar.
  • Inson – belgili tizim. Tabiiy va sun`iy tillar, shartli belgilar, ramzlar, raqamlar, formulalar kasb turi namoyondalarini qiziqtiruvchi predmetlar olami va boshqalar. Masalan, dasturchi, chizmachi – kartagraf, matematik, tilshunos, nashriyot muharriri.
  • Inson – badiiy obraz (B). Hodisalarni badiiy aks etishi dalillari – mana shu narsalar bu kasb turi vakillarini qiziqtiradi. Masalan, rassom dekarator, rassom – restavrator, musiqa asboblarini sozlovchi, balet artisti, kontsert ijrochisi, aktyor va boshqalar.

Kasbga yo’naltirish jarayonidagi xatolarni oldini olish

  • 7-8 sinfdan boshlab kasb tanlash va unga tayyorgarlik dolzarb bo’lgach o’quvchilar bo’lajak kasbi haqida jiddiy o’ylay boshlaydi o’zining psixologik va psixofiziologik “zahiralarning” baholashga urinadi. Maktab o’quv fanlarini yangidan avvalo bo’lajak kasbi uchun zarurligi nuqtai nazardan baholashni boshlaydi. Bu holda kattalarning asosiy vazifasi o’quvchiga o’zini bilishda o’z imkoniyatlari xulq motivlarini individual psixofiziologik imkoniyatlarini tushunishda yordamlashishi va bu bilimlardan kasbiy o’z-o’zini anglash jarayonida faol foydalanishdan iborat. Bu ishning pirovard maqsadi-o’quvchini mustaqil o’ylab ongli ravishda kasb tanlashga etaklash va maktab sharoitida imkoni boricha kasbga dastlabki psixologik tayyorgarlikni ta`minlashdir. O’quvchilar bilan bunday ish olib borishda guruh va individual kasbiy konsultattsiyalar shaklidan foydalanish maqsadga muvofiq. Psixologik adabiyotlarda kasbiy konsultattsiya dasturida uchta jihatni farqlash muhim tomondan e`tirof qilingan. Bular axborot tashxis va asl konsultattsiya yoki korrektsiya va boshqalar. Axborot qismi kasb tanlash qoidalari haqida suhbat kasb tanlashda yo’l qo’yiladigan tipik xatolar tahlili kasblar tasnifi jumladan E.A.Klimov kasbga yo’naltrish uchun ishlab chiqqan tasnifi bilan tanishishni o’z ichiga oladi. Diagnostik jihat o’quvchining kasbiy yo’nalganligi uning bilishga qiziqishlari xususiyatlari kasbiy rejasi mavjudligi va shakllanganlik darajasi kasbiy motivatsiya xususiyatlarini aniqlash o’rganish shuningdek ayrim individual-psixologik xususiyatlar tahlilini o’z ichiga oladi. Agar konsultativ jihat birlamchi kasbiy konsultattsiyaning yakunlovchi qismi bo’lib u suhbat shaklida o’tadi. Suhbat spetsifikasi va vazifalari individual psixologik xususiyatlar kasb tanlash vaziyati kasbiy rejani shakllaganligi psixodiagnostika natijasida olingan ma`lumotlar bilan belgilanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin