3-guruh a’zolari o’z nomiga ta’rif beradilar.
Kislotalar- tarkibida metal atomlariga o’rnini bera oluvchi vodorod atomlari va kislota qoldig’idan iborat murakkab moddalarga aytiladi.
Umumiy formulasi: HnK bu yerda: K- kislota qoldig’i
Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soni nechta bo’lsa, kislota qoldig’ining valentligi shunga teng bo’ladi. Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soniga qarab uchga bo’linadi:
I-negizli kislota II-negizli kislota III-negizli kislota
HCl, HF, HJ H2S, H2SO3, H3BO3, H3PO4,
HClO, HNO3 H2SO4, H2CrO4 H3PO3
Kislotalar tarkibida kislorod bo’lishiga qarab , ikkiga bo’linadi.
Kislorodli kislota: Kislorodsiz kislota:
HCl, HF, HJ, H2S, HCl HClO, HNO3, H2SO4, H3BO3, H3PO4,
4-guruh a’zolari o’z nomiga ta’rif beradilar.
Tuzlar- metall atomlari va kislota qoldig’idan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi.
Tuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksidining kislota qoldig’iga almashinishidan hosil bo’ladi.
Umumiy formulasi: MnKm
Bu yerda: M-metall atomi, K- kislota qodig’i, n- kislota qoldig’ini valentligi, m- metall atomining valentligi.
Tuzlar asosan uch turga bo’linadi:
O’rta tuz- metall atomi va kislota qoldig’i tarkibidagi vodorod atomi o’rnini to’liq olishidan hosil bo’ladi: NaCl, K2SO4, Ca(NO3)2.
Nordon tuz – metall atomi kislotadagi vodorod atomini to’liq olmagan holda hosil bo’ladi: NaHCO3, KHS, Ca(CO3)2.
Asosli tuz- tarkibida metall atomi, kislota qoldig’i bilan birgalikda gidroksid guruhi bo’ladi: Ca(OH)Cl , Mg(OH)Br, Al(OH)SO4.
Shuningdek ikki tuz birgalikda aralash holida ham uchraydi.Masalan: KAlSO4, yoki K2SO4 *Al2(SO4)3.
Dostları ilə paylaş: |