Estetik tarbiya. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo’lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. Shuningdek, estetik faoliyatga, voqyelikni go’zallik qonun-qoidalari asosida o’zgartirishga qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya.Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi-o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog’lom o’sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. O’quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida jarayoniy kamolot diagnostikasi muhim o’rin tutadi. Jismoniy kamolot jismoniy tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytganda, jismoniy tarbiya samaradorligi ko’rsatgichidir. Agar diagnostika o’quvchilarning yoki biror-bir o’quvchining jismoniy va tibbiy ko’rsatgichlari pasayib ketayotganligini ko’rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud tizimni o’zgartirish kerak. Shuning uchun, ta’lim muassasalarida individual yoki guruhli differensial tartibdagi jismoniy tarbiyani tashkil etishni yo’lga qo’yish kerak.