YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik
Takrorlash uchun savollar 1. Fermentli pereeterifikasiya
2“Lipozim TLIM” preparati
3.Fermentli pereeterifikasiyani texnologik sxemasi.
Tayanch so’z va iboralar. Fermentli pereeterifikasiya, preparat, “lipozim
TLIM” filr, reaktor, nasos, bak, pozision, spesifik, lipaza, shaffoflik, pereks soni,
anizidin soni,
287
26§. Pereeterifikasiyalangan yog’lar tarkibi va xossalari. Pereeterifikasiya, odatda, yuqori haroratda eruvchan yog’lar (hayvon
yog’lari, pal’ma moyi, pal’ma stearini, gidrogenlangan yog’lar) bilan suyuq o’simlik
yog’lari aralashmasida olib boriladi.
Pereeterifikasiyalangan yog’larning xossalari yog’ni tashkil etuvchi
to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalarining o’zaro miqdoriy nisbatiga bog’liq.
Demak,bir xil yoki ma’lum xossalarga ega pereeterifikasiyalangan yog’larni xar xil
yog’lar aralashmasidan olish mumkin, faqat ularning yog’ kislota tarkibi bir xil
bo’lsa bo’ldi.
Tarkibida monoto’yinmagan kislotalarning izomerlari bo’lmagan
pereeterifikasiyalangan yog’larning qattiqligi va erish harorati yog’dagi yuqori
molekulyar to’yingan kislotalarning miqdori ortishi bilan oshib boradi.
Yuqori haroratda eruvchan tabiiy yoki gidrogenlangan yog’lar va moylarni
suyuq o’simlik yog’lari bilan pereeterifikasiyalanganda margarin ishlab chiqarishda
ishlatiladigan pereeterifikasiyalangan yog’lar olinadi. Ular margarinni sifati va
oziqaviy qiymatini oshiradi, to’yinmagan kislotalar izomerlari miqdori kamayadi.
Pereeterifikasiyalash yo’li bilan xar xil konsistensiyali trigliseridlarning plastik
aralashmasini olish mumkin. Bu aralashmalarni struktura komponentlari to’yingan
va izomerlangan to’yinmagan yog’ kislotalarning trigliseridlari tashkil etadi.
Bunday plastik yog’lar biologik qiymati yuqori bo’lgan buterbrod, parxez
margarinlari va tarkibidagi geometrik va pozision izomerli to’yinmagan kislotalar
miqdori sariyog’nikidan ko’p bo’lmagan bolalar oziqa mahsulotlari ishlab chiqarish
uchun zarur hisoblanadi.
Pereeterifikasiyalangan yog’larni qo’llanishning istiqbolli yo’nalishlari
quyidagicha:
-
tarkibidagi dito’yinmagan va to’yingan kislotalari orasidagi nisbatni
fiziologik qiymat bo’yicha muvozanatlangan oziqa yog’lari(yog’li mahsulot)
yaratish;
-
margarin mahsulotlarining yog’li asosini plastikligini yaxshilash;
288
-
yog’li asosni kristallanish xarakterini va ularni mayda kristalli
tuzilishining barqarorligini o’zgartirish;
-
yog’li kompozisiyadagi qisman gidrogenlangan, izomerlangan yog’lar
miqdorini kamaytirish yoki to’liq yo’qotish.