Kimyo sanoatida suv va energiya manba’lari Tabiiy suvlarning manbalari va tavsiflari


Suvlar ishlatilish sohasiga qarab



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix20.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#121520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kimyo sanoatida suv va energiya manba’lari Tabiiy suvlarning man

Suvlar ishlatilish sohasiga qarab, sanoat va ichimlik suvlariga bo`linadi. Ichimlik 
suvlariga alohida talablar qo`yiladi (bakteriyalar bilan ifloslanganlik darajasi, ta’mi, 
hidi, rangi). Masalan: umumiy bakteriyalar miqdori 1ml. suvda 100 tadan oshmasligi 


kerak. Shundan ichak tayoqchasi 1 l. suvda uchtadan ko`p bo`lmasligi kerak. 
Umumiy tuzlar miqdori 1000 mg/l. dan oshmasligi talab qilinadi. 
Sanoat suvlariga bakteriyalar bilan ifloslanganligi (oziq-ovqat va ba’zi biokimyoviy 
sanoat tarmoqlaridan tashqari) muhim ahamiyatga ega emas. Begona 
qo`shimchalarning chegaraviy miqdori ishlab chiqarishning xarakteriga qarab 
turlicha bo`ladi. 
Suvning sifati: tiniqligi, tozaligi, rangi, hidi, xarorati, umumiy tuz miqdori, 
qattiqligi, oksidlanishi va reaksiyasi kabi fizik, kimyoviy xossalari bilan aniqlanadi. 
Suvning tiniqligi uning qanchalik qalinlik qatlamida chillik yoki biror harf tasvirini 
vizual yoki fotoelement yordamida ko`rib uni farqlash orqali aniqlanadi. Suvning 
tiniqligi unda dag`al dispers mexanik va kolloid zarrachalarning borligi va ularning 
miqdoriga bog`liq bo`ladi. Bu aralashmalar suv o`tkazish quvurlarini, apparatlarni 
ichiga cho`kib, uni tiqilib qolishiga, natijada mehnat unumdorligini kamayishiga 
yoki avariyalarga olib keladi, suvni ko`piklatib yuborishga, elektrolizyorlarning 
diafragmasini ifloslashga olib keladi. 
Suvning tozaligi uning tarkibidagi har qanday begona aralashmaning soni va 
miqdori bilan xarakterlanadi. Ular qanchalik kam bo`lsa, shunchalik toza 
hisoblanadi. Suvning tozaligi inson sog`ligi uchun muhim omil bo`lib, yechimini 
talab qilinadigan aktual muammo hisoblanadi. 
Umumiy tuz miqdori suv, tarkibida mineral va organik aralashmalarning borligi 
bilan xarakterlanadi. Uni aniqlash uchun 1 l. suvni bug`lantirilganda qolgan qoldiq 
o`zgarmas massaga kelguncha 110
0
C xaroratda qizdiriladi. Hosil bo`lgan massa 
umumiy tuz miqdori bo`lib, u mg/l bilan o`lchanadi. Umumiy tuz miqdori 
bug`languncha qattiq qizdirilib, sovigach o`lchanadi, massalar orasidagi farqdan 
organik aralashma miqdori ham aniqlanadi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin