Ekologik tarbiya. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlar ichida pedagogik yo’nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo’nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko’zda tutiladi.
Ekologik ta’limdeganda o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan tabiat va inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa, insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo’lib, ta’lim muassasalari barcha fanlarni o’qitish amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Iqtisodiy tarbiya.O’quvchilarga o’quv muassasasi va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish ko’pdan beri pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmokda. Bozor iqtisodiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Iqtisodiy tarbiyani barcha maxsus fanlar orqali amalga oshirish mumkin.