297
neytralizatsiya
o’tkaziladi.
Ishqor eritmasi o’lchagich (3)dan beriladi.
Neytralizatorda hosil bo’lgan soastok tindiril-gandan keyin yig’ma bak (13)
tushiriladi. Undan keyin nasos (12) orqali qayta ishlashga yuboriladi. Ishqorli
rafinatsiyaning odatiy sxemasidan farqli o’laroq yog’li
aralashmani sovun
qoldiqlaridan tozalash usuli qo’l-lanilmaydi. Chunki sovun qoldiqlari
pereeterifikatsiya
jarayoniga
salbiy
tasir
ko’rsatmaydi.
Yog’larning
neytralizatsiyalashtirilgan aralashmasini neytralizator (7) dan nasos (14)
bilan
isitgich (8) ga o’tkaziladi. U yerda yog’lar 130-140
o
C gacha isitiladi va ular uzluksiz
ishlovchi vakuum-quritish apparatiga uzatiladi. Qoldiq bosim 4 kPa dan kam
bo’lmasligi lozim. Quritilgan yog’lar o’zida 0,015% namlik saqlagan yog’lar
aralashmasi uzluksiz vakuum-quritish apparati (9) dan nasos (16)
bilan sovutgich
(15) ga beriladi. U yerda yog’lar yani sovutgichda 80-90
o
C gacha sovutiladi. Keyin
yog’lar reaktor-pereeterifikator (10) va oraliq yig’gich (18) ga o’tkaziladi.
Pereeterifikatsiya katalizatorining yog’li suspenziyasi oldindan vakuum-
aralashtirgich (19) tayyorlanadi. Buning uchun apparat (19) ga quritilgan yog’
yuboriladi, keyin uni moy tutgich (20) vakuum sistemasi bilan bog’lanadi. Vakuum
hosil bo’lgandan keyin o’sha apparatga boks (17) dan partiya katalizatori uzatiladi.
Reaktor (10) ga birgalikda uzluksiz nasos orqali quritilgan yog’ apparat (19) dan
nasos dozator orqali kerakli moysimon suspenziya katalizatori beriladi.
Demak
asosiy ishni reaktor-pereeterifikator bajaradi, shuni ichida hamma jarayon ketadi.
Yog’larni aralashmasi katalizator bilan vakuum ostidagi pereeterifikator (11) ga
uzatiladi. Vakuum bo’lishidan maqsad yog’larni havo bilan kontaktini kamaytirish
maqsadida. Suspenziya katalizatori berilgandan keyin nasos (21)
dan olib
beriladigan uzatilgan liniya yog’ bilan yuviladi. Yog’larning aralashmasi katalizator
bilan pereeterifikatorda ushlanadi va aralashgan holda 30 daqiqa davomida reaksiya
tugashiga qadar ushlanadi. Pereeterifikatorda nasos (4) orqali vakuum hosil qilinadi.
Yog’ni harorati 80-90
o
C da bug’ ko’ylagiga beriladigan suv bug’i orqali ushlab
turiladi. Jarayon tugashi bilan pereeterifikator o’chiriladi aralashtirgich to’xtatiladi
yog’dan namuna olinadi. Yog’ni rangi va erish harorati bilish uchun. Agar chiqqan
yog’imiz talablarga javob bemasa, uni qaytadan pereeterifikatorga moyli katalizator
298
bilan qo’shib beriladi. Jarayonni to’g’ri ketishi orqali och jigarrang yog’
olish
mumkin. Agar rangi to’g’ri kelmasa yana preeterifikatsiya jarayoni davom etadi.
Pereeterifikatsiya jarayoni 30 daqiqadan keyin tugatiladi. Qolgan katalizatorni
qaynoq suv bilan dezaktivatsiya qilinadi. Issiq suv bilan yuvilgan yog’ apparatda
tindiriladi toki fazalarga ajralguncha. Pastki qismi sovunli suvni ajratib olinadi.
Pereeterifikatsiyada sovun qoldig’i qolgan bo’lsa, 5% li limon kislota eritmasi bilan
yuviladi keyin aralashtirgich to’tatiladi. Qaynoq suv bilan yuviladi. Yana tindiriladi.
Yuvilgan suv pastga tushadi va ajratib olinadi.
Keyin vakuum orqali
pereeterifikatorda quritiladi.