6.Ravish bilan: Har qanchalik motam unga oz, olam-olam gap unga oz. (X.O.) Bogim boru, gulzorimda gulim ko’p, har yoqda gul, shohlarida bulbulim ko’p. (X.O.)
7.Ish otlari bilan: Insonga hurmat bu o’zining tanimoq. (G.G.) Zahar solmoq emish kasbi ilonnig. (Uyg’un).
8.Bor yoki yo’q so’zlari bilan: Xalqimizning chuqur idroki bor, g’ururi, an’anasi bor. Bu-Sharqning yulduzi O’zbekistondir, o’rta erlarning Osiyosi yo’q! (G.G.).
Tinch ohang bilan aytilib, darak-habar ma’nosini ifodalagan nominative va to’liqsiz gaplar ham darak gap hisoblanadi.
Masalan: Kuz… acchiq shamol. (O).
2000 yil. Mart (Gazetadan).
Darak gap turlariga qaraganda ko’proq qo’llaniladi. Bu hol darak gapning ifodalanishi xilma-xilligidan kelib chiqadi. Xatto butun-butun matnlar darak gap harakterida bo’ladi.
Darak gap darak intonasiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko’tariladi. Ikkinchi qismida esa pasayadi.
Masalan: Biz butun mashg’ulotlarda aktiv ishtirok etamiz.
Darak gapning mazmun turlari.
Darak gaplar turli mazmunni ifodalaydi va uning har bir turning o’ziga hos intonasiyasi bor.
1. Darak-habar: Yo’li menga besh qo’ldek ravshan bo’ladi. (Yo.Sh.). Quyosh g’arbga botib, bulutlar etagini istayman. (X.O.).
2. Orzu-umid mazmuni ifodalangan darak gaplar sifatdoshning kelasi zamon formasi, - moqchi qo’shimchasi yordami bilan tuzilgan fellaprdan va mazmunan orzu-umidni anglatuvchi istamoq, orzu qilmoq, tilamoq kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
3. Ishonch, taqdir, g’urur:
Nomingga munosib, huddi quyoshdek, abadiy yashaysan, Mustaqil O’zbekiston!
Qo’ldan berganga qush to’ymas, degan gapni bilasiz-ku!
O’qituvchilar ichida eng yaxshisi bizning o’qituvchimiz – deyishdi qizlar.
4. Sevinch: Ha, aytmoqchi, bu – Tursunoy-a!
Sevinch mazmuni ko’tarinki intonasiya bilan aytildi. Bu tur gaplarda ko’pincha ta’kid yuklamalari bo’lib, ular ma’noni yanada kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
5. Taajjub: Tavba, bunday ustomonni ko’rgan emasman. (O).
1.Gumon: Bu ishimizning kelajagi yo’q shekilli.
2. Achinish, tashvish, kinoya.
a) Juda ko’p g’am chekding, bolam.
b) Hozir ushlaydilar, qo’lga tushdim. (M.G.)
c) Ey Akramjon, nafasing muncha saraton! (Ya)
Darak gaplar odatda, xabar ma’nosini ifodalaganda, o’rtacha, tinchintonasiya bilan talaffuz etiladi. Ammo darak gaplar o’z mazmunidan tashqari, sevinch, g’azab, kinoya kabi ma’nolarni ifodalaganda ularning intonasiyasi ham shunga mos bo’ladi.
So’roq gaplar. So’zlovchiga noma’lum bo’lgan voqea-hodisa haqidahi so’roqni bildirgan gap so’roq gap deyiladi. Bunday gap o’ziga hos innovasiya bilan aytiladi.