Reja: 1. Elastiklik nazariyasi haqida tushuncha. 2. Talab va taklif elastikligi.
Iqtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi o‘zgarishni ko‘rsatadi. Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi.
Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq birbiriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich hisoblanadi. Elastiklik empirik iqtisodiy modellar (masalan, Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi) va Behavioral iqtisodiyotda isteʼmolchilar xulqatvorini oʻrganish uchun yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniladi. Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda va amaliy iqtisodiy sohada, xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda qoʻllaniladi. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Siyosiy iqtisodiyotda matematik elementlarni muvaffaqiyatli qoʻllashni Antoine Augustin Cournot boshlab beradi. U oʻzining „Recherches sur les principes mathématiques